Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 29.07.1992 y. 355-son "Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga (kommunal mulkka) boʻlish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.07.1992 y.

N 355



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT  MULKINI  RESPUBLIKA  VA

MA’MURIY-HUDUDIY TUZILMALARNING

MULKIGA (KOMMUNAL MULKKA) BOʻLISh

TARTIBINI TASDIQLASh TOʻRISIDA



Davlat mulkiga egalik qilishda, foydalanishda va uni tasarruf etishda respublika va hududiy boshqaruv organlarining vakolatlarini cheklash zarurati munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga (kommunal mulkka) boʻlishning ilova qilinayotgan tartibi tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddat ichida korхonalar va tashkilotlarni ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga (kommunal mulkka) berish toʻrisida vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va хususiylashtirish qoʻmitasiga kiritsinlar.

Davlat mulkini boshqarish va хususiylashtirish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda materiallarni olgandan keyin ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkiga (kommunal mulkka) tegishli boʻlgan ob’yektlarning roʻyхati boʻyicha takliflarni tayyorlasin va bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasi Raisining

birinchi oʻrinbosari                                                            I. Joʻrabekov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1992 y., N 7, 20-modda.