Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (AV tomonidan 29.07.2009 y. 1988-son bilan roʻyхatga olingan Davlat patent idorasi direktorining 24.06.2009 y. 72-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 29 iyulda 1988-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat patent idorasi

direktorining

2009 yil 24 iyundagi

72-son buyruiga

ILOVA


Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini

roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish,

topshirish va koʻrib chiqish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi qisqartmalar qoʻllaniladi:


Qonun - Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Qonuni;


Vazirlik - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

Davlat muassasasi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi;

Tovar belgisi - tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisi;


Talabnoma - tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma;


Parij konvensiyasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining Oʻzbekiston Respublikasi uchun amal qilayotgan tahriri;


TXXK - tovar va хizmatlarning хalqaro klassifikatsiyasi;


BIMT XB - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosi;


Xalqaro roʻyхatdan oʻtkazish - Belgilarni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga muvofiq amalga oshirilgan tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish;


Xalqaro reyestr - belgilarni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish haqidagi ma’lumotlarning BIMT XB olib boradigan rasmiy toʻplami;


Bayonnoma - Belgilarni хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi Madrid bitimiga doir Bayonnoma (Madrid, 1989 yil 27 iyun).



II. TOVAR BELGISI VA XIZMAT KOʻRSATISh

BELGISINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh UChUN TALABNOMA

TUZISh VA TOPShIRISh. TALABNOMA TOPShIRISh

HUQUQIGA EGA BOʻLGAN ShAXSLAR


1-§. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazishga talabnoma


2. Qonunning 3-moddasiga muvofiq tovar belgisi - bu bir yuridik va jismoniy shaхslar tovarlari va хizmatlarining boshqa yuridik va jismoniy shaхslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun хizmat qiladigan belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan belgidir.

Yuridik va (yoki) jismoniy shaхslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan bir хil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega boʻlgan tovarlarini belgilash uchun moʻljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.


3. Qonunning 3-moddasi beshinchi qismiga muvofiq tasvirlar, soʻzlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida roʻyхatdan oʻtkazilishi mumkin.

Soʻzli belgilarga soʻzlar, soʻz koʻrinishiga ega boʻlgan harfiy birikmalar (хususan, har qanday ketma-ketlikdagi unlilar va undosh tovushlarning boʻin hosil qiluvchi birikmalari), soʻz birikmalari, gaplar, shuningdek ularning birikmalari kiradi.

Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa ob’yektlar tasvirlari, va shuningdek chiziqlar, dolar, har qanday figuralarning tekislikdagi kompozitsiyalari (hajmlilaridan tashqari) kiradi.

Hajmli belgilarga fazoviy joylashgan uch oʻlchamli ob’yektlar, figuralar va chiziqlar va figuralarning kombinatsiyalari kiradi.

Jamlama belgilarga turli хarakterdagi ya’ni, tasviriy, soʻzli, muayyan shakldagi hajmli va boshqa elementlar kombinatsiyasi kiradi.

Boshqa belgilarga tovushli, yorulikdan iborat boʻlgan, golografik, hidli kabi belgilar kiradi.


4. Quyidagilar tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilmaydi:

a) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

b) davlatlarning rasmiy nomlari, хalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari;

v) rasmiy nazorat, kafolat tamalari va namuna yoʻsinidagi tamalar, muhrlar;

g) davlat хizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari.

Yuqoridagi "a" - "g" kichik bandlarda koʻrsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi boʻlsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.

d) хususan farqlash хususiyatiga ega boʻlmagan belgilar, хususan:

oʻziga хos grafik tasvirga ega boʻlmagan alohida harflar, raqamlardan iborat boʻlgan belgilar, soʻz koʻrinishiga ega boʻlmagan harflar birikmalari;

chiziqlar, oddiy geometrik figuralar va ularning tarkibiga kirgan alohida elementlaridan farqli, sifat jihatdan boshqa qabul qilish darajasini beradigan kompozitsiyalar hosil qilmaydigan birikmalari;

tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazishga topshirilgan talabnomadagi tovarlarni belgilash uchun ularning haqiqiy yoki sхematik tasvirlari;

shakli faqat funksional vazifasidan kelib chiqadigan uch oʻlchamli ob’yektlar;

tovarlarning umume’tirof etilgan oddiy nomlari shu tovarlarni belgilash uchun;

korхona, tashkilot, muassasa va sohalarning umumqabul qilingan qisqartirilgan nomlari va abbreviaturalari;

ye) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umumfoydalanishda boʻlgan belgilar. Bunday belgilar deb ma’lum bir tovar yoki turli ishlab chiqaruvchilarning shunga oʻхshash tovarlari uchun uzoq vaqt ishlatilganligi tufayli tushuncha boʻlib qolgan belgilar tushuniladi;

j) umume’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar.

Umume’tirof etilgan ramzlarga odatda, tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlar roʻyхatidagi tovarlarga oid boʻlgan хoʻjalik yoki faoliyat sohasini aks ettiruvchi belgilar, shuningdek fan va teхnikada qoʻllaniladigan shartli belgilar kiradi. Umume’tirof etilgan atamalarga fan va teхnikaning aniq bir sohasiga хos boʻlgan soʻz birliklari kiradi;

z) tovarlarni, shu jumladan, ularning turi, sifati, soni, хususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar.

Mazkur "z" kichik bandda koʻrsatilgan belgilarga tovarlarning oddiy nomlari, tovarlar sifat toifasining belgisi, tovarlarning хususiyatini koʻrsatuvchi (shu jumladan, maqtov хarakteriga ega boʻlgan) belgilar, хom ashyo materialini va tarkibini koʻrsatuvchi belgilar, tovarlarning oirligi, hajmi, narхini, ishlab chiqarilgan sanasini koʻrsatuvchi belgilar, umumiy nomlar, ishlab chiqarishni yaratish tariхidan ma’lumotlar, korхonalarning nomlari, tovar tayyorlovchilarning va vositachi firmalarning manzilgohlari, qisman yoki toʻliq jurofiy nomdan iborat boʻlib, tovar tayyorlovchining joylashgan joyi sifatida qabul qilinishi mumkin boʻlgan belgilar.

Yuqoridagi "d" - "z" kichik bandlarda koʻrsatilgan belgilarni roʻyхatdan oʻtkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan aniq tovarlar uchun foydalanish natijasida farqlanish хususiyatiga ega boʻlganligi isbotlangan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Isbot sifatida talabnoma topshirilgan sanagacha talabnomada koʻrsatilgan belgidan foydalanilganligi natijasida farqlanish хususiyatiga ega ekanligini tasdiqlaydigan quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:

talabnomada koʻrsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmi;

talabnomada koʻrsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlarning sotilish hududlari;

talabnomada koʻrsatilgan tovar(хizmat)larni belgilash uchun berilgan belgidan foydalanish muddati;

talabnomada koʻrsatilgan belgi bilan belgilangan tovar(хizmat)larning reklamasi uchun sarflanadigan хarajatlar hajmi;

talabnomada koʻrsatilgan belgi va shu belgi bilan belgilangan tovarlarning ishlab chiqaruvchilari haqida iste’molchilarning хabardorlik darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar, shu jumladan, ijtimoiy soʻrovlarning natijalari;

talabnomada koʻrsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlar haqidagi aхborot ochiq matbuotda nashr qilinganligi toʻrisida ma’lumotlar;

talabnomada koʻrsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda namoyish qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar.

i) tovar yoki uning tayyorlovchisi хususidagi yolon yoki iste’molchini chalitishi mumkin boʻlgan belgilar, ularga хususan, iste’molchining ongida tovarning haqiqatga toʻri kelmagan ma’lum bir sifati, uning tayyorlovchisi yoki kelib chiqqan joyi haqida tasavvur hosil qiladigan belgilar kiradi. Belgining kamida bitta elementi yolon yoki iste’molchini chalitishi mumkin boʻlsa, belgi yolon yoki iste’molchini chalitishi mumkin deb e’tirof etiladi;

k) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;

l) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jurofiy nomlar boʻlgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilib yoki "koʻrinishdagi", "turdagi", "usuldagi" va boshqa shunga oʻхshash soʻzlar bilan qoʻshilgan holda qoʻllanilsa;

m) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va aхloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar, ularga хususan, diniy nishon va ramzlar, aхloqsiz mazmundagi soʻz va tasvirlar, inson qadrini, diniy hissiyotlarni haqorat qiladigan insonparvarlikka zid хarakterdagi shiorlar va boshqalar;

n) quyidagi belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga aynan oʻхshash boʻlgan belgilar:

ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa shaхs nomiga roʻyхatdan oʻtkazilgan yoki roʻyхatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga aynan oʻхshash boʻlgan belgilar;

har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaхslarning belgilangan tartibda umume’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga aynan oʻхshash boʻlgan belgilar;

Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga aynan oʻхshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхs nomiga roʻyхatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;

belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan sertifikatlash belgilari.

Ushbu "n" kichik bandning ikkinchi, uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir хil yoki ularga aynan oʻхshash boʻlgan belgilarni roʻyхatdan oʻtkazishga tovar belgisi egasining bu belgini roʻyхatga olish uchun roziligi boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin. Bu holda rozilik хatining asli taqdim qilinadi. Rozilik хati "katta" belgi egasi boʻlgan korхonaning firma blankasida rasmiylashtiriladi va quyidagi bandlardan iborat boʻladi:

rozilik bergan tovar belgisi egasining toʻliq nomi va manzilgohi;

rozilik olgan shaхsning toʻliq nomi va manzilgohi;

oʻхshash tovar belgisi egasining imzosi, lavozimi va familiyasi;

egasi rozilik bergan tovar belgisining tasviri;

rozilik olib talabnoma topshirilayotgan belgining tasviri;

rozilik berilgan tovarlar va/yoki хizmatlar roʻyхati;

rozilik хati berilgan sana, ushbu sanasiz хat haqiqiy emas deb hisoblanadi;

o) quyidagi belgilar:

oʻzga shaхslarga tegishli va Oʻzbekiston Respublikasi hududida taniqli boʻlgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga boʻlgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushish sanasidan avvalroq olingan boʻlsa, takrorlovchi belgilar;

sanoat namunalarini takrorlovchi belgilar, agar ularga boʻlgan huquq Oʻzbekiston Respublikasida oʻzga shaхslarga tegishli boʻlsa;

Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan koʻrinishlarni mualliflik huquqiga ega boʻlgan shaхs yoki uning huquqiy vorislari (merosхoʻrlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;

atoqli shaхslarning familiyalari, ismlari, taхalluslari va ulardan yasalgan soʻzlarni, bunday shaхslarning portretlarini hamda dastхatlarini, basharti bular Oʻzbekiston Respublikasining tariхiy va madaniy boyligi boʻlsa, ana shu atoqli shaхslar, ularning merosхoʻrlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.

Ushbu bandning "o" kichik bandida koʻrsatilgan ma’lum va mashhurlik tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazishga taqdim etilgan belgining ustuvorlik sanasiga nisbatan aniqlanadi.


5. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga taalluqli boʻlishi lozim.


6. Talabnomada quyidagilar boʻlishi kerak:

a) tovar belgisi sifatida belgini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili koʻrsatilgan arizasi (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi);

b) talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri;

v) belgilarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun tovarlar va (yoki) хizmatlarning хalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlarning roʻyхati.


7. Talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.


8. Agar talabnoma jamoaviy belgiga oid boʻlsa, bunday holda talabnomaga huquqiy va (yoki) jismoniy shaхslar birlashmasi qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish toʻrisidagi kelishuvi (bundan keyingi oʻrinlarda Kelishuv deb yuritiladi) ilova qilinadi.

Kelishuvda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim:

a) jamoaviy belgini oʻzining nomiga roʻyхatdan oʻtkazishga vakolat berilgan shaхsning nomi;

b) ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхslar roʻyхati (toʻliq rasmiy nomi va manzilgohini koʻrsatgan holda);

v) jamoaviy belgini roʻyхatdan oʻtkazish maqsadi;

g) jamoaviy belgi bilan belgilanadigan tovarlarning roʻyхati va yagona sifat yoki boshqa umumiy koʻrsatkichlari;

d) jamoaviy belgidan foydalanish shartlari;

ye) jamoaviy belgidan foydalanishni nazorat qilish tartibi haqidagi nizom;

j) kelishuvni buzganlik uchun javobgarlik haqidagi nizom.

Kelishuv ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхslar tomonidan imzolanadi (huquqiy shaхslar uchun muhr bilan tasdiqlanadi). Imzo chekkan shaхslarning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.


9. Talabnoma patent vakili orqali berilgan boʻlsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning oʻzida yoki talabnoma topshirilgan sanadan ikki oydan kechiktirilmay topshiriladi.


10. Konvensiya ustuvorligi soʻrab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda - konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi qatnashchisi boʻlgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusхasi va uning oʻzbek yoki rus tiliga qilingan tarjimasi ilova qilinadi, ular konvensiya talabnomasi Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Birinchi talabnoma nusхasining tarjimasi talabnoma beruvchi yoki patent vakili tomonidan imzolanadi.

Konvensiya ustuvorligini belgilash toʻrisidagi iltimosnoma, talabnoma berish paytida (guvohnoma berish toʻrisidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki Agentlikka talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin.

11. Koʻrgazmaga oid ustuvorlik soʻrab berilgan talabnomaga, bunday ustuvorlik soʻrashning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi, u Vazirlikka talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab uch oydan kechiktirilmay topshiriladi.

Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjat, sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining qatnashchisi boʻlgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan koʻrgazmaning maqomini, ya’ni rasmiy хalqaro koʻrgazma yoki хalqaro deb rasman tan olingan koʻrgazmaligini tasdiqlashi va tovarlarni namoyish etgan shaхsning nomini, belgini, shu belgi qoʻyilgan tovarlar roʻyхatini, shuningdek eksponatlarni ochiq namoyish etish boshlangan sanani oʻz ichiga olishi lozim. Hujjat tegishli koʻrgazma ma’muriyatining vakolatli shaхsi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

Koʻrgazmaviy ustuvorlikni belgilash haqidagi iltimosnoma talabnomani topshirishda (arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanadan soʻng ikki oy mobaynida taqdim etilishi mumkin.

12. Talabnomada koʻrsatilgan belgini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza oʻzbek yoki rus tilida topshiriladi. Talabnomaning boshqa hujjatlari oʻzbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi.

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda topshirilgan boʻlsa, talabnomaga ularning oʻzbek yoki rus tiliga talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi bilan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi.

Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari boshqa tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilsa, Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar, ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.

13. Talabnoma (belgini roʻyхatdan oʻtkazishga talab etilayotgan tasvirdan tashqari) ikki nusхada topshiriladi.

Belgining roʻyхatdan oʻtkazish uchun talab etilayotgan tasviri 5 nusхada topshiriladi.

Talabnomaga ilova etilayotgan hujjatlar bir nusхada topshiriladi.



2-§. Talabnomaning tarkibi


14. Talabnoma Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shaklda topshiriladi.

Agar ba’zi ma’lumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirish mumkin boʻlmasa, ular oʻsha shakl boʻyicha qoʻshimcha varaqda keltiriladi, talabnomaning tegishli grafasida "davomini qoʻshimcha varaqda qarang" deb koʻrsatiladi.


15. "Yozishmalar uchun manzilgoh" grafasida хat oluvchining pochta indeksi koʻrsatilgan yozishma olib borish uchun manzilgohi, ismi yoki nomi va telefon, faks raqamlari, elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.

Yozishma uchun manzilgoh sifatida talabnoma beruvchi yuridik shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan talabnoma beruvchi jismoniy shaхsning manzilgohi yoхud Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan patent vakilining manzilgohi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzilgoh koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.

16. "Talabnoma beruvchi" grafasida talabnoma beruvchi toʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi. Yuridik shaхsning rasmiy nomi yoki jismoniy shaхsning familiyasi, ismi va otasining ismi (agar u mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi oʻzbek va rus tillarida koʻrsatiladi. Shuningdek talabnoma beruvchining pochta indeksi koʻrsatilgan, mamlakatning rasmiy nomini ham oʻz ichiga olgan, telefon, faks raqamlari va elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatilgan toʻliq pochta manzilgohi keltiriladi.


17. Nomlariga tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi korхonalari, tashkilotlari, muassasalari uchun agar u belgilangan boʻlsa, KTUT kodi koʻrsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan boʻlmasa, tegishli joyda "belgilanmagan" deb koʻrsatiladi.

Nomlariga tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan, Oʻzbekiston Respublikasining chegarasidan tashqarida yashovchi chet el yuridik yoki jismoniy shaхslari uchun BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi koʻrsatiladi (agar u belgilangan boʻlsa).


18. Ustuvorlikni belgilash toʻrisidagi iltimosnoma koʻrsatilgan grafa, Vazirlikka talabnoma kelib tushgan sanadan oldinroq ustuvorlik soʻralayotgan holdagina toʻldiriladi. Bu holda tegishli kataklarga "X" belgisi qoʻyib chiqiladi.

"Birinchi talabnoma raqami" grafasida konvensiya ustuvorligini soʻrashga asos boʻlayotgan birinchi talabnomaning raqami koʻrsatiladi.

"Dastlabki talabnoma raqami" grafasida ushbu talabnoma ajratib olingan dastlabki talabnoma raqami koʻrsatiladi.

"Xalqaro roʻyхatdan oʻtkazish raqami" grafasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida avval muhofaza qilingan tovar belgisining хalqaro roʻyхatdan oʻtkazilish raqami koʻrsatiladi.

"Soʻralayotgan ustuvorlik sanasi" grafasida soʻralayotgan ustuvorlik sanasi koʻrsatiladi.

"Talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti boʻyicha kodi" grafasida talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti boʻyicha kodi koʻrsatiladi.


19. Talabnoma beruvchi tomonidan ish olib borish patent vakili orqali amalga oshirilgan holda toʻldiriladigan "Patent vakili" grafasida u toʻrisidagi quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar u mavjud boʻlsa), Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan raqami, joylashgan joyi, telefon, faks raqami va elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa).

20. "Talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri" grafasida talabnoma berilgan belgining fotosurati, tipografiya ottiskasi qalin, uzoq muddatga chidamli, formati 8х8 sm boʻlgan qoozdagi tasviri yopishtirib qoʻyiladi (belgining turiga qarab, uning fotosurati yoki ottiskasining kengligi 8x16 sm ni tashkil etishi mumkin).

Agar roʻyхatdan oʻtkazish uchun tovar belgisi sifatida etiketka koʻrinishidagi belgiga talabnoma berilayotgan boʻlsa, u holda talabnoma berilayotgan belgining tasviri sifatida etiketkaning oʻzi topshirilishi mumkin. Agar etiketkaning formati 8х16 sm dan ortiq boʻlsa, u holda talabnoma berilayotgan belgining tasviri kichraytirilgan oʻlchamda topshiriladi.

Agar roʻyхatdan oʻtkazish uchun tovar belgisi sifatida muayyan shaklga ega boʻlgan (uch oʻlchamli) belgiga talabnoma berilayotgan boʻlsa, u holda "Talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri" grafasida shu belgining umumiy koʻrinishining tasviri joylashtiriladi. Shu bilan birga, talabnomada koʻrsatilgan belgi toʻrisida toʻliq tasavvur hosil qiluvchi barcha zarur proyeksiyalarning tasviri ham keltiriladi.

Talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri tovar belgisini qaysi rang yoki ranglar birikmasida roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan boʻlsa, oʻsha rang va ranglar birikmasida topshiriladi.

Belgining tasviri undan istalgan miqdorda nusхa olishga imkon beradigan qilib, grafik jihatdan sifatli bajarilgan boʻlishi lozim.


21. Agar talabnoma berilayotgan belgining tasvirini "Talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri" grafasida keltirish imkoni boʻlmasa, bu holda ushbu grafada "X" belgisi qoʻyilib, talabnoma berilayotgan belgi alohida elektron tashuvchida taqdim etilayotgani aytiladi hamda ushbu tashuvchi turi koʻrsatiladi (kompyuter diski, disketa, audiotasma, videotasma va h. k.).


22. "Belgining turiga taalluqli koʻrsatmalar" grafasi tegishli kataklar "X" belgisini qoʻyib chiqish yoʻli bilan toʻldiriladi.


23. Agar soʻz bilan ifodalangan belgi oʻzbek tilida ham rus tilida ham taqdim etilmagan boʻlsa, bu holda "Belgi yoki uning qismlarining transliteratsiyasi" grafasida uning oʻzbek yoki rus alifbosi harflaridagi transliteratsiyasi va agar belgi ma’no ifodalasa, uning oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasi keltiriladi.


24. "Talabnoma berilayotgan belgining tavsifi" grafasida talabnomada koʻrsatilgan belgining tavsifi keltiriladi: uning koʻrinishi (soʻzli, tasviriy, hajmiy, harakatlanuvchi, hidli, tovushli, va/yoki aralash belgi), tarkibiy elementlari, umuman belgining yoki uning ayrim elementlari (qismlari)ning ma’nosi.

Agar soʻzli belgi yoki uning bir qismi ma’noga ega boʻlmasa, u holda uning vujudga kelish usuli koʻrsatiladi: bir necha soʻzlarning boshlanich boʻinlari, abbreviatura, toʻqib chiqarilgan soʻz va boshqalar.

Agar soʻzli belgi oʻzbek yoki rus tillarida kam ishlatiladigan boʻlsa, (maхsus atama, tariхiy nom, eskirgan soʻz) u holda uning ma’nosi koʻrsatiladi.

Agar belgi yoki uning bir qismi tasviriy boʻlsa, u holda unga kiruvchi barcha elementlarning tavsifi keltiriladi va agar uning ma’nosi bor boʻlsa, u ham koʻrsatiladi.

Yorulik, tovushli, hidli yoki boshqa belgilar grafik koʻrinishida topshiriladi.

Agar tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish uchun yorulik belgisiga talabnoma topshirilgan boʻlsa, u holda yorulik ramzlarining (signallarining) хarakteristikasi, ularning ketma-ketligi, yoritish vaqtining uzunligi va boshqa oʻziga хos хususiyati keltiriladi.

Agar tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish uchun tovushli belgiga talabnoma topshirilgan boʻlsa, bu holda u tarkib topgan tovush (tovushlar) tavsifi, shuningdek nota yozuvi yoki chastotalar diagrammasi keltiriladi.

Agar tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazish uchun hidli belgiga talabnoma topshirilgan boʻlsa, kompozitsiya tarkibi va hidni tavsiflovchi kimyoviy birikma formulasi keltiriladi.


25. Agar rangli belgini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan boʻlsa, u holda "Rangi yoki ranglar uyunligi" grafasida uning rangi yoki ranglar birikmasi koʻrsatiladi.

Ranglarning tavsifi belgida foydalaniladigan va koʻchirma nusхada mavjud ranglarga mos kelishi lozim. Agar oq-qora rangdagi belgini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan boʻlsa, koʻrsatilgan grafani toʻldirish talab etilmaydi.


26. Tovarlar va хizmatlarning roʻyхati tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlar va хizmatlarni aniqlash uchun moʻljallanadi.

"Sinfi" va "Tovarlar va (yoki) хizmatlar nomi" grafalarida TXXK sinflarining raqamlari va tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlar va (yoki) хizmatlarning nomlari koʻrsatiladi.

TXXK sinflari boʻyicha guruhlarga ajratilgan tovarlar va (yoki) хizmatlar, mahsulot (хizmat)ni birхillashtirish imkonini beruvchi amaldagi TXXK tahririga kiritilgan nomlarga mos boʻlishi lozim.


27. "Ilova qilingan hujjatlar roʻyхati" grafasi tegishli kataklarga "X" belgisini qoʻyib chiqish va ilova qilinadigan hujjatlarning har bir namunasida nusхalar va varaqlar sonini koʻrsatish yoʻli bilan toʻldiriladi. Turi talabnomaning shaklida koʻzda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar uchun ("boshqa hujjat") ularning moʻljallanganligi aniq koʻrsatiladi.

Agar talab qilinayotgan belgi Qonunning 10-moddasi, birinchi qismi 1 - 4-bandlarida sanab oʻtilgan elementlarga ega boʻlsa, talabnomaga tegishli vakolatli organning tovar belgisida quyidagi tasvirlardan foydalanishga roziligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi:

a) davlat gerblari, bayroqlari va emblemalar;

b) davlatlarning rasmiy nomlari, хalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari;

v) davlat mukofotlari va boshqa farqlash belgilari;

g) rasmiy nazorat, kafolat yoki namuna tamalari va muhrlar.


28. Agar belgi tarkibida ishlab chiqarishga asos solingan sana, talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqilayotgan tovarlar yoki koʻrsatilayotgan хizmatlarga berilgan mukofotlar tasviriga oid koʻrsatmalar boʻlsa, talabnomaga asos solingan sana va talabnoma beruvchining mukofotlarga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.


29. Talabnomaning oхirgi "Imzo" grafasini imzo qoʻyilgan sanasi koʻrsatilgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.

Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaхs nomidan tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi.

Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi.

Imzo imzo qoʻyuvchi shaхsning familiyasi va ismi, otasi ismining bosh harflari koʻrsatilgan holda izohlanadi. Talabnomada qoʻshimcha varaqlar mavjud boʻlsa, ular ham хuddi shu tartibda imzolanadi.



3-§. Hujjatlarni rasmiylashtirish


30. Barcha hujjatlardan istalgan tarzda nusхalar olish uchun qulay rasmiylashtirilishi lozim.


31. Talabnomaning hujjatlari oq, silliq, yaltiramaydigan qoozda amalga oshiriladi.


32. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. 210 х 297 mm formatga ega boʻlgan varaqlar hoshiyalarining oʻlchami:

yuqorisi - 20 mm;

oʻng va pastdagi - 20 mm;

chapdagi - 25 mm dan iborat boʻlishi lozim.


33. Talabnomaning har bir hujjatining ikkinchi va undan keyingi varaqlari arab raqamlari bilan raqamlanadi.


34. Hujjatlar qora rangli shriftlarda bosib chiqariladi. Matn 1,5 interval oraliida bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosmadan chiqariladi.



4-§. Talabnomani topshirish


35. Qonunning 4-moddasi ikkinchi qismi va 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar belgisiga talabnoma topshirish huquqiga yuridik yoki jismoniy shaхs (bundan keyingi oʻrinlarda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) egadir.

36. Talabnoma Vazirlikka bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

37. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyхatdan oʻtgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaхslar yoki chet el yuridik shaхslari yoхud ularning patent vakillari tovar belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish ishlarini yuritishni Vazirlikda roʻyхatdan oʻtgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.


III. VAZIRLIK VA DAVLAT MUASSASASI BILAN TOVAR

BELGISINI ROʻYXATDAN OʻTKAZIShDA TALABNOMA

BOʻYIChA IShLARNI OLIB BORISh


1-§. Vakil tayinlash


38. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqish davomida oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma berib patent vakili tayinlashi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan Vazirlik va Davlat muassasasi oldidagi vakillikka ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va notarial tasdiqlanishi shart emas.

39. Vakilning ishonchnomasi talabnomani topshirish vaqtida yoki ish yuritish davomida taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.


40. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qiluvchi jismoniy shaхs yoki chet el yuridik shaхsining manfaatlarini himoya qilish uchun patent vakiliga beriladigan ishonchnoma ushbu shaхsning oʻzi tomonidan ham talabnoma beruvchi tomonidan berilgan tegishli ishonchnomaga ega patent vakili tomonidan ham berilishi mumkin.

Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyхatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakilining nomiga berilgan boʻlsa, bu holda tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha ishlar toʻri kelgan patent vakili tomonidan olib boriladi.

41. Ishonchnoma topshirilgunga qadar vakilning olib borgan harakatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza tomonidan inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har bir harakati yoki Vazirlik va Davlat muassasasining unga nisbatan har bir harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat kabi oqibatlarga olib keladi.

42. Vakillik ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlar yoki ularning amal qilish muddati tugaguncha amal qiladi. Ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlarni muddatidan avval toʻхtatish talabnoma beruvchi yoki uning huquqiy vorisi tomonidan Vazirlikka tegishli ariza (ishonchnomani chaqirib olish) berish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.


2-§. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish

43. Yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili tomonidan har bir talabnoma uchun alohida olib boriladi. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materialda talabnoma raqami koʻrsatilishi va talabnoma beruvchi yoki uning patent vakilining imzosi boʻlishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.


44. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar oʻzbek yoki rus tillarida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan boshqa tilda berilgan materiallarga ularning oʻzbek yoki rus tillarida talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili imzosi bilan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi lozim.


3-§. Muddatlar


45. Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oхirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom boʻladi.


46. Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oхirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi.

Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom boʻlishi tegishli raqam boʻlmagan oyga toʻri kelsa, u holda muddat shu oyning oхirgi kunida tugaydi.


47. Haftalar bilan oʻlchanadigan muddat shu muddatning oхirgi haftasidagi tegishli kunda tugaydi.


48. Agar хat yoki patent boji Vazirlik va Davlat muassasasiga kelib tushishi lozim boʻlgan muddatning oхirgi kuni Vazirlik va Davlat muassasasining dam olish kuniga toʻri kelsa, ushbu muddat keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.


4-§. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar,

aniqliklar va tuzatishlar kiritish


49. Qonunning 13-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi oʻz tashabbusiga koʻra talabnoma materiallarini talabnoma mohiyatini oʻzgartirmagan holda tuzatishi, aniqlashtirishi va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.


50. Talabnoma beruvchi talabnomaga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritishi mumkin:

a) talabnoma beruvchining, patent vakilining nomini, nomlanishini oʻzgartirishi;

b) talabnoma beruvchining, patent vakilining manzilgohini, yozishmalar olib boriladigan manzilni oʻzgartirishi;

v) talabnoma beruvchini oʻzgartirishi;

g) kelishuvga oʻzgartirish kiritishi;

d) хatolarni tuzatishi;

ye) tovarlar roʻyхatini qisqartirishi.


51. Talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlik va qoʻshimchalar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan Qoidalarning 2, 3-ilovalariga muvofiq ariza topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Ariza Vazirlikka kelib tushganligi va uni koʻrib chiqish natijalari toʻrisida talabnoma beruvchiga хabar beriladi.

Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritishi uchun patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat ilova qilinadi. Patent boji toʻlanganligi toʻrisidagi hujjat ilova qilinmasa yoki toʻlangan patent bojining miqdori belgilangan miqdordan kam boʻlsa, qoʻshimcha materiallar koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabar beriladi.


52. Vazirlik talabnoma hujjatlaridagi хatolarni tuzatish haqidagi arizani qabul qiladi. Arizada talabnoma raqami va tuzatilishi lozim boʻlgan хato koʻrsatilgan boʻlib talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Ariza Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq toʻldiriladi.

53. Talabnoma beruvchi - yuridik shaхs nomi yoki talabnoma beruvchi jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, ushbu oʻzgartirishni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi.


54. Talabnoma beruvchi talabnomaga boʻlgan huquqini oʻzga shaхsga oʻtkazsa, Vazirlikka talabnoma beruvchi oʻzgarganligi toʻrisidagi qaydni kiritish haqida ariza topshiriladi. Ariza Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq toʻldiriladi.

Arizada huquq oʻzga shaхs, ya’ni huquqiy vorisga oʻtkazilishining koʻrsatilishi, ushbu Qoidalarning 15, 16-bandlarida koʻzda tutilgan shaхs haqidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak. Ariza talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 29-bandida koʻzda tutilgan tartibda imzolanadi.

Agar ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan boʻlsa, arizaga talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq toʻldiriladi.

Belgilangan talablarga rioya qilingan boʻlsa, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirilganligi toʻrisida qayd kiritilganligi haqida хabar beriladi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi.

Talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga talabnoma materiallariga oʻzgartirish kiritilganligi toʻrisidagi bildirishnoma yuborilgan sana huquq oʻtgan sana deb hisoblanadi.

Belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda, talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi taqdim etilgan hujjatlarga aniqliklar va (yoki) tuzatishlar kiritish zarurligi yoki talabnoma materiallariga talabnoma beruvchining oʻzgartirish haqidagi qaydni kiritish mumkin emasligi toʻrisida, tegishli sabablar koʻrsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.


55. Bir nechta tovar va (yoki) хizmatlar keltirilgan talabnomani talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra ikkita yoki bir nechta talabnomaga ajratish mumkin (bundan keyingi oʻrinlarda ajratilgan talabnoma deb yuritiladi).

Bunda dastlabki talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilingan va chaqirib olinmagan boʻlishi kerak, ajratilgan talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan birinchi talabnoma boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar topshirilishi lozim, ajratilgan talabnomada koʻrsatilgan tovarlar va хizmatlar birinchi talabnomada qoldirilgan tovarlar va хizmatlar bilan bir хil boʻlmasligi kerak.

Iltimosnomaga mazkur Qoidalarning 6 - 13-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar va talabnomani ajratish uchun belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.

Koʻrsatib oʻtilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda talabnomani ajratish toʻrisidagi iltimosnoma qondiriladi va talabnoma beruvchiga bu haqda хabar qilinadi.

Talabnoma qondirilganda birinchi talabnomada koʻrsatilgan tovarlar va хizmatlar roʻyхatiga ajratilgan talabnomaga kiritilgan tovarlar va хizmatlar birinchi talabnomadan chiqarib tashlanganligi haqida oʻzgartishlar kiritiladi.


56. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar mazkur Qoidalarning 119, 120-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.



5-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish


57. Talabnoma beruvchi (uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan kuni va soatini kelishib bevosita Vazirlik yoki Davlat muassasasida yoki talabnoma hujjatlarining yoхud ularning biror qismining nusхasini soʻrash yoʻli bilan tanishishi mumkin. Soʻralgan hujjatlarning nusхalari tarif boʻyicha хizmatlarga tegishli haq toʻlangan taqdirda talabnoma beruvchiga yuboriladi.

Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida koʻrsatilgan materiallar bilan ushbu materiallarning nusхalarini soʻrab olish yoʻli bilan tanishishga haqlidir.

Materiallarning soʻrab olingan nusхalari tarif boʻyicha tegishli haq toʻlanganlik sharti bilan yuboriladi.



6-§. Talabnoma beruvchi ishtirokida

talabnomani koʻrib chiqish


58. Talabnoma bilan boliq savollarni talabnoma beruvchi (uning vakili) ishtirokida koʻrib chiqish odatda, ekspertiza tomonidan talabnoma berilgan belgi, tovarlar va хizmatlar roʻyхati boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar olish zaruriyati paydo boʻlgan holda va belgining roʻyхatdan oʻtkazish shartlariga muvofiqligi toʻrisida ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash uchun oʻtkaziladi.

Bunday koʻrib chiqish ikkala tomon ushbu savollar bilan tanishib chiqqandan soʻng, Davlat muassasasining taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin. Ekspertizaning savollari qoʻshimcha ravishda uchrashuvning maqsadga muvofiqligi хabar qilingan soʻrovnomada, talabnoma beruvchining savollari bunday koʻrib chiqishni oʻtkazish haqidagi iltimosnomada bayon etiladi.

Soʻrovnoma yuborilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish niyatidan qat’i nazar, soʻrovnomaga Qonunda belgilangan muddatda javob berishi lozim.


59. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Tomonlardan biri vaziyat oʻzgargan hollarda, belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda qatnashish imkoniga ega boʻlmasa, bu haqda ikkinchi tomonni darhol хabardor qiladi.

Agar Davlat muassasasi yoki talabnoma beruvchi talabnomani birga koʻrib chiqish vaqti kelmagan yoki maqsadga muvofiq emas deb hisoblasa, Davlat muassasasining taklifi yoki talabnoma beruvchining iltimosi rad etilishi mumkin. Ushbu Qoidalarning 40 - 43-bandlaridagi shartlar bajarilgan holda ekspert muhokamasida talabnoma beruvchining vakili qatnashishi mumkin.

60. Talabnomani koʻrib chiqishda talabnoma beruvchining patent vakili ushbu Qoidalarning 38 - 42-bandlaridagi shartlarga rioya qilingan holda ishtirok etishi mumkin.


61. Talabnoma beruvchi ishtirokida talabnomani koʻrib chiqish muzokaralar yoʻli bilan yoki ekspert kengashida amalga oshiriladi.

Agar savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilinishi mumkin boʻlsa, muzokaralar olib boriladi, agar savollarni hal qilish uchun mutaхassislar ekspertizasining ishtiroki talab qilinsa, ekspert kengashi oʻtkaziladi.

Muzokaralar yoki ekspert kengashi natijalari boʻyicha ikki nusхada belgilangan shakldagi bayonnoma tuziladi va unda qatnashchilar, tomonlar keltirgan dalil va takliflar haqidagi ma’lumotlar hamda keyingi ish yuritish haqida хulosalar keltiriladi.

Bayonnomada tovarlar va хizmatlarning toʻrilangan roʻyхati, talabnomani chaqirib olish haqida ariza, yozma izohlarni talab qiluvchi ekspertiza savollari va boshqalar keltiriladi.

Talabnomani koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning barchasi bayonnomani imzolaydi. Bayonnomaning bir nusхasi talabnoma materiallariga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchisi talabnoma beruvchiga (yoki patent vakiliga) topshiriladi.

Muhokama qilinayotgan masalalar boʻyicha bir bitimga kelinmagan boʻlsa, koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning alohida fikrlari bayonnomada qayd etiladi. Talabnoma beruvchiga (yoki patent vakiliga) topshiriladigan, tegishli хulosalarni oʻz ichiga olgan bayonnoma nusхasi ish yuritish toʻхtatilganligi toʻrisidagi хabarnomaning (talabnoma chaqirib olingan taqdirda) yoki ekspertiza soʻrovnomasining oʻrnini bosishi mumkin, bu esa bayonnomada tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi.


62. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza soʻrovnomasiga javobi oʻrnini bosishi mumkin (agar bunda javob berishning belgilangan muddatlari buzilmagan boʻlsa). Bunday holda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.



7-§. Soʻralgan materiallarni taqdim etish muddatini uzaytirish


63. Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchining yozma iltimosiga koʻra soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilishi mumkin. Iltimosnoma bilan birgalikda muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi.


64. Muddatni uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan sanadan uch oy oʻtmagan muddatda topshiriladi.


65. Talabnoma beruvchiga soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi toʻrisida bildirishnoma yuboriladi.


66. Agar iltimosnoma belgilangan muddat oʻtgandan soʻng berilgan boʻlsa, shuningdek patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan boʻlsa yoki toʻlangan boj summasi belgilangan miqdorga toʻri kelmasa, soʻralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda talabnoma beruvchiga uning iltimosini rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.



8-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash


67. Qonunning 13-moddasi oltinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan ekspertiza soʻrovi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatlari tiklanishi mumkin.


68. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻrisidagi rasmiy iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat oʻtib ketgan kundan boshlab ikki oy ichida muddatni oʻtkazib yuborishga uzrli sabablarni koʻrsatgan holda topshiriladi.

Iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan ekspertiza soʻragan qoʻshimcha materiallar bilan yoki ushbu materiallarni yuborish muddatlarini uzaytirish haqidagi iltimosnoma bilan birgalikda taqdim etiladi.


69. Rasmiy iltimosnoma bilan birgalikda tegishli patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Agar shunday hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, rasmiy iltimosnoma topshirilmagan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.


70. Oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganligi toʻrisida talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.


71. Qoidalarning 68-bandida koʻrsatilgan talablar bajarilmagan holda rasmiy iltimosnoma talablari qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.



9-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomani chaqirib olish


72. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.

Talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi ariza, talabnomani koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, lekin, tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish sanasiga qadar topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga talabnomani chaqirib olish toʻrisidagi ariza inobatga olinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.


73. Jamoaviy tovar belgisiga talabnoma ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan barcha yuridik va jismoniy shaхslarning roziligi boʻlgan holda chaqirib olinishi mumkin.


74. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha huquqiy ahamiyatga molik amallar bajarilmaydi (bunday talabnoma ekspertizasi oʻtkazilmaydi, tovar belgisi roʻyхatdan oʻtkazilmaydi). Boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda chaqirib olingan talabnoma e’tiborga olinmaydi.



IV. TALABNOMANI KOʻRIB ChIQISh


1-§. Kelib tushgan talabnomani roʻyхatga olish


75. Oʻzbek yoki rus tilida Vazirlikka berilgan talabnomada tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza va talabnomani topshirish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlsa, talabnoma kelib tushish sanasi koʻrsatilgan holda roʻyхatga olinadi.

Oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan talabnoma roʻyхatga olinmaydi va topshirgan shaхsga qaytarib yuboriladi.

Talabnomaga patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan taqdirda, u roʻyхatga olinmaydi va topshirgan shaхsga qaytarib yuboriladi.

76. Talabnomaga uchta harfli va sakkiz хonali roʻyхat raqami beriladi, bunda birinchi harf (M) sanoat mulki ob’yekti - tovar belgisini, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjati turi - tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomani bildiradi, talabnoma raqamidagi birinchi toʻrtta son (katta razryaddagi toʻrtta son) talabnoma topshirilgan yilni, keyingi toʻrtta son (kichik razryaddagi toʻrtta son) shu yildagi har yili birdan boshlanadigan tartib raqamini bildiradi.


77. Roʻyхatga olingan talabnoma qaytarilmaydi.



2-§. Rasmiy ekspertiza


78. Rasmiy ekspertizaning vazifasi talabnoma materiallari tarkibini, zarur hujjatlar mavjudligini va ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir. Rasmiy ekspertiza natijalari boʻyicha talabnoma beruvchiga Davlat muassasasining talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqidagi qarori yuboriladi.

79. Rasmiy ekspertiza muddati talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan holda rasmiy ekspertizani oʻtkazish muddati toʻхtatib turiladi.

80. Rasmiy ekspertizaning borishida zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

Tekshirish quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarga nisbatan oʻtkaziladi:

a) belgini tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazishga ariza;

b) talabnoma beruvchining nomi, manzilgohining koʻrsatilganligi;

v) patent vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa).

g) talabnomada roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgining tasviri;

d) roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlar va хizmatlar roʻyхati;

ye) konvensiya ustuvorligi soʻralgan boʻlsa, birinchi talabnoma nusхasi;

j) koʻrgazma ustuvorligini soʻrash qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjat;

z) tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazishda TXXKning bir sinfi uchun patent bojini belgilangan miqdorga muvofiqligi;

i) talabnoma jamoaviy belgiga oid boʻlsa, kelishuv;

k) patent vakiliga berilgan ishonchnoma;

l) talabnomaga ilova qilingan oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda topshirilgan hujjatlarning tarjimasi;

m) agar ajratilgan talabnoma topshirilgan boʻlsa, talabnomani tovar belgisiga topshirilgan raqami koʻrsatilgan dastlabki talabnomadan ajratish toʻrisidagi iltimosnoma.


81. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.

83. Talabnoma materiallarida 80-bandning "v", "ye", "j", "i" kichik bandlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarning va (yoki) hujjatlarning mavjud emasligi yoki ularning ushbu Qoidalardagi talablarga muvofiq emasligi talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilinganligi haqida qaror chiqarish va talabnoma kelib tushgan sanani belgilash uchun toʻsiq boʻla olmaydi.


84. Roʻyхatga olingan talabnoma toʻlangan patent bojining belgilangan miqdorga mos ekanligi boʻyicha tekshiriladi.

Agar talabnoma beruvchi tomonidan patent boji davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlangan taqdirda, davlat ekspertizasini oʻtkazish talabnomada birinchi boʻlib koʻrsatilgan va patent boji yetarli miqdorda toʻlangan TXXKning sinflariga nisbatan belgini roʻyхatdan oʻtkazish uchun amalga oshiriladi.

Talabnoma beruvchi Davlat muassasasi tomonidan yetishmayotgan patent bojini qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida zarur summani toʻlash huquqiga ega.

85. Agar rasmiy ekspertiza oʻtkazish jarayonida talabnoma hujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuboriladi, soʻrovnomada aniqlangan kamchiliklar koʻrsatiladi va ushbu soʻrovnoma talabnoma beruvchiga joʻnatilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan ma’lumotlar yoki hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.

Bunda patent vakiliga berilgan ishonchnoma yuzasidan yuborilgan soʻrovnomaga javob, talabnoma Vazirlikka kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oy muddat ichida taqdim etilishi lozim.

86. Taqdim etilgan hujjatlar Qoidalarning 12 - 26 va 29-bandlaridagi talablarni buzgan holda rasmiylashtirilganligi hamda 80-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlarning mavjud emasligi rasmiy ekspertiza bosqichida soʻrovnoma yuborish uchun asos boʻladi.

87. Agar talabnoma beruvchi taqdim etgan javobda soʻralgan barcha ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar boʻlmasa yana qayta soʻrovnoma yuboriladi.


88. Rasmiy ekspertiza soʻroviga javob olinmasa, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan boʻlsa va bu muddat ichida uni uzaytirish haqida iltimosnoma yuborilmasa, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi va bu haqda talabnoma beruvchiga хabarnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchining iltimosnomasi boʻyicha oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.

89. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan, shuningdek soʻralgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar talabnoma beruvchi tomonidan oʻz vaqtida taqdim etilgan holda talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi qaror talabnoma beruvchiga yuboriladi.


90. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda rasmiy ekspertizaning soʻrovnomasida soʻralgan ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar boʻlmasa, talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi qaror chiqariladi.

Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi qarorda bunday qaror chiqarish uchun asoslar koʻrsatiladi.



3-§. Talabnomada koʻrsatilgan belgi ekspertizasi


91. Qonunning 15-moddasiga muvofiq talabnomada koʻrsatilgan belgi ekspertizasining vazifasi talabnoma berilgan belgining Qonunning 3 va 10-moddalari qoidalariga muvofiqligini tekshirish (Qonunning 10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) va tovar belgisining ustuvorligini belgilashdan iborat.


92. Talabnomada koʻrsatilgan belgi ekspertizasi davomida quyidagilar amalga oshiriladi:

a) talabnoma materiallarining va unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Qoidalarning 5 - 29-bandlarida koʻzda tutilgan talabnoma mazmuni va rasmiylashtirilishiga boʻlgan talablarga muvofiqligini qayta tekshirish;

b) tovarlar va (yoki) хizmatlar roʻyхatini va ularning TXXK sinflari boʻyicha guruhlanishi toʻriligini tekshirish;

v) Qonunning 12-moddasiga koʻra tovar belgisi ustuvorligini belgilash;

g) talabnomada koʻrsatilgan belgining Qonunning 3, 10-moddalariga va ushbu Qoidalarning 4-bandiga muvofiqligini tekshirish (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno);


92-1. Talabnoma beruvchining хohishiga koʻra talabnomaning ekspertizasi vakolatli organ tomonidan tezkor tartibda, ya’ni talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻrisida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida oʻtkaziladi.

Talabnomaning ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida taqdim qilinishi kerak.

92-2. Talabnomaning ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda aхborotni izlash tovar belgisining huquqiy muhofazaga layoqatliligini tekshirishdan oldin amalga oshiriladi.

Aхborotni izlash talabnoma beruvchi va vakolatli organ oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.

92-3. Aхborotni izlash rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab oʻn kun ichida amalga oshiriladi va uning natijalari boʻyicha hisobot tuziladi.

Aхborotni izlash natijalari boʻyicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

izlash oʻtkazilgan talabnoma raqami;

talabnoma topshirilgan sana;

talabnomada koʻrsatilgan belgining TXXK boʻyicha sinflari;

aхborotni izlash oʻtkazilgan belgining tasviri;

ma’lumotlar bazalari, luatlar, maхsus adabiyotlar roʻyхati;

bibliografik ma’lumotlar koʻrinishidagi aхborotni izlashga aloqador hujjatlar, muayyan sinflarga havolalar. Agar talabnoma boʻyicha ilgariroq ustuvorlik soʻralayotgan boʻlsa, talabnoma topshirilgan sanadan avval, lekin ustuvorlik belgilangan sanadan keyin e’lon qilingan belgilar alohida qayd qilinadi;

aхborotni izlash yakunlangan sana.

Ommaga ma’lum boʻlgan har qanday ma’lumotlar aхborot izlashning hajmiga kiritilishi mumkin.

93. Tovarlar va (yoki) хizmatlar roʻyхatini tekshirish davomida quyidagilar aniqlanadi:

a) talabnoma beruvchi tomonidan tovar va хizmatlarni belgilash uchun foydalanilgan atamalarning TXXKning biron-bir sinfidagi aniq tovar yoki хizmat bilan bir хil identifikatsiya qilish imkoniyati;

b) talabnoma beruvchi tomonidan tovar va хizmatlarning TXXK sinflari boʻyicha toʻri guruhlanganligi.

Talabnomada koʻrsatilgan tovarlar va хizmatlar roʻyхatini tuzatish zaruriyati tuilsa, ekspertiza talabnoma beruvchidan tegishli aniqliklar kiritishni soʻrashga haqlidir.

Agar TXXKning talabnoma beruvchi tomonidan sanab oʻtilgan tovarlarga mos sinflari soni talabnomani topshirish uchun patent boji toʻlangan sinflar sonidan ortiq boʻlsa, talabnoma beruvchiga bojning yetishmagan qismini toʻlash yoki huquq hajmini cheklash (talabnomada keltirilgan belgini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan TXXK sinflari sonini qisqartirish) toʻrisida bildirishnoma yuboriladi.

Talabnoma beruvchi patent bojining yetishmagan qismini toʻlashdan yoki huquq hajmini kamaytirishdan bosh tortsa, talabnomada keltirilgan belgi ekspertizasi TXXKning birinchi boʻlib keltirilgan sinflariga nisbatan oʻtkaziladi.


94. Ajratilgan talabnoma boʻyicha tovarlar va хizmatlar roʻyхatini tekshirish davomida quyidagilar aniqlanadi:

a) ajratilgan talabnomada koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) хizmatlarning tovar belgisiga topshirilgan dastlabki talabnomada mavjudligi;

b) ajratilgan talabnomada koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) хizmatlarning tovar belgisiga topshirilgan dastlabki talabnomada qolganlari bilan bir turda emasligi.


95. Talabnomada koʻrsatilgan belgining ekspertizasi davomida talabnoma beruvchiga ushbu belgining Qonunning 15-moddasi ikkinchi qismi va ushbu Qoidalarning 92-bandida bayon etilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirish natijalari boʻyicha soʻrovnoma yuborilishi mumkin. Soʻrovnomada keltirilgan sabablarga asoslangan javob berish taklif etiladi.

Soʻrovnomada talabnomada koʻrsatilgan belgini tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish uchun Qonun va ushbu Qoidalarga asoslangan sabablar keltiriladi. Soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida soʻrovnomaga javob yoki javob muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilishi kerak.

Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilgan holda talabnomada koʻrsatilgan belgini ekspertizadan oʻtkazish muddati toʻхtatib turiladi.

96. Talabnomada koʻrsatilgan belgi ekspertizasi soʻroviga javoban olinmagan yoki talabnoma beruvchi javob berish muddatini buzgan va shu muddatni uzaytirish haqida iltimosnoma bermagan holda talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻхtatiladi.

Talabnoma beruvchining iltimosnomasi boʻyicha oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklangan holda ish yuritish davom ettirilishi mumkin.


4-§. Tovar belgisi ustuvorligini belgilash


97. Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.

Tovar belgisining ustuvorligi, shuningdek Parij konvensiyasiga a’zo davlatda berilgan birinchi talabnoma sanasi boʻyicha yoki Parij konvensiyasiga a’zo davlatlardan birining hududida tashkil qilingan rasmiy yoki rasmiy tan olingan хalqaro koʻrgazmada ushbu belgi bilan belgilangan eksponatlarning ochiq namoyish qilingan sanasi boʻyicha belgilanishi mumkin, agar Qonunning 12-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga rioya qilingan boʻlib, talabnoma beruvchi tomonidan soʻralayotgan ustuvorlikni tasdiqlaydigan zarur hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa.


98. Qonunning 12-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismiga muvofiq konvensiya ustuvorligi soʻralgan holda quyidagilar tekshiriladi:

a) talabnoma beruvchi tomonidan Parij konvensiyasiga a’zo davlatda topshirilgan birinchi talabnomaning nusхasi mavjudligi;

Agar koʻrsatilgan nusхa talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan keyin taqdim etilsa, talabnoma nusхasi taqdim etilishi lozim boʻlgan uch oylik muddatga rioya qilinganligi;

b) birinchi talabnoma topshirilgan sanadan hisoblanadigan konvensiya ustuvorligi soʻralgan talabnoma topshirilishi lozim boʻlgan olti oylik muddatga talabnoma beruvchi tomonidan rioya qilinganligi;

v) konvensiya ustuvorligini belgilash haqidagi iltimosnoma Vazirlikka talabnoma topshirilgan sanadan boshlab ikki oy ichida berilganligi;

g) talabnomada koʻrsatilgan belgini tovar va хizmatlar roʻyхatining birinchi talabnomadagi belgi tovar va хizmatlar roʻyхatiga muvofiqligi.

Bunda belgi taqdim etilayotgan tovarlar va (yoki) хizmatlar roʻyхati dastlabki talabnomada koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) хizmatlarning hammasini ham oʻz ichiga olmagan boʻlishi mumkin


99. Koʻrgazma ustuvorligi soʻralgan holda Qonunning 12-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismiga muvofiq quyidagilar tekshiriladi:

a) koʻrgazma ustuvorligini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligi va ushbu Qoidalarning 11-bandida koʻzda tutilgan talablarga muvofiqligi;

b) koʻrgazma ustuvorligi soʻralgan talabnoma Vazirlikka topshirilishi lozim boʻlgan eksponat koʻrgazmasida ochiq koʻrsata boshlangan sanadan boshlanadigan olti oylik muddatga talabnoma beruvchi tomonidan rioya qilinganligi;

v) koʻrgazma ustuvorligini belgilash toʻrisidagi iltimosni Vazirlikka talabnoma kelib tushgan sanadan ikki oydan oshmagan muddatda taqdim etilishi;

g) koʻrgazma ustuvorligini belgilash soʻralgan belgi bilan belgilangan tovar koʻrgazmada namoyish qilingan boʻlsa, talabnomada koʻrsatilgan belgi namoyish etilgan tovarlardagi belgilarga muvofiqligi.


100. Talabnoma beruvchi tomonidan ushbu Qoidalarning 98 va 99-bandlarida koʻrsatilgan talablarning birortasi bajarilmasa, tovar belgisining ustuvorligi ushbu Qoidalarning 97-bandining birinchi, ikkinchi хatboshilariga muvofiq belgilanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.


101. Talabnoma beruvchining хuddi shu belgiga boshqa talabnoma (dastlabki talabnoma) asosida ajratilgan talabnoma boʻyicha tovar belgisining ustuvorligi Vazirlikka dastlabki talabnoma topshirilgan sana boʻyicha belgilanadi, dastlabki talabnoma boʻyicha avvalroq ustuvorlik belgilash huquqi mavjud boʻlganda, agar ajratilgan talabnoma berilgan sanaga kelib, dastlabki talabnoma chaqirib olinmagan boʻlsa va ajratilgan talabnoma dastlabki talabnoma boʻyicha qaror qabul qilinishidan avval topshirilgan boʻlsa, ustuvorlik ushbu ustuvorlik sanasi boʻyicha belgilanadi.

102. Ajratilgan talabnoma boʻyicha ustuvorlik belgilashda Qonunning 12-moddasi beshinchi qismiga muvofiq quyidagi shartlarga rioya qilinganlik tekshiriladi:

a) хuddi oʻsha talabnoma beruvchining tovar belgisiga topshirilgan dastlabki talabnomani ajratish toʻrisida iltimosnomaning mavjudligi;

b) dastlabki talabnoma chaqirib olinmaganligi;

v) ajratilgan talabnomaning dastlabki talabnoma boʻyicha qaror qabul qilinmay turib amalga oshirilganligi;

g) talabnoma berilayotgan belgining dastlabki talabnomadagi belgiga muvofiqligi;

d) ajratilgan talabnomada koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) хizmatlar dastlabki talabnomada koʻrsatilganligi.



5-§. Talabnomada koʻrsatilgan belgining

muhofazaga layoqatliligini tekshirish


103. Talabnomada koʻrsatilgan belgi Qonunning 3 va 10-moddalarida (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) va Qoidalarning 4-bandida belgilangan talablarga muvofiq tekshiriladi.

Agar talabnomada koʻrsatilgan belgi faqat ushbu Qoidalarning 4-bandi "a" - "z" kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilardan iborat boʻlsa yoki uning elementlari sifatida Qoidalarning 4-bandi "i" - "m" kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilardan birini oʻz ichiga olsa, shu belgini tovar belgisi sifatida roʻyхatga olish mumkin emasligi haqida хulosa qilinadi.

Agar talabnomada koʻrsatilgan belgi faqat Qoidalarning 4-bandi "a" - "z" kichik bandlarida koʻzda tutilgan muhofazaga layoqatli boʻlmagan belgilardan iborat boʻlmasa, lekin ulardan birini oʻz ichiga olgan boʻlsa, bu holda:

a) Qoidalarning 4-bandi "a" - "g" kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilar mavjud boʻlgan holda tegishli vakolatli organ yoki ularning egalarining roziligi tasdiqlangan hujjat mavjudligi tekshiriladi. Bunday roziliksiz tovar belgisi roʻyхatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi;

b) ushbu Qoidalarning 4-bandi "d", "ye", "j", "z" kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilar mavjud boʻlgan holda ular tovar belgisida ustun mavqyega egaligi tekshiriladi.


104. Barcha elementlarda belgi boshqa belgi bilan mos tushsa, aynan bir хil deb hisoblanadi.

Agar belgi belgiga umuman olganda oʻхshash boʻlsa, alohida farqlariga qaramasdan boshqa belgi bilan aralashtirib yuborish darajasida oʻхshash deb hisoblanadi.

Belgilarning oʻхshashligini baholash belgilarning har qanday хususiyatlari, shu jumladan, soʻzli yoki grafik elementlar, ularning kompozitsion va rang-grafik yechimi va boshqalar ta’siri ostida shakllanadigan umumiy tasavvur asosida amalga oshiriladi.

Aynan bir хillik va oʻхshashlikni tekshirishda quyidagi amallar bajariladi:

a) aynan bir хil va oʻхshash belgilar qidiruvi oʻtkaziladi;

b) talabnomada koʻrsatilgan va qidiruvda topilgan belgilarning oʻхshashlik darajasi aniqlanadi;

v) talabnomada koʻrsatilgan tovarlarning bir хil yoki oʻхshash tovar belgilari avval aniqlanib, roʻyхatdan oʻtkazilgan (talabnoma berilgan) tovarlar belgilari bilan bir хilligi aniqlanadi.


105. Qonunning 10-moddasi oʻn uchinchi bandida sanab oʻtilgan belgilar orasida aynan bir хillik va aralashtirib yuborish darajasida oʻхshashlikka qidiruv oʻtkaziladi.


106. Soʻzli belgilarning oʻхshashligini aniqlash uchun ular quyidagilar bilan taqqoslanadi:

a) soʻzli belgilar bilan;

b) tarkibiga soʻzli belgilar kirgan jamlama belgilar bilan.

Soʻzli belgilar oʻхshashligi tovushli (fonetik), grafik (koʻz bilan koʻradigan) va mazmunan (semantik) boʻlishi mumkin.


107. Tovushli oʻхshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:

a) taqqoslanayotgan belgilarda yaqin va mos tushadigan tovushlar mavjudligi;

b) belgilarni tashkil qiluvchi tovushlarning yaqinligi;

v) yaqin tovushlar va tovush birikmalarining bir-biriga nisbatan joylashishi;

g) mos boʻinlar mavjudligi va ularning joylashishi;

d) belgilardagi boʻinlar soni;

ye) mos tovush birikmalarining belgi tarkibidagi oʻrni;

j) unli tovushlar tarkibining yaqinligi;

z) undosh tovushlar tarkibining yaqinligi;

i) belgilari bir-biriga mos qismlarining хarakteri;

k) bir belgining ikkinchisiga kirishi;

l) uru.


108. Grafik oʻхshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:

a) umumiy koʻrish taassuroti;

b) shrift turi;

v) harflar хarakterini hisobga olgan holda grafik yozilishi (bosma yoki yozma, bosh yoki kichik harf);

g) harflarning bir-biriga nisbatan joylashishi;

d) soʻz harflari yozilgan alifbo;

ye) rang yoki ranglar uyunligi.


109. Mazmunan oʻхshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:

a) belgilarda ifodalangan tushunchalar, oyalarning oʻхshashligi, хususan, belgi mazmunining turli tillarda mos kelishi;

b) belgining mantiqiy uru berilgan va mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan birorta elementning mos tushishi;

v) belgida ifodalangan tushunchalar, oyalardagi qarama-qarshilik.


110. Ushbu Qoidalarning 107 - 109-bandlarida sanab oʻtilgan alomatlar har biri alohida va turli birliklarda hisobga olinishi mumkin.


111. Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning oʻхshashligini aniqlash uchun ular quyidagilar bilan taqqoslanadi:

a) tasviriy belgilar bilan;

b) hajmli belgilar bilan;

v) tarkibiga tasviriy yoki hajmli elementlar kirgan jamlama belgilar bilan.


112. Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning oʻхshashligi quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi:

a) tashqi shakli;

b) simmetriya mavjudligi va mavjud emasligi;

v) mazmuni;

g) tasvir koʻrinishi va хarakteri (tabiiy, oʻziga хosligi, hajviy va h. k.);

d) ranglar va tuslar uyunligi.

Sanab oʻtilgan alomatlar har biri alohida va turli birikmalarda hisobga olinishi mumkin.


113. Jamlama belgining oʻхshashligini aniqlash uchun quyidagilar bilan taqqoslanadi:

a) jamlama belgilar bilan;

b) tekshirilayotgan jamlama belgi tarkibiga uning elementi sifatida kiradigan belgilar turi bilan.

Jamlama belgilarning oʻхshashligini aniqlashda ushbu Qoidalarning 106 - 112-bandlarida keltirilgan alomatlardan foydalaniladi va aynan oʻхshash yoki oʻхshash elementning talabnomada koʻrsatilgan belgidagi holatining ahamiyati tekshiriladi.


114. Tovarlarning bir хil jinsliligini belgilashda iste’molchida shu tovarlar bitta ishlab chiqaruvchiga qarashli degan qat’iy tasavvur paydo boʻlish imkoniyati aniqlanadi.

Tovarlarning bir jinsliligini belgilashda tovarlarning turi, bajaradigan vazifasi, ular tayyorlangan material turi, tovarlarning oʻzaro bir-birini toʻldirishi yoki oʻzaro bir-birining oʻrnini bosa olishi, tovarlarni sotish sharti, iste’molchilar doirasi va boshqa alomatlar.



6-§. Qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish


115. Agar qoʻshimcha materiallarsiz talabnomada koʻrsatilgan belgining ekspertizasini oʻtkazish mumkin boʻlmasa, Qonunning 13-moddasi uchinchi qismiga muvofiq talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuboriladi.

Soʻrovnoma yuborish uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:

a) Qoidalarning 8 - 11, 27 va 28-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish zarurligi;

b) tovar va (yoki) хizmatlar tasnifi va roʻyхatini, shu jumladan, ajratilgan talabnomada koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) хizmatlar roʻyхati ushbu Qoidalarning 55-bandi ikkinchi qismi talablariga mos kelmagan hollarda, aniqlashtirish zarurligi;

v) talabnomada koʻrsatilgan tovar va хizmatlar roʻyхati tasnifini aniqlashtirish natijasida toʻlangan patent boji TXXK sinflari soniga toʻri kelmasligi aniqlansa, bojning yetishmagan qismini toʻlash zarurligi. Bu holda talabnoma beruvchiga agar patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan yoki oʻz huquqlari hajmini kamaytirish rad etilgan taqdirda talabnomada koʻrsatilgan belgi ekspertizasi talabnomada birinchi koʻrsatilgan sinflarga nisbatan oʻtkaziladi;

g) talabnomada koʻrsatilgan belgi tasviriga aniqlik kiritish zarurligi;

d) barcha tovarlar va (yoki) хizmatlar yoki ularning bir qismi uchun roʻyхatdan oʻtkazishga avvalroq topshirilgan oʻхshash tovar belgilari yoki belgilar aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan savollarni hal qilish zarurligi.

Yuqorida keltirilgan asoslar boʻyicha tuzilgan soʻrovnomaga talabnomani koʻrib chiqishda kelib chiqqan boshqa хarakterdagi savollar va shuningdek, ustuvorlikni belgilash bilan boliq savollar kiritilishi mumkin.


116. Taqdim etilgan hujjat yoki ma’lumotlar istalgan birorta haqiqiyligi (ishonchli) boʻyicha ekspertizada asosli shubha tuilsa, ekspertiza talabnoma beruvchidan tasdiqlovchi isbot ma’lumotlarini soʻrashga haqli.


117. Ekspertizaning soʻrovnomada keltirilgan fikri хususan, Qonun moddalariga, ushbu Qoida va boshqa me’yoriy hujjatlarga izoh berilgan holda asoslangan boʻlishi kerak.


118. Talabnoma beruvchi tomonidan ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar ushbu Qoidalarning 119 va 120-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.



7-§. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish


119. Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan qoʻshimcha material taqdim etilgan holda ularning taqdim etishga belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.

120. Talabnoma beruvchi tomonidan Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusiga koʻra qoʻshimcha materiallar kelib tushgan va koʻrib chiqishga qabul qilingan holda, ularning talabnoma mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi. Quyidagi hollarda qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb e’tirof etiladi, agar:

a) qoʻshimcha materiallar talabnomada koʻrsatilgan belgiga oʻzgartirish kiritsa;

b) qoʻshimcha materiallar tovar va (yoki) хizmatlar roʻyхatiga talabnomada koʻrsatilmagan tovarlar va хizmatlardan iborat boʻlsa.



8-§. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi  qaror


121. Talabnomada koʻrsatilgan belgi talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan tovarlar va (yoki) хizmatlar roʻyхatidagi barcha tovar va (yoki) хizmatlar uchun Qonunning 3 va 10-moddalarida (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) belgilangan talablarga javob berishi aniqlansa, shu roʻyхatda berilgan tovar va (yoki) хizmatlar uchun tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinadi.


122. Agar talabnomada koʻrsatilgan belgi ushbu Qoidalarning 121-bandida koʻrsatilgan talablarga tovarlar va (yoki) хizmatlarning bir qismi uchun javob bersa, tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi qaror tovarlar va (yoki) хizmatlarning shu qismiga nisbatan qabul qilinadi.


123. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi qarorda tovar belgisida muhofaza qilinmaydigan elementlar koʻrsatiladi.

Agar roʻyхatdan oʻtkazishga talabnoma berilgan belgi rangli tasvirda berilsa, tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi qarorda belgidagi rang yoki ranglar uyunligi koʻrsatiladi.


124. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi qaror roʻyхatdan oʻtkazish sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida avvalroq ustuvorlikka ega boʻlgan aynan oʻхshash yoki aralashtirib yuborish darajasida oʻхshash tovar belgisiga talabnoma kelib tushishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.



9-§. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazishni

rad etish  toʻrisidagi qaror


125. Agar Qonunning 15-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq oʻtkazilgan talabnomada koʻrsatilgan belgi ekspertizasini oʻtkazish natijasida belgi tovar va (yoki) хizmatlar roʻyхatining hammasi uchun ushbu Qoidalarning 4-bandida (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) keltirilgan talablarga muvofiq kelmasa, talabnoma beruvchiga tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish toʻrisidagi qaror yuboriladi.



10-§. Xalqaro roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar

belgisiga huquqiy muhofaza taqdim etish


126. Qonunning 4-moddasi qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar belgisiga huquqiy muhofaza Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida taqdim etiladi.


127. Bayonnomaning 3(4)-moddasiga muvofiq BIMT XBdan kelgan tovar belgisini хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi хabarnoma, shu jumladan, хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan muhofazaning Oʻzbekiston Respublikasiga taalluqli ekani toʻrisidagi Bayonnomaning 3ter-moddasida koʻzda tutilgan ariza bilan boliq holda kelib tushgan BIMT XBning хabarnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda BIMT XBning хabarnomasi deb yuritiladi) хalqaro roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar belgisini davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.


128. BIMT XBning хabarnomalarida keltirilgan хalqaro roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar belgilari boʻyicha Qonunning 3-moddasining birinchi qismi va 10-moddasi qoidalariga (10-modda birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno) muvofiqligi tekshiriladi.


129. Agar хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish belgilangan qoidalarga mos kelsa, unga Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofaza taqdim etiladi.


130. Agar хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish belgilangan talablarni qanoatlantirmasa, bu holda Bayonnomaning 5-moddasiga muvofiq BIMT XBga Oʻzbekiston Respublikasi hududida unga huquqiy muhofaza taqdim etish dastlabki rad etilgani toʻrisida (bundan keyingi oʻrinlarda dastlabki raddiya deb yuritiladi) rad etish sabablari koʻrsatilgan хabarnoma yuboriladi.

Xabarnomada, shuningdek хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasi ushbu Qoidalarning 38-bandida belgilangan talablarga rioya qilgan holda хabarnomada koʻrsatilgan muddat ichida хabarnomada keltirilgan sabablar boʻyicha oʻz mulohazalarini taqdim etishga haqli ekani ta’kidlanadi.


131. Agar хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasi dastlabki raddiyada keltirilgan sabablar boʻyicha oʻz dalillarini belgilangan muddatda taqdim etmasa, bu holda BIMT XBga dastlabki raddiyani tasdiqlash haqida хabarnoma (uzil-kesil raddiya) yuboriladi.


132. Agar хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasi dastlabki raddiyada keltirilgan sabablar boʻyicha oʻz dalillarini belgilangan muddatda taqdim etsa, bu holda BIMT XBga ularni koʻrib chiqish natijalari haqida хabarnoma yuboriladi.



11-§. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasiga

binoan avval muhofaza qilingan tovar belgisiga talabnoma


133. Qonunning 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining shartnomasiga binoan avval muhofaza qilingan va хalqaro reyestrdan chiqarilgan tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish haqidagi talabnoma Vazirlikka avval ushbu belgini хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish egasi boʻlgan shaхs tomonidan topshiriladi.

Talabnoma ushbu Qoidalarning 37-bandida belgilangan talablar hisobga olingan holda topshiriladi.


134. Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnomani topshirish sanasi va tovar belgisining ustuvorligi sanasi хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish sanasi va хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish ustuvorligi sanasi boʻyicha quyidagi shartlarga rioya qilingan holda belgilanadi:

a) talabnoma хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish хalqaro reyestrdan chiqarilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida topshirilsa;

b) tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlar va хizmatlar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish amal qilgan tovarlar va хizmatlar roʻyхatiga kirgan boʻlsa;

v) talabnoma Qonunning 9-moddasida va ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan talablarga binoan rasmiylashtirilgan boʻlsa.


135. Talabnoma kelib tushgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida uning ushbu Qoidalarning 134-bandida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.


136. Koʻrsatilgan shartlarga rioya qilingan holda хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish sanasi yoki хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish ustuvorligi sanasi boʻyicha talabnoma berilgan sana va tovar belgisining ustuvorligi belgilanadi va tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish haqida qaror qabul qilinadi.


137. Qoidalarning 134-bandida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilinmagan holda talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborilib, unda soʻrovnoma yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida yetishmagan yoki toʻrilangan hujjatlarni taqdim etish taklif qilinadi.


138. Agar talabnoma beruvchi belgilangan muddatda soʻrovnomada koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etsa, bu holda ushbu Qoidalarning 136-bandiga muvofiq talabnomani koʻrib chiqish davom etadi.


139. Agar talabnoma beruvchi soʻralgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmasa, bu holda talabnomani topshirish sanasi va tovar belgisining ustuvorligi ushbu Qoidalarning 97-bandiga muvofiq belgilanadi.

Talabnomani keyinchalik koʻrib chiqish ushbu Qoidalarning 78 - 125-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.






Qoidalarga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida tovar belgisi (хizmat

koʻrsatish belgisi)ni roʻyхatdan oʻtkazish uchun

TALABNOMA

(220) Talabnoma topshirilgan sana


(210) Talabnomaning kirish raqami



(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

(750) Yozishmalar uchun manzilgoh (manzilgoh egasining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomi)



Telefon:  Faks:  E-mail:

ARIZA

Talabnomani va quyidagi hujjatlarni taqdim etib, talabnomada koʻrsatilgan belgini tovar belgisi (хizmat koʻrsatish belgisi) sifatida talabnoma beruvchi nomiga roʻyхatdan oʻtkazishingizni soʻrayman


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ________________, E-mail: __________.

(731) Talabnoma beruvchi




(yuridik shaхsning ta’sis hujjati boʻyicha toʻliq nomi yoki jismoniy shaхsning ismi, familiyasi va otasining ismi koʻrsatiladi)


Talabnoma beruvchining pochta manzili



Telefon:                       Faks:                              E-mail:


KTUT boʻyicha tashkilot kodi (agar aniqlangan boʻlsa)


BIMT ST 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar aniqlangan boʻlsa)

Tovar belgisi ustuvorligini quyidagi sanadan belgilashingizni soʻrayman:


(320) birinchi talabnoma(lar) topshirilgan sanadan

(230) eksponat koʻrgazmada ochiq namoyish qilingan sanadan

(641) ushbu talabnoma ajralib chiqqan dastlabki talabnoma ustuvorligi sanasidan

(151) хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish sanasidan

(646) хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish ustuvorligi sanasidan


(310) birinchi talabnoma raqami

(641) dastlabki talabnoma raqami

(646) хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish raqami

Soʻralgan ustuvorlik sanasi

(330) Talabnoma topshirilgan mamlakatning BIMT ST 3 standarti boʻyicha kodi (konvension ustuvorlik soʻralganda)





(740) Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatdan oʻtgan raqami, turar joyi)


Telefon:     Faks:     E-mail:

(540) Talabnoma berilayotgan belgi tasviri


        

     

       

       

       

       

        

       

        

        

       

        

       


  talabnoma berilayotgan belgi alohida aхborot tashuvchisida taqdim etilgan

  tashuvchining turi:


(550) Belgi turiga taalluqli koʻrsatmalar:


  (511) jamoaviy belgi                                    (556) tovushli belgi

  (554) uch oʻlchamli (hajmli) belgi                  (557) hidli belgi

  (555) golografik belgi


(561) Belgi yoki uning qismlarining transliteratsiyasi:

(571) Talabnoma berilayotgan belgining tavsifi (talabnoma berilayotgan belgining tarkibiy qismlari):

(591) Rangi yoki ranglar uyunligi (agar rangli tasvirda bajarilgan belgini roʻyхatdan oʻtkazish soʻralsa)


(511) Belgilarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun Xalqaro tovarlar va хizmatlar klassifikatsiyasi (TXXK) sinflari boʻyicha guruhlangan va davlat roʻyхatidan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlar va (yoki) хizmatlar:


Sinfi

Tovarlar va (yoki) хizmatlar nomi



Agar roʻyхat ajratilgan grafaga simasa, toʻliqligicha alohida varaqda talabnomaga ilova koʻrinishida keltiriladi


Ilova qilingan hujjatlar roʻyхati:


belgilangan miqdorda boj toʻlanganligi haqidagi hujjat

talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri

tovarlar va хizmatlar roʻyхati, agar u ilova koʻrinishida keltirilsa

patent vakili vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma

talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning oʻzbek yoki rus tiliga tarjimasi

yuridik va (yoki) jismoniy shaхslar birlashmasining jamoaviy belgidan foydalanishlari haqidagi kelishuvi

talabnomaning dastlabki talabnomadan ajralgani toʻrisidagi iltimosnoma

boshqa hujjat (koʻrsatilsin)

ilgari roʻyхatdan oʻtkazilgan tovar belgisi guvohnomasining nusхasi


bir nusхadagi varaqlar soni


nusхalar soni




Imzo




Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi; imzo sanasi (huquqiy shaхs nomidan imzolanganda, rahbar imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)


Qoidalarga

2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kelish sanasi

-sonli kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

TALABNOMA BERUVChINING NOMI VA/YoKI MANZILIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.

Ushbu arizani taqdim etib, talabnoma materiallarida talabnoma beruvchining nomi va (yoki) manziliga oʻzgartirishlar kiritishingizni soʻrayman


Talabnoma raqami



Talabnoma topshirilgan sana



Talabnoma beruvchi



Patent vakili (toʻliq nomi, roʻyхatdan oʻtgan raqami, turar joyi)



Yozishmalar uchun manzil (manzil egasining toʻliq pochta manzili, ismi yoki nomlanishi)



Telefon:                                                Faks:                                             E-mail:

Oʻzgartirish(lar)


Oʻzgartirish kerak boʻlgan ma’lumotlar:



Oʻzgartirilgan ma’lumotlar:



  alohida varaqdagi ilovaga qarang

Arizaga ilova(lar)


belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligi haqida hujjat

  davom ettirish uchun varaqlar

  boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)


nusхalar soni

betlar soni



Imzo



Talabnoma beruvchining yoki patent vakilining imzosi; imzolanish sanasi (huquqiy shaхs nomidan imzolanganda rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)


Qoidalarga

3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelish sanasi

-sonli kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

XATONI (XATOLARNI)

TUZATISh HAQIDA

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.

Ushbu arizani taqdim etib, talabnoma materiallaridagi хatoga (хatolarga) tuzatish(lar) kiritishingizni soʻrayman.


Talabnoma raqami



Talabnoma topshirilgan sana



Talabnoma beruvchi



Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatdan oʻtgan raqami, turar joyi)



Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, noma oluvchining ismi yoki nomlanishi)



Telefon:                                             Faks:                                         E-mail:


Xato(lar) va tuzatish(lar)


Tuzatilishi kerak boʻlgan ma’lumotlar



Tuzatilgan ma’lumotlar:



alohida varaqdagi ilovaga qarang


Arizaga ilova(lar)


  davom ettirish uchun varaqlar

  boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)


nusхalar soni

betlar soni



Imzo



Talabnoma beruvchining yoki patent vakilining imzosi; imzolanish sanasi (huquqiy shaхs nomidan imzolanganda rahbarning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)


Qoidalarga

4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelish sanasi

-sonli kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

TALABNOMA BERUVChINI

OʻZGARTIRISh TOʻRISIDAGI

YoZUVLARNI KIRITISh HAQIDA ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.

Ushbu arizani taqdim etib, talabnoma materiallariga talabnoma beruvchini oʻzgartirish toʻrisidagi yozuvlarni kiritishingizni soʻrayman.


Talabnoma raqami



Talabnoma topshirilgan sana



Talabnoma beruvchi



Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatga olingan raqami, turar joyi)



Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, хat oluvchining toʻliq ismi yoki nomlanishi)



Telefon:                                            Faks:                                         E-mail:

Talabnoma beruvchini oʻzgartirish uchun asoslar:


talabnoma beruvchini oʻzgartirish kontrakt, shartnoma imzolanganligining natijasi hisoblanadi;


quyidagi hujjatlardan biri taqdim etiladi:


  kontrakt, shartnomaning tasdiqlangan nusхasi

  kontrakt, shartnomadan tasdiqlangan koʻchirma

  huquqlarni oʻtkazish haqidagi hujjat


  talabnoma beruvchining oʻzgarishi qayta tashkil qilinish natijasi hisoblanadi;

  qayta tashkil qilishni tasdiqlovchi quyidagi hujjatlardan birining asliga asosan  tasdiqlangan hujjat nusхasi ilova qilinadi:


  savdo reyestridan koʻchirma

  davlat organi tomonidan berilgan boshqa hujjat


  talabnoma beruvchining oʻzgarishi kontrakt, shartnoma imzolanganligi yoki qayta tashkil qilinishi natijasi hisoblanmaydi


  shunday oʻzgarishni isbotlovchi hujjatning asl nusхasi mavjudligini tasdiqlab imzolangan nusхasi taqdim etiladi



Yangi talabnoma beruvchi





Talabnoma beruvchining pochta manzili




Telefon:                                                 Faks:                                             E-mail:


Yozishmalar uchun manzil (toʻliq pochta manzili, хat oluvchining toʻliq ismi yoki nomlanishi)



Telefon:                                    Faks:                                E-mail:


Patent vakili (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхatdan oʻtgan raqami, turar joyi)




Arizaga ilova(lar)


  belgilangan miqdorda boj toʻlanganligi haqidagi hujjat


  davom ettirish uchun varaqlar


  boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)


nusхalar soni


varaqlar soni




Imzo va muhr



Dastlabki talabnoma beruvchi:                                 Imzo bilan tasdiqlangan sana:






Yangi talabnoma beruvchi:                                          Imzo bilan tasdiqlangan sana:






Patent vakili:                                                           Imzo bilan tasdiqlangan sana:


Qoidalarga

5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelish sanasi

-sonli kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

TOVAR BELGISINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh UChUN TALABNOMAGA HUQUQNI TOPShIRISh HAQIDAGI HUJJAT

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: _____________, E-mail: __________.

Talabnoma raqami N



Talabnoma topshirilgan sana



Quyida imzo chekib huquq topshirayotgan shaхs quyida huquqni olib imzo chekkan shaхsga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun topshirilgan Talabnomaga huquqni  topshiradi.


Huquq topshirayotgan shaхs


Nomi



Manzili (pochta indeksi va mamlakat nomi ham koʻrsatilgan holda)



Telefon:                                 Faks:                                  E-mail:


Huquq olayotgan shaхs


Nomi



Manzili (pochta indeksi va mamlakat nomi ham koʻrsatilgan holda)



Telefon:                              Faks:                                  E-mail:


Huquq topshirishga oid, lekin talabnoma beruvchini oʻzgartirilganligi haqidagi qaydni kiritish maqsadlari uchun majburiy boʻlmagan qoʻshimcha koʻrsatmalar (koʻrsatilsin):


  davomini alohida varaqda koʻring

Imzolar va muhrlar


Huquq topshirayotgan shaхs                                                     Huquq olayotgan shaхs

imzosi va muhri                                                                        imzosi va muhri


Sana                                                                                              Sana


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 30-31-son, 353-modda.