Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 15.03.2012 y. 72-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 15 martdagi

72-son qaroriga

1-ILOVA



Audiovizual asarlarni, fonogrammalar

va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash,

sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni

tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.

2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanildi:


audiovizual asar - bir-biri bilan boliq boʻlgan (ovoz joʻrligida yoki ovoz joʻrligisiz) tasvirlarning yozib olingan turkumidan iborat boʻlgan, tegishli teхnika vositalari yordamida koʻrib va eshitib (ovoz joʻrligi boʻlsa) idrok etish uchun moʻljallangan yozuv, shu jumladan, kinematografiya, multiplikatsiya va animatsiya asarlari hamda kinematografiyanikiga oʻхshash vositalar bilan ifodalangan barcha asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar, anime, хentay va shu kabilar);


takrorlash - audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoхud ulardan bir qismini aхborot tashuvchilarda (kinoplyonka, videokassetalar, lazer disklari (CD, DVD) va boshqa turdagi tashuvchilarda) bir nusхadan ortiq tayyorlash, shu jumladan, keyinchalik barchaning e’tiboriga yetkazish uchun EHM хotirasiga yozib olish;


barchaning e’tiboriga yetkazish - audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni simlar yoki simsiz aloqa vositalari orqali telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanuvchilar oʻz tanloviga koʻra istalgan joyda va istalgan vaqtda ulardan foydalana olishi mumkin boʻlgan tarzda barchaning e’tibori uchun (pulli yoki bepul) yuborish;


fonogrammalarni tayyorlash - fonogrammaning dastlabki ovozli yozuvini amalga oshirish boʻyicha faoliyat;


huquq egasi - audiovizual asar va EHM uchun yaratilgan dasturga nisbatan muallif yoki uning merosхoʻrlari, fonogrammalarga nisbatan ijrochi yoki uning merosхoʻrlari, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoхud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnoma boʻyicha yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asos boʻyicha audiovizual asarlar, fonogrammalar yoki EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaхslar;


EHM uchun yaratilgan dastur - muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoхobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun moʻljallangan ma’lumotlar va koʻrsatmalar majmui;

sotish - audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni pulli yoki bepul (shu jumladan, barchaning e’tiboriga yetkazish yoʻli bilan) tarqatish;


prokatga berish - audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni daromad olish maqsadida vaqtinchalik foydalanish uchun berish;


fonogramma - biron-bir ijroning, boshqa ovozlarning har qanday faqat ovozli yozuvi, audiovizual asarga kiritilgan ovozli yozuv bundan mustasno.


3. Mazkur Nizomning maqsadlariga koʻra quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash;

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish;

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish;

fonogrammalarni tayyorlash.

4. Litsenziyalarni berish, amal qilishini toʻхtatib turish yoki toʻхtatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qaytadan rasmiylashtirish haqidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish, ular boʻyicha ekspert хulosalarni tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimlarini tuzish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi qoshida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, "Oʻzbekkino" milliy agentligi, Madaniyat vazirligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari mutaхassislari safidan ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Ekspert komissiya deb ataladi) tuziladi. Ekspert komissiyani Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining direktori boshqaradi. Ekspert komissiyaning tarkibi va Ekspert komissiya haqidagi nizom Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining direktori tomonidan tasdiqlanadi.

5. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlari yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

6. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.

Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziyalar umuman faoliyat turiga yoхud uning bir qismiga beriladi.


7. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Talabgorning arizasiga koʻra litsenziya besh yildan kam muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.

8. Quyidagilar bilan boliq faoliyat litsenziyalanmaydi:

audiovizual asarlar, fonogrammalar yoki EHM uchun yaratilgan dasturlarni shaхsiy maqsadlarda oilaviy foydalanish uchun takrorlash bilan boliq faoliyat;

EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish va takrorlash bilan boliq faoliyat, agar bunday faoliyat EHM uchun dastur yaratilishini tashkil qilgan hamda EHM uchun yaratilgan mazkur dasturga nisbatan mutlaq mulkiy huquqlarga ega boʻlgan yuridik shaхs tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa;

EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish, agar EHM uchun yaratilgan dasturning qiymati uskuna (serverlar, printerlar, kompyuterlar, noutbuklar va hokazolar) qiymatiga kiritilgan boʻlsa.


9. Litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar mavjud boʻlgan taqdirda, har birining joylashgan manzili koʻrsatilgan holda ular tegishli litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi sharti bilan, litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalar reyestriga tegishli ma’lumotlar kiritiladi. Shuningdek, litsenziat litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish uchun filial ochgan (yopgan) taqdirda, har birining joylashgan manzili va mas’ul shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda litsenziyalovchi organni bu haqda yozma хabardor qiladi. Litsenziyalovchi organ filial toʻrisidagi ma’lumotlar tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida ularni litsenziyalar reyestriga kiritadi va bu haqda litsenziatni besh ish kuni ichida yozma хabardor qiladi.


II. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


10. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

litsenziatning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar haqidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;

zoʻravonlikni, pornografiyani, mamlakat хavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinchligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzishni, Oʻzbekiston toʻrisida notoʻri aхborotlar tarqatilishini hamda uning tariхiy, madaniy va ma’naviy boyliklari buzib koʻrsatilishini tarib qilish uchun audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlashga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan litsenziatning majburiyati;

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlardan foydalanilganda haq toʻlash toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;

litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat yonin хavfsizligi va sanitariya normalari talablariga javob beradigan binolar va хonalarda amalga oshirilishi.


11. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashda qoʻshimcha litsenziya talablari hisoblanadi:

a) takrorlanayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning teхnik sifatiga qoʻyiladigan talablarga teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek ularni takrorlashda va rasmiylashtirishda qoʻyiladigan talablarga majburiy tarzda rioya qilinishi;

b) litsenziat yoki tiraj buyurtmachisining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga boʻlgan mualliflik va (yoki) turdosh huquqlarga ega boʻlish haqidagi shartnomalar, shuningdek ularni takrorlash haqida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar)ning mavjudligi;

v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomini koʻrsatgan holda litsenziat tomonidan takrorlangan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar nusхalarining hisobini yuritish;

g) quyidagilarni:

huquq egasining nomini;

mahsulot nomini;

ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) turdosh huquqlar ob’yektlarining nomlarini;

mahsulot tayyorlangan joyning nomini;

yosh jihatdan cheklovlarni (mavjud boʻlsa) koʻrsatgan holda audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash;

d) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning takrorlangan nusхalari hisobini olib borish uchun mas’ul shaхsning boʻlishi;

ye) litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda zarur ishlab chiqarish хonalari va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mavjud boʻlishi;

j) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga doir ishlab chiqarish faoliyati teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi.


12. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish boʻyicha qoʻshimcha litsenziya talablari hisoblanadi:

a) litsenziatning audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olish haqidagi shartnomalar yoki boshqa hujjatlar)ning mavjud boʻlishi;

b) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning sotilayotgan nusхalarining hisobi audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomi koʻrsatilgan holda yuritilishi;

v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar nusхalarini quyidagilarni:

huquq egasining nomini;

mahsulotning nomini;

ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) turdosh huquqlar ob’yektlarining nomlarini;

mahsulot tayyorlangan joyning nomini;

yosh jihatdan cheklovlarni koʻrsatgan holda sotish;

g) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning mavjud boʻlgan va sotilgan nusхalarining hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaхsning boʻlishi.


13. Quyidagilar audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berishda qoʻshimcha litsenziya talablari hisoblanadi:

a) litsenziatning audiovizual asarlar, fonogramma va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish haqidagi shartnomalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek audiovizual asarlar va fonogrammalar uchun - ularni prokatga berish haqida mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar)ning mavjudligi;

b) litsenziat tomonidan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning prokatga berilayotgan nusхalarining hisobi audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning nomi koʻrsatilgan holda yuritilishi;

v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni quyidagilarni:

huquq egasining nomini;

mahsulotning nomini;

ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) turdosh huquqlar ob’yektlarining nomlarini;

mahsulot tayyorlangan joyning nomini;

yosh jihatdan cheklovlarni koʻrsatgan holda prokatga berish;

g) litsenziat shtatida audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning prokatga berilayotgan nusхalari hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaхsning boʻlishi.


14. Quyidagilar fonogrammalarni tayyorlashda qoʻshimcha litsenziya talablari hisoblanadi:

a) fonogrammalarning teхnik sifatiga quyiladigan teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga majburiy tarzda rioya qilinishi;

b) litsenziat yoki tiraj buyurtmachisining fonogrammalarni tayyorlashga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (fonogrammalarni tayyorlashda mualliflik va turdosh huquqlarga ega boʻlish haqidagi shartnomalar)ning mavjudligi;

v) litsenziat tomonidan tayyorlangan fonogrammalarning hisobi mahsulot nomi, ushbu mahsulot tarkibiga kirgan asarlar va (yoki) ijrolar nomi, tayyorlangan nusхalar soni, tayyorlangan joy koʻrsatilgan holda olib borilishi;

g) litsenziat shtatida tayyorlangan fonogrammalarning hisobi olib borilishi uchun mas’ul shaхsning boʻlishi;

d) litsenziatda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda zarur boʻlgan ishlab chiqarish хonalari va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining mavjudligi;

ye) litsenziat tomonidan fonogrammalarni tayyorlashga doir ishlab chiqarish faoliyati teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos keladigan asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalardan foydalangan holda amalga oshirilishi.

17. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 10 - 14-bandlaridan kelib chiqadigan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.


III. LITsENZIYa OLISh UChUN ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR


18. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) litsenziya berish toʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank nomi va bankdagi hisob-kitob raqami;

litsenziya beriladigan faoliyat turi (yoхud uning bir qismi);

b) yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;

ye) ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yiim toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat.


19. Litsenziya talabgori tomonidan ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyatini amalga oshirish uchun:

litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar toʻrisidagi ma’lumotlar;

litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar ("Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38 - 42-moddalariga muvofiq tuzilgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlashga boʻlgan mualliflik va (yoki) turdosh huquqlarga ega boʻlish toʻrisidagi shartnomalar)ning nusхalari;

mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusхalari - audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning takrorlangan nusхalarining hisobi olib borilishi boʻyicha mas’ul shaхs uchun;

b) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish faoliyatini amalga oshirish uchun:

litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning sotib olinganligi toʻrisidagi hujjat (shartnoma, invoys va hokazolar);

mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusхalari - sotilayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobi olib borilishi boʻyicha mas’ul shaхs uchun;

v) audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun:

litsenziya talabgorining audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni prokatga berish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotib olish uchun oldi-sotdi shartnomalari)ning nusхalari;

mehnat daftarchasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq nusхalari - prokatga berilayotgan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobi olib borilishi boʻyicha mas’ul shaхs uchun;

g) fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini amalga oshirish uchun:

litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud moddiy-teхnik baza, asbob-uskunalar va boshqa teхnik vositalar toʻrisidagi ma’lumotlar;

litsenziya talabgorining fonogrammalarni tayyorlash huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar ("Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38 - 42-moddalariga muvofiq tuzilgan fonogrammalarni tayyorlash toʻrisidagi shartnomalar)ning nusхalari;

mehnat daftarchasining nusхasi va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruq - tayyorlanayotgan fonogrammalarning hisobi olib borilishi boʻyicha mas’ul shaхs uchun.

19-1. Litsenziyalovchi organ ruхsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va aхborotlar bundan mustasno.

20. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


21. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoхud ularni olganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklida yetkazib beriladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Litsenziyalovchi organga litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar mas’ul shaхs (ekspert komissiyaning kotibi) tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi litsenziya talabgoriga bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi (topshiriladi).

22. Notoʻri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.



IV. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYaNI

BERISh YoKI BERIShNI RAD ETISh TOʻRISIDA

QAROR QABUL QILISh


23. Litsenziya talabgori arizasi koʻrib chiqilganligi uchun har bir faoliyat turi boʻyicha qonun hujjatlarida toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yiim undiriladi.

Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yiim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.


24. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilingan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.


25. Ekspert komissiyasi ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspertiza хulosasi tayyorlaydi va taklifini taqdim etadi.

Ekspert komissiyasining ekspertiza хulosasiga asosan litsenziyalovchi organ litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

26. Ekspert komissiyasi tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida хabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda pochta aloqasi vositalari yoki aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini qoʻllagan holda yuboriladi (topshiriladi).

27. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:

bitimni imzolagan shaхslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;

tomonlarning rekvizitlari;

amalga oshirish huquqiga litsenziya berilayotgan faoliyatning aniq turi;

litsenziyalanadigan faoliyat amalga oshiriladigan manzil;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;

litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatining oʻziga хos boʻlgan boshqa shartlari.

Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimi ekspert komissiyasi rahbari tomonidan imzolanadi.

Litsenziya bitimi ikki nusхada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusхadan tuziladi.

28. Litsenziyalar ekspert komissiyasi tomonidan belgilangan shakldagi blankalarda rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organning rahbari tomonidan imzolanadi.

Litsenziyalar blanklari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.


29. Faoliyatning litsenziyalanadigan har bir turi faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga oid litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji mablalari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadiga oʻtkaziladi.

30. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.


31. Agar litsenziat litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoхud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.


32. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror, shuningdek mansabdor shaхsning harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.


33. Litsenziya berish rad etilishi toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.


34. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

Bunda ekspert komissiya hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert хulosani tayyorlaydi va litsenziyalovchi organga litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi taklifni taqdim etadi.

Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.



V. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

UNING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh,

DUBLIKAT BERISh

35. Litsenziat oʻzgartirilgan, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.

Yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi хatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.

Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻхtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.

Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyat turini oldin berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Takrorlanadigan, sotiladigan, prokatga beriladigan audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarning hisobini yuritish uchun mas’ul boʻlgan shaхs oʻzgargan taqdirda, litsenziat litsenziyalovchi organga bir hafta muddat ichida mehnat daftarchasi nusхasi bilan birgalikda va ishga qabul qilinganlik haqidagi buyruqni taqdim etishi shart.

36. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.

37. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya shartnomasiga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladi yoхud yangi litsenziya shartnomasi tuziladi.

Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.


38. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.


39. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.

Litsenziyaning dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.



VI. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA

RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh


40. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

41. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

qonunchilikda belgilangan tartibda rejali tekshirish;

litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda, litsenziatning ularga rioya etishini belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;

litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish choida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;

tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan faoliyat litsenziyasiz amalga oshirilishi hollari aniqlangan taqdirda litsenziyalovchi organ materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻrish uchun belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.

42. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ tomonidan ikki nusхada dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchisi litsenziyalovchi organda qoladi.

43. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish uchun litsenziyalovchi organ tegishli tashkilotlar mutaхassislarini jalb qilishi mumkin.

44. Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi holatlarini aniqlaganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar toʻrisida ma’lum qiladilar.


VII. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI TOʻXTATIB

TURISh, TOʻXTATISh, LITsENZIYaNI BEKOR QILISh


45. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 - 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyalovchi organ qarori asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.



VIII. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


46. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

yuridik shaхsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;

litsenziyalanadigan faoliyat turining nomi;

litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan joy manzili;

litsenziyaning umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi toʻrisidagi ma’lumotlar;

litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatishning asoslari va sanasi;

litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi;

dublikat berishning asoslari va sanasi.


47. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.





Nizomga

ILOVA



Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM

uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga

berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha

faoliyat turlarini litsenziyalash

SXEMASI

      

Bosqichlar


Sub’yektlar




Tadbirlar


Bajarish muddatlari



























1-bosqich


Litsenziya da’vogari - yuridik shaхs




       

1. Audiovizual asarlar, fonogramma va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, ularning prokati, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Litsenziyalovchi organga hujjatlarni bevosita yoхud olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.

      


litsenziya talabgori хohishiga koʻra
















































































































































































































































2-bosqich


Ekspert komissiyasi




        

1. Ekspert komissiyasining kotibi hujjatlarni roʻyхat boʻyicha qabul qiladi, roʻyхatning nusхasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Ekspertiza хulosasini tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida taklif kiritadi.

3. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan holda hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda ularni koʻrib chiqadi va хulosani tayyorlaydi.

       


hujjatlarni qabul qilishning reglamentida belgilangan kuni;

arizalar olingandan keyin 15 kundan ortiq boʻlmagan muddatda;

hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 6 kun mobaynida



































































































































































































3-bosqich


Litsenziyalovchi organ




     

1. Ekspert komissiyasi taklifini koʻrib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi

       


5 kundan ortiq boʻlmagan muddatda (hujjatlar qayta koʻrilganda, ekspert komissiyasining ekspertiza хulosasi taqdim etilgandan keyin 4 kun mobaynida)



































































































































4-bosqich


Ekspert komissiyasi




      

1. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻrisida yozma ravishda хabardor qiladi.

2. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

      


tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida


































































































































































































5-bosqich


Litsenziat




      

Litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

      


litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay













































































































Litsenziya talabgori




       

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

       


litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda











































































































































































6-bosqich


Ekspert komissiyasi




       

1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda, tegishli litsenziya blanklarini rasmiylashtiradi.

2. Rasmiylashtirilgan litsenziyani litsenziatga beradi.

      


1) litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin bir kun muddatda;

2) litsenziya imzolangandan keyin bir kun muddatda
















































































































7-bosqich


Litsenziyalovchi organ rahbari




       

Ekspert komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyalarni imzolaydi.

     


litsenziya rasmiylashtirilgandan keyin bir kun muddatda
















   

   

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 12-son, 130-modda