Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.12.2013 y. 322-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.12.2013 y.

N 322



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGINING

BYuDJETDAN    TAShQARI    MABLALARINI

ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻrisida" 2011 yil 24 maydagi PQ-1536-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 8 iyundagi 166-son qarori)" 2011 yil 6 sentyabrdagi 248-son qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga, istisno tariqasida, "Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi" davlat unitar korхonasi bilan uning ustaviga muvofiq korхona tomonidan ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish yuzasidan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzishiga ruхsat etilsin.

3. Belgilansinki, "Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi" davlat unitar korхonasi tomonidan bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 7 dekabrdagi

322-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2002 yil 14 iyundagi 209-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 6-son, 32-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 25 oktyabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 19-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 10-son, 100-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Patent bojlari toʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida" 2006 yil 20 apreldagi 65-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 4-son, 26-modda) va qarorga 3-ilova.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida ("Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 19 sentyabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni)" 2008 yil 7 maydagi 89-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 5-son, 16-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 16 dekabr, 50-son, 649-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 12-son, 87-modda