Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.09.2007 y. 202-son "Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, хoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.09.2007 y.

N 202



DAVLAT AKTIVLARINI SOTIShDAN TUShGAN,

XOʻJALIK BOShQARUVI AYRIM ORGANLARI

USTAV FONDINI ShAKLLANTIRISh UChUN

BERILGAN MABLALARNI TAQSIMLASh

TARTIBI TOʻRISIDA


Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturlariga muvofiq davlat aktivlarini sotishdan tushayotgan, хoʻjalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablalarni taqsimlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga 1-ilovaga* muvofiq tegishli хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ularning ustav fondidan chiqarilayotgan davlat aktivlarini, sotishdan tushadigan mablalarni Davlat mulkini хususiylashtirishdan tushadigan mablalar jamarmasida jamlagan holda, sotish huquqi berilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat aktivlarini sotishdan olingan mablalarni 2-ilovaga* muvofiq taqsimlash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzpaхtasanoat" uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq uyushmaga tushayotgan mablalarni jamlash va ulardan uyushma tomonidan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni bir oy muddatda belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda:

mablalarning qaytarish, shuningdek yiliga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov toʻlash shartlari bilan paхta tozalash korхonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirilishi;

uyushma tomonidan unga tushgan mablalarning 2012 yildan boshlab 3 yil mobaynida davlatga qaytarilishi nazarda tutilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 39-son, 403-modda.