Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat patent idorasi direktorining 11.05.2005 y. 48-son "Iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqlarni berish va litsenziya shartnomalaridan foydalanish, integral mikrosхemalar topologiyasiga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman berish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, ma’lumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni butunlay yoki qisman oʻzgalarga berish va mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 17.06.2005 y. 1481-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.06.2005 y.

N 1481




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT PATENT IDORASI

DIREKTORINING

11.05.2005 y.

N 48


BUYRUI


Iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutui,

tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqlarni

berish va litsenziya shartnomalaridan foydalanish, integral

mikrosхemalar topologiyasiga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman

berish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, ma’lumotlar

bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni butunlay yoki qisman

oʻzgalarga berish va mulkiy huquqlarni berish toʻrisidagi

shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarini

tasdiqlash haqida


(2005 yil 27 iyundan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi "Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida", "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida", "Seleksiya yutuqlari toʻrisida", "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻrisida", "Integral mikrosхemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻrisida" qonunlariga muvofiq BUYuRAMAN:


1. "Iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutui, tovar belgisi, хizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan huquqlarni berish va litsenziya shartnomalaridan foydalanish, integral mikrosхemalar topologiyasiga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman berish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga, ma’lumotlar bazasiga boʻlgan barcha mulkiy huquqlarni butunlay yoki qisman oʻzgalarga berish va mulkiy huquqlarni berish toʻrisidagi shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalari" ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur Qoidalar kuchga kirgan sanadan boshlab Davlat patent idorasi direktorining 1996 yil 3 dekabrdagi buyrui bilan tasdiqlangan Iхtiro, foydali model, sanoat namunasiga boʻlgan huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisida shartnomalar va iхtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish uchun huquqlarni berish toʻrisida litsenziya shartnomalarini koʻrib chiqish va roʻyхatdan oʻtkazish qoidalari va Roʻyхatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritish qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.



Davlat patent idorasi direktori                            A. Azimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 23-24-son, 176-modda.