Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.12.2012 y. 344-son "Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.12.2012 y.

N 344


AUDIOVIZUAL ASARLARNI,

FONOGRAMMALAR VA EHM UChUN YaRATILGAN

DASTURLARNI  TAKRORLASh,  SOTISh,  PROKATGA

BERISh, ShUNINGDEK FONOGRAMMALARNI TAYYoRLASh

BOʻYIChA FAOLIYaTNI AMALGA OShIRISh HUQUQI UChUN

LITsENZIYaLAR OʻZ VAQTIDA RASMIYLAShTIRILIShINI

TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablar bajarilishini nazorat qilish, shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolash vaqtincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov Bosh vazirning oʻrinbosari - Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari tayinlangunga qadar ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq funksiyalar bajarilishini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 50-son, 558-modda