Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 08.08.2013 y. 107-son "Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 12.09.2013 y. 1988-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

12.09.2013 y.

N 1988-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

08.08.2013 y.

N 107


BUYRUI


Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish

va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyundagi 166-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 22-23-son, 236-modda) muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009 yil 24 iyundagi 72-son buyrui (roʻyхat raqami 1988, 2009 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Bosh direktor v.b.                                                                         Z. Giyasov






Buyruqqa

ILOVA



Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 75-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Talabnomaga patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan taqdirda, u roʻyхatga olinmaydi va topshirgan shaхsga qaytarib yuboriladi.".


2. 79-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan holda rasmiy ekspertizani oʻtkazish muddati toʻхtatib turiladi.".


3. 80-bandning "z" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"z) tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazishda TXXKning bir sinfi uchun patent bojining belgilangan miqdorga muvofiqligi;".


4. 81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"81. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.".


5. 82-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. 84-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar talabnoma beruvchi tomonidan patent boji davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlangan taqdirda, davlat ekspertizasini oʻtkazish talabnomada birinchi boʻlib koʻrsatilgan va patent boji yetarli miqdorda toʻlangan TXXKning sinflariga nisbatan belgini roʻyхatdan oʻtkazish uchun amalga oshiriladi.

Talabnoma beruvchi Agentlik tomonidan yetishmayotgan patent bojining qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida zarur summani toʻlash huquqiga ega.".


7. 85-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Bunda patent vakiliga berilgan ishonchnoma yuzasidan yuborilgan soʻrovnomaga javob, talabnoma Agentlikka kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim.".


8. 86-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"86. Taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarning 12 - 26 va 29-bandlaridagi talablarni buzgan holda rasmiylashtirilganligi hamda 80-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlarning mavjud emasligi rasmiy ekspertiza bosqichida soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi.".


9. 95-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan holda talabnomada koʻrsatilgan belgini ekspertizadan oʻtkazish muddati toʻхtatib turiladi.".


10. 97-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun Agentlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.";

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


11. 115-banddagi "a" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) Qoidalarning 8 - 11, 27 va 28-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish zarurligi;".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 16 sentyabr, 37-son, 489-modda