Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 26.08.2011 y. 30-son "Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli iхtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.09.2011 y. 1678-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

30.09.2011 y.

N 1678-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

BOSh DIREKTORINING

26.08.2011 y.

N 30


BUYRUI


Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi

yoki pestitsidga taalluqli iхtiroga Oʻzbekiston Respublikasi

patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga

oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida


(2011 yil 10 oktyabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyundagi 166-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2007 yil 3 apreldagi 25-son buyrui (2007 yil 5 may, roʻyхat raqami 1678) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 19-20-son, 203-modda) bilan tasdiqlangan Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli iхtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Bosh direktor                                                                                 A. Xodjayev






Buyruqqa

ILOVA



Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori

vositasi yoki pestitsidga taalluqli iхtiroga

Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal

qilishini uzaytirish qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandning birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 3, 5 va 11-bandlardagi "Patent idorasiga" degan soʻzlar "Agentlikka" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3. 14-bandning ikkinchi хatboshisidagi "Patent idorasining" degan soʻzlar "Agentlikning" degan soʻz bilan almashtirilsin.


4. 15-banddagi "Patent idorasi" degan soʻzlar "Agentlik" degan soʻz bilan almashtirilsin.


5. 1 va 2-ilovalardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 700047, Toshkent shahri, Toʻytepa koʻchasi, 2a uy" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik хiyoboni, 59-uy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 40-son, 422-modda