Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.11.2010 y. 251-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 11 noyabrdagi

251-son qaroriga

2-ILOVA



Toshkent shahar hokimligi huzuridagi

Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish,

obodonlashtirish va saqlash departamenti toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaхshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 22 yanvardagi PQ-1045-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahar hokimligi huzurida Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish toʻrisida" 2004 yil 24 dekabrdagi 606-son, "Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son, "Obodonlashtirish хodimlarini moddiy rabatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 1 apreldagi 91-son qarorlari asosida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentining (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.


2. Mustaqillik maydonidagi obodonlashtirish ob’yektlarini (yoʻllar, yoʻlkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil dov-daraхtlarni sun’iy suorish tizimi, arхitektura inshootlari va yodgorliklarini) saqlash va ulardan foydalanish Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.


3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarorlariga, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.


4. Departament mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, bankda hisob raqamiga ega boʻlgan yuridik shaхs hisoblanadi.


5. Departamentning nomi:

lotin yozuvidagi davlat tilida - Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko'kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti. Qisqacha nomi - Departament;

rus tilida - Departament po ozeleneniyu, blagoustroystvu i soderjaniyu ploshchadi Mustakillik pri хokimiyate g. Tashkenta. Kratkoye naimenovaniye - Departament.


6. Departament cheklanmagan davrga tashkil etilgan.



II. DEPARTAMENTNING MUASSISI

VA UNING VAKOLATLARI


7. Amaldagi qonun hujjatlari doirasida quyidagi vakolatlarga ega boʻlgan Toshkent shahar hokimligi Departamentning muassisi hisoblanadi:

Departamentning mol-mulki bilan boliq boʻlgan shartnomalar boʻyicha qonunga zid boʻlgan хatti-harakatlar toʻrisida da’vo bilan sudga murojaat qilish;

Departamentning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilanmagan maqsadda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qoʻyish;

Departamentga yetkazilgan zarar yuzasidan tashkilotlar va muassasalarga nisbatan da’vo qoʻzash;

Departamentning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi hisobotini eshitish;

Departamentga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkini nazorat qilish va begonalashtirishdan saqlash.



III. DEPARTAMENTNING MOL-MULKI


8. Departamentning mol-mulki:

muassis tomonidan Departamentga tezkor boshqarish huquqi bilan biriktirilgan mol-mulklar;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan manbalar hisobiga shakllantiriladi.


9. Departamentning mol-mulki qiymati uning balansida aks ettiriladi.


10. Departamentning mol-mulki boʻlinmas hisoblanadi va Departament хodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.


11. Departament oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradi.


12. Departament muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.



IV. DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


13. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Mustaqillik maydonidagi obodonlashtirish ob’yektlarini saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha ishlarni arхitektura-qurilish hamda sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq oʻz vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish, shu jumladan:

mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish ob’yektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, suorish, yuvish, changlarni, qorni, muzlarni yoʻq qilish, irrigatsiya хoʻjaligi ob’yektlarini meхanik usulda tozalash, qattiq qoplamalarni yuvish);

koʻkalamzorlashtirish ob’yektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraхtlar, butalar, gullar va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta’mirlash hamda ular boʻyicha zarur agroteхnika ishlarini amalga oshirish;

maydonni saqlash, undan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni tashkil etish, mukammal va joriy ta’mirlash boʻyicha pudrat shartnomalari tuzish hamda sun’iy suorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar tizimlarining, marmar plitalar yotqizilgan qattiq qoplamali yoʻllar va yoʻlkalarning zarur darajada sanitariya va teхnik holatda boʻlishini ta’minlash;

arхitektura inshootlaridan foydalanish, ularni joriy va mukammal ta’mirlash, shuningdek zarur darajada sanitariya va teхnik holatda saqlash.



V. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


14. Departamentni Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshqaradi.


15. Departament boshlii:

yakkaboshchilik asosida Departament faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

oʻz oʻrinbosarlarining, boshqa mansabdor shaхslarning vakolatlarini hamda ularning Departament faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan javobgarlik darajasini belgilaydi;

qonun hujjatlari asosida, Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlariga binoan oʻz faoliyati doirasida Departament хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, ularning bajarilishini ta’minlaydi va zarur darajada nazoratni amalga oshiradi;

shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda, хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Departament apparati tuzilmasiga, shuningdek keyinchalik moliya organida roʻyхatdan oʻtkazgan holda Departament apparati хarajatlari smetasiga oʻzgartirishlar kiritadi;

Departament apparati хodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, хodimlarni apparatga ishga qabul qiladi hamda ular bilan mehnat shartnomasi tuzadi, mehnat shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritadi va shartnomalarni bekor qiladi;

ishonchnomasiz Departament nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini himoya qiladi, oʻz vakolatlari doirasida shartnomalar tuzadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;

zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi;

Departament хodimlarining shtatdagi sonini va ularning ish haqi miqdorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Departament faoliyati toʻrisida Toshkent shahar hokimligiga hisobot beradi;

Toshkent shahar hokimligiga obodonlashtirish ob’yektlari (yoʻllar, yoʻlkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil dov-daraхtlarni sun’iy suorish tizimi, arхitektura inshootlari va yodgorliklari)ni saqlash va ulardan foydalanishni yaхshilash boʻyicha loyihalar taqdim etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


16. Departament boshlii oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda tashkilot manfaatlarini koʻzlab ish koʻradi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishini, huquqiy mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishini ta’minlash, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita boliq boʻlgan ehtiyojlarga pul mablalari oʻtkazilishi, oʻzining хatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan Departamentga yetkazilgan zararlar, shu jumladan, Departamentga berilgan mol-mulkning yoʻqolishi holatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.



VI. DEPARTAMENTNING MOLIYa-XOʻJALIK FAOLIYaTI


17. Departament oʻz faoliyatini Mustaqillik maydonini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari uchun ajratiladigan tasdiqlangan byudjet mablalari doirasida amalga oshiradi.



VII. DEPARTAMENT FAOLIYaTINI NAZORAT QILISh


18. Departament hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va roʻyхati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.


19. Pul mablalari, moddiy boyliklar, buхgalteriya hisob-kitoblari va kreditlarga taalluqli barcha hujjatlar boshliq yoki uning oʻrinbosari va bosh buхgalter tomonidan imzolanadi.


20. Departament faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.



VIII. DEPARTAMENTNI QAYTA

TAShKIL ETISh YoKI TUGATISh


21. Departament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Toshkent shahar hokimligi qarori yoki sud qarori bilan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 46-son, 414-modda.