Davlat patent idorasi direktorining 30.12.2004 y. 62-son "Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 14.01.2005 y. 1443-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
14.01.2005 y.
N 1443
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT PATENT IDORASI
DIREKTORINING
30.12.2004 y.
N 62
BUYRUGʻI
Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini
berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va
koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(2005 yil 24 yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining "Seleksiya yutugʻlari toʻgʻrisidagi" Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari ilovaga binoan tasdiqlansin.
2. Davlat patent idorasi direktorining 1997 yil 2 sentyabrdagi 49-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish va topshirishning vaqtinchalik qoidalari ushbu Qoidalar kuchga kirgan sanadan e’tiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori A. Azimov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 2-son, 16-modda.