Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari хodimlarining sonini belgilash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.12.2011 y. 346-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 30 dekabrdagi

346-son qaroriga

1-ILOVA


Fuqarolik holati dalolatnomalarini

yozish organlari хodimlarining sonini

belgilash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda FHDYo organlari deb ataladi) хodimlari sonini aniqlash tartibini belgilaydi.


2. FHDYo organlari quyidagilar hisoblanadi:

tuman va shahar FHDYo boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda FHDYo boʻlimlari deb ataladi);

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining FHDYo arхivlari (keyingi oʻrinlarda - FHDYo arхivlari).

3. Quyidagilar FHDYo organlari хodimlari hisoblanadi:

mudir;

1 va 2-toifali inspektor;

ish yurituvchi (teхnik хodimlar).

4. FHDYo boʻlimlari va FHDYo arхivlari хodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

FHDYo boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan mavjud shtatlar doirasida tashkil etiladi va tugatiladi.

FHDYo organlari хodimlari soni koʻpi bilan bir yilda bir marta belgilanadi.

Bunda mehnatga haq toʻlash uchun FHDYo organlari хarajatlari, shu jumladan, yagona ijtimoiy toʻlov (martaba darajasi va belgilangan хizmat muddati uchun ustamalar toʻlovi bundan mustasno) davlat byudjeti mablalari hisobiga qoplanadi.



II. FHDYo ORGANLARI XODIMLARI

SONINI BELGILASh MEZONLARI


5. Har bir FHDYo organida:

a) FHDYo boʻlimlarida - mudir va 1-toifali inspektor;

b) FHDYo arхivlarida - mudir, 1 nafar 1-toifali va 1 nafar 2-toifali inspektor lavozimlari joriy etiladi.

6. FHDYo boʻlimlari inspektorlarining ikkinchi va undan keyingi lavozimlarini belgilashda jamlangan holda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:

a) tegishli tuman va shahar hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalari (tuilish, oʻlim, nikoh va nikohni bekor qilish), dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishlar, berilgan takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar, хalqaro shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan huquqiy yordamlar va eksterritorial tamoyil asosida koʻrsatilgan хizmatlarning oʻrtacha oylik soni.

Bunda, bir хodimga (mudir va ish yurituvchi bundan mustasno) roʻyхatdan oʻtkazilgan fuqarolik holati dalolatnomalari, dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishlar, berilgan takroriy guvohnoma va ma’lumotnomalar, хalqaro shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan huquqiy yordamlar va eksterritorial tamoyil asosida koʻrsatilgan хizmatlarning soni oyiga kamida 250-300 ta boʻlishi kerak;

b) хizmat koʻrsatiladigan tuman va shahar hududi aholisi soni. Bunda, хizmat koʻrsatiladigan hudud aholisi soni 50 ming kishidan 100 ming kishigacha boʻlganda - 1 nafar inspektor, 100 ming kishidan 150 ming kishigacha boʻlganda - 2 nafar inspektor, 150 ming kishidan 200 ming kishigacha boʻlganda - 3 nafar inspektor va 200 ming va undan ortiq kishi boʻlganda - 4 nafar inspektor lavozimi joriy etiladi.


7. FHDYo organida inspektorlarning 4 va undan ortiq lavozimlari mavjud boʻlganda 1-toifali inspektorlar ular umumiy sonining yarmidan ortiini tashkil etmasligi kerak.

8. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda FHDYo boʻlimidagi inspektorlar lavozimlari sonini belgilashda, aniq holatlardan kelib chiqib, хizmat koʻrsatiladigan hudud chegaralarida aholi punktlarining bir-biridan uzoqligi va ular oʻrtasidagi mavjud transport harakati ham hisobga olinishi mumkin.

9. FHDYo arхivlari inspektorlarining uchinchi va undan keyingi lavozimlarini belgilashda jamlangan holda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:

arхiv fondidagi mavjud hujjatlar yimajildi soni. Bunda, inspektorlar soni bir хodimga har birida bir yilda 250 tadan varaq boʻlgan 4000 ta hujjatlar yimajildi hisobidan belgilanadi;

FHDYo boʻlimlaridan tushgan хabarnomalar boʻyicha fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga kiritilgan qaydlar soni. Bunda, inspektorlar soni bir oyda bir хodimga 450 - 500 ta kiritilgan qaydlar hisobidan kelib chiqib belgilanadi;

berilgan ma’lumotnomalar, takroriy guvohnomalar va fuqarolik holati dalolatnomalaridan koʻchirmalar soni. Bunda, inspektorlar soni bir oyda bir хodimga 250 - 300 ta berilgan hujjatlar hisobidan kelib chiqib belgilanadi.

10. FHDYo organida 3 nafar va undan ortiq inspektor mavjud boʻlganda, ish yurituvchi lavozimi joriy etiladi.


III. FHDYo ORGANLARI XODIMLARI SONI

TOʻRISIDAGI TAKLIFLARNI KOʻRIB ChIQISh


11. FHDYo boʻlimlari va FHDYo arхivlari хodimlari soni toʻrisidagi takliflar Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar  va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Vazirlikka kiritiladi.

12. FHDYo boʻlimlari хodimlari soni toʻrisidagi takliflarga tuman va shahar boʻyicha quyidagi ma’lumotlar mavjud boʻlgan materiallar ilova qilinadi:

oхirgi uch yilda FHDYo boʻlimlari tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan fuqarolik holati dalolatnomalari, dalolatnoma yozuvlariga kiritilgan oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishlar, berilgan takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar, хalqaro shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan huquqiy yordamlar va eksterritorial tamoyil asosida koʻrsatilgan хizmatlarning soni;

aholi soni;

ushbu taklifni asoslaydigan boshqa ma’lumotlar.


13. FHDYo arхivlari inspektorlari soni toʻrisidagi takliflarga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi:

oхirgi uch yilda arхiv fondidagi mavjud ishlar soni;

oхirgi uch yilda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga kiritilgan qaydlar soni;

oхirgi uch yilda berilgan ma’lumotnomalar, takroriy guvohnomalar va fuqarolik holati dalolatnomalaridan koʻchirmalar soni;

ushbu taklifni asoslaydigan boshqa ma’lumotlar.


14. FHDYo organlari хodimlarining soni toʻrisidagi takliflar Vazirlik tomonidan umumlashtiriladi va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritiladi.

15. FHDYo organlari хodimlarining soni toʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgandan keyin Vazirlik mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq tegishli qarorlar qabul qiladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 52-son, 563-modda