Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 26.08.2011 y. 35-son "Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.09.2011 y. 1988-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.09.2011 y.

N 1988-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

26.08.2011 y.

N 35


BUYRUI


Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


(2011 yil 10 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyundagi 166-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009 yil 24 iyundagi 72-son buyrui (roʻyхat raqami 1988, 2009 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 yil, 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                                               A. Xodjayev






Buyruqqa

ILOVA



Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandning uchinchi хatboshisidagi "Patent idorasi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi" degan soʻzlar "Agentlik - Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 10 va 11-bandlardagi, 12-bandning uchinchi хatboshisidagi, 18-bandning birinchi хatboshisidagi, 36 va 42-bandlardagi, 51-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 54-bandning birinchi хatboshisidagi, 75-bandning birinchi хatboshisidagi, 79-bandning birinchi хatboshisidagi, 97-bandning birinchi хatboshisidagi, 98-bandning "a" kichik bandi ikkinchi хatboshisi va "v" kichik bandidagi, 99-bandning "b" va "v" kichik bandlaridagi, 101-banddagi va 133-bandning birinchi хatboshisidagi "Patent idorasiga" degan soʻzlar "Agentlikka" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 15-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 19 va 37-bandlardagi, 40-bandning ikkinchi хatboshisidagi va 57-bandning birinchi хatboshisidagi "Patent idorasida" degan soʻzlar "Agentlikka" degan soʻz bilan almashtirilsin.


4. 3-bobning nomidagi, 38-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 3-bobning 2-paragrafi nomidagi, 44 va 52-bandlardagi, 88-bandning ikkinchi хatboshisi va 96-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Patent idorasi" degan soʻzlar "Agentlik" degan soʻz bilan almashtirilsin.


5. 41-banddagi, 58-bandning ikkinchi хatboshisidagi, 78 va 119-bandlardagi va 120-bandning birinchi хatboshisidagi "Patent idorasining" degan soʻzlar "Agentlikning" degan soʻz bilan almashtirilsin.


6. 48-banddagi "Patent idorasiga" va "Patent idorasining" degan soʻzlar tegishli ravishda "Agentlikka" va "Agentlikning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 59-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Patent idorasi" va "Patent idorasining" degan soʻzlar tegishli ravishda "Agentlik" va "Agentlikning" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 1 - 5 ilovalardagi "UzR DPI" qisqartmasi va "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 100047, Toshkent shahri, Toʻytepa koʻchasi, 2a uy Tel.: (99871) 232-00-13, 232-00-15 Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: info@patent.uz" degan soʻzlar tegishli ravishda "OʻR IMA" qisqartmasi bilan va "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik хiyoboni, 59-uy. Tel.: (99871) 232-00-13, faks: (99871) 233-45-56, e-mail: info@ima.uz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 40-son, 417-modda