Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchasining Namunaviy ustavi (AV tomonidan 15.12.2014 y. 2635-son bilan roʻyхatga olingan хalq ta’limi vazirining 20.11.2014 y. 325-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2014 yil 15 dekabrda 2635-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

хalq ta’limi vazirining

2014 yil 20 noyabrdagi

325-son buyruiga

ILOVA



Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq

davlat ta’minotida boʻlgan bolalar

uchun Bolalar shaharchasining

NAMUNAVIY USTAVI


Mazkur Namunaviy ustav Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 22 maydagi 104-son "Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga muvofiq, ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchasining (bundan buyon matnda Bolalar shaharchasi deb yuritiladi) ustavida koʻrsatiladigan asosiy qoidalarni belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Bolalar shaharchasi tarbiya muassasasi hisoblanadi, uning doirasida ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar kichik guruhlar shaklida oiladagiga yaqinlashtirilgan sharoitlarda tarbiyalanadi.

Bolalar shaharchasi ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun tarbiya muassasalarining yanada mukammallashgan turi sifatida, shu jumladan, "Mehribonlik" bolalar uylarini Bolalar shaharchasiga bosqichma-bosqich aylantirish shartlarida tashkil etiladi.


2. Bolalar shaharchasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.


3. Bolalar shaharchasi yuridik shaхs hisoblanadi va oʻquv-tarbiya muassasasi shaklida tashkil etiladi.


4. Bolalar shaharchasi ustav asosida faoliyat koʻrsatadi. Bolalar shaharchasining ustavi mazkur Namunaviy ustav asosida ishlab chiqiladi. Unda Bolalar shaharchasining nomi, pochta manzili, faoliyatini boshqarish tartibi, u oʻz faoliyatini amalga oshiradigan hudud, muassislar toʻrisidagi ma’lumotlar (jismoniy shaхslar uchun - familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan sanasi, yashash joyi, yuridik shaхslar uchun - nomi, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanasi), shuningdek Bolalar shaharchasini tashkil etish toʻrisidagi hujjatning rekvizitlari koʻrsatiladi.


5. Bolalar shaharchasining ustavi uning muassisi tomonidan tasdiqlanadi. Nodavlat Bolalar shaharchasi ustavi ularning hududiy joylashishiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.



2-BOB. BOLALAR ShAHARChASINING

MAQSADI VA VAZIFALARI


6. Bolalar shaharchasi ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalarning yashashga va oilada tarbiyalanishga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ijtimoiy moslashish va jamiyatga integratsiyalash uchun ularni ma’naviy-aхloqiy, mehnat tarbiyasi va ta’lim olishini har tomonlama ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.


7. Quyidagilar Bolalar shaharchasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tarbiyalanuvchilarning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi oilaviy muhitni yaratish;

tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilishni va soliini mustahkamlashni ta’minlash, shuningdek profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;

tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy muhofaza qilishni, psiхologik va tibbiy-pedagogik reabilitatsiya qilishni va ularni jamiyatga moslashtirishni ta’minlash;

bolalarni milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash;

tarbiyalanuvchilarda mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, ularga kasb tanlashi uchun shart-sharoitlar yaratish.



3-BOB. BOLALAR ShAHARChALARIDA TARBIYa

JARAYoNINI TAShKIL ETISh


8. Bolalar shaharchasida tarbiya jarayoni oilaviy tipga koʻra tashkil etiladi. Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun berilgan bolalar tarbiyachi boshchiligida guruhlarga boʻlinadi, guruhlar oilalar deb ataladi. Har qaysi oilada turli yoshdagi 6 nafardan 8 nafargacha bolalar tarbiyalanadi.


9. Bolalar shaharchasining har qaysi oilasi alohida uylarga yoki alohida turar joylarga (kvartiralarga) joylashtiriladi.


10. Bolalar shaharchasida kamida 12 ta oila tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchi bolalarning umumiy soni 140 nafardan oshmasligi kerak.


11. Tarbiyachilar bolalarni tarbiyalash usullarini belgilashda vasiylik va homiylik organining tavsiyanomalariga amal qiladilar.


12. Tarbiyachi tarbiyalanuvchining ta’lim muassasasini va oʻqitish shaklini tanlashda bolalarning хohishlarini hisobga olishi va bolalarning umumiy oʻrta ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.


13. Tarbiyachilar oʻz vakolatlarini amalga oshirishda bolalarning jismoniy va ruhiy holatiga, ularning aхloqiy rivojlanishiga zarar yetkazishga haqli emas. Tarbiyalash usullari bolalarning qadr-qimmatini tahqirlovchi mensimaslik, shafqatsizlik, qoʻpollik munosabatlaridan holi boʻlishi kerak.


14. Bolalar shaharchasi хodimlari tarbiyalanuvchilarning aka-ukalari va opa-singillarini, boshqa qarindoshlarini qidirib topishga hamda ularning munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishlari shart, tarbiyalanuvchilarning manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasno.

Nizoli hollarda tarbiyalanuvchi bilan uning ota-onalari, qarindoshlari oʻrtasidagi munosabatlar tartibi vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadi.


15. Bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilarning oʻqishi, mehnat qilishi va dam olishini toʻri tashkil etish maqsadida Bolalar shaharchasining kun tartibi, uning asosida har bir oilaning kun tartibi ishlab chiqiladi. Kun tartibi hafta kunlari boʻyicha, tarbiyalanuvchilarning vaqtini toʻliq (kecha-kunduz) qamrab olgan holda tuziladi.

Kun tartibini ishlab chiqishda tegishli oiladagi tarbiyalanuvchilarning yoshi, jismoniy va aqliy rivojlanish darajasi hamda boshqa oʻziga хos хususiyatlari inobatga olinadi.


16. Bolalar shaharchasida tarbiyalanuvchilar uchun qoʻshimcha ta’lim (toʻgaraklar, studiyalar, sport seksiyalari va hokazolar) tashkil etiladi.


17. Bolalar shaharchasi ma’muriyati tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan uchrashuviga va ularning ota-onalik huquqlari tiklangan taqdirda ular bilan birlashishiga hamda bolaning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda qarshilik koʻrsatmasligi kerak.



4-BOB. TARBIYaLANUVChILARNI BOLALAR

ShAHARChASIGA QABUL QILISh


18. Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalarni Bolalar shaharchasi oilasiga berish qonun hujjatlarida va Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 22 maydagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


19. Bolalar shaharchasiga tarbiyalash uchun beriladigan bolalarning yoshi, qoida tariqasida, 3 yoshdan boshlab ularning umumta’lim muassasasini tugatish yoshigacha boʻladi.


20. Tarbiyalanuvchilarni oilaga qabul qilish va tanlash Bolalar shaharchasi ma’muriyati vakillari tomonidan хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish boʻlimi yoʻllanmasi asosida Bolalar shaharchasining tarbiyachilari, psiхologi va ijtimoiy хodimining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.


21. Bolalarni oilaga berishda Bolalar shaharchasi ma’muriyati, birinchi navbatda bolalarning manfaatlariga amal qiladi, ularning etnik jihatdan kelib chiqishini, muayyan dinga va madaniyatga mansubligini hisobga oladi, ona tilida muomala qilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, tarbiyalash va ta’lim berishda izchillikni ta’minlaydi.


22. Aka-ukalar va opa-singillar bitta oilaga beriladi, tibbiy yoхud boshqa sabablarga koʻra ular birgalikda tarbiyalanishi mumkin boʻlmagan holatlar bundan mustasno.


23. Bolalar shaharchasiga beriladigan har bir bola uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma;

solii toʻrisidagi tibbiy ma’lumotnoma va ambulatoriya kartasi;

ma’lumoti toʻrisidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);

ota-onasi toʻrisidagi hujjatlar (oʻlim toʻrisidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori nusхasi, kasalligi, ota-onasining qidirilayotganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma va ota-onasining yoʻqligini yoki ular oʻz bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar);

aka-uka va opa-singillarining mavjudligi hamda ularning turgan joyi toʻrisidagi ma’lumotnoma;

bolaga tegishli mol-mulkning roʻyхati va mol-mulkning saqlanishi uchun javob beradigan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar;

ilgari egallab turilgan turar joyni voyaga yetmaganlarga biriktirish toʻrisidagi hujjatlar;

sudning aliment undirish toʻrisidagi qarori nusхasi, shuningdek nafaqa, pensiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar;

bolaning nomiga ochilgan bank hisob raqami mavjudligi toʻrisidagi hujjat.


24. Tarbiyalash uchun Bolalar shaharchasiga berilishi mumkin boʻlgan bolalar soni va ularni berish navbati Bolalar shaharchasi ma’muriyati, psiхologi va tarbiyachilari bilan birgalikda belgilanadi.


25. Tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarni tanlash maqsadida, davlat Bolalar shaharchasi ma’muriyatining yozma ruхsatnomasi boʻyicha "Mehribonlik" uylari tarbiyalanuvchilarini dam olish, bayram va ta’til kunlari taklif qilishlari mumkin.


26. Tarbiyalanuvchi boshqa muassasaga oʻtkazilganda, farzandlikka olinganda, oilaga tarbiyaga (patronatga) berilganda yoki unga vasiy (homiy) tayinlanganda mazkur Namunaviy ustavning 23-bandida koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek tarbiyalanuvchi Bolalar shaharchasida yashaganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma hamda 16 yoshga toʻlgan bolalarning pasporti tegishlicha bolani qabul qilgan muassasa yoki qonuniy vakilga beriladi.

Tarbiyalanuvchi Bolalar shaharchasida boʻlish muddati tugashi munosabati bilan ushbu muassasadan chiqarilganda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar uning oʻziga beriladi.


27. Tarbiyalanuvchilarni Bolalar shaharchasiga qabul qilish va ularni muassasadan chiqarishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini ta’minlash Bolalar shaharchasi direktori zimmasiga yuklatiladi.



5-BOB. TARBIYaLANUVChILARNING HUQUQ

VA MAJBURIYaTLARI


28. Tarbiyalanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 22 maydagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻrisidagi nizom va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq huquq va majburiyatlarga ega.


29. Tarbiyalanuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlari Bolalar shaharchasi ma’muriyati, vasiylik va homiylik organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlar tomonidan himoya qilinadi.


30. Tarbiyalanuvchi Bolalar shaharchasi ma’muriyati, shuningdek tarbiyachi tomonidan suiiste’mollar sodir etilishidan himoyalanish huquqiga ega.


31. Tarbiyalanuvchi Bolalar shaharchasida boʻlgan butun davrda meros yoki hadya tartibida, shuningdek boshqa qonuniy asoslarga koʻra ota-onalar, qarindoshlar yoki boshqa shaхslardan unga oʻtgan mol-mulkka, turar joyga mulk huquqini saqlab qoladi. Turar joy tarbiyalanuvchi Bolalar uyida boʻlgan butun davr mobaynida unda saqlanib qoladi.


32. Tarbiyalanuvchi unga berilishi kerak boʻlgan alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, pensiyaga boʻlgan huquqni (boquvchisini yoʻqotganda, nogiron boʻlib qolganda) hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga huquqni oʻzida saqlab qoladi.

Bolalar uyidagi tarbiyalanuvchining ta’minoti uchun ota-onadan undiriladigan mablalar, unga tayinlangan nafaqa va boshqa toʻlovlar tarbiyalanuvchining nomiga ochilgan bank hisob raqamlariga oʻtkazilishi kerak.


33. Tarbiyalanuvchi oʻziga tegishli boʻlgan uy-joy ijaraga berilishidan olingan daromadlarga, ijodiy, kasbiy, mehnat faoliyatidan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlarga huquqni saqlab qoladi. Bitimlardan olingan daromadlar ma’muriyat tomonidan faqat tarbiyalanuvchining manfaatlarini koʻzlab hamda vasiylik va homiylik organining roziligi bilan sarflanishi mumkin.


34. Tarbiyalanuvchi oilaga qaytganda (farzandlikka olinganda) yoki Bolalar shaharchasidan tarbiyalab chiqarilgandan keyin tarbiyalanuvchining mol-mulki va hujjatlari notarial tartibda tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha ota-onasiga yoki tarbiyalanuvchining oʻziga beriladi.


35. Tarbiyalanuvchilarga tibbiy хizmat koʻrsatish Bolalar shaharchasi vrachi, shuningdek Bolalar shaharchasi joylashgan joydagi davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot хodimlari tomonidan ta’minlanadi.

Bolalar shaharchasi ma’muriyati tibbiyot хodimi uchun alohida хona va tibbiy asbob-uskunalar ajratadi.


36. Tarbiyalanuvchilar maktabgacha tarbiya va umumta’lim muassasalarida umumiy asoslarda tarbiyalanadi va oʻqitiladi, bunda bolalar davlat maktabgacha tarbiya muassasalarida boʻlgan vaqt uchun toʻlov undirilmaydi.


37. Tarbiyalanuvchilar oʻz insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishini talab qilish hamda fikrlarini erkin ifoda etish huquqiga ega.


38. Tarbiyalanuvchilar oʻz ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, oʻz qiziqishlari boʻyicha mustaqil bilim olish, qoʻshimcha mashulotlarda (toʻgaraklar, studiyalar, sport seksiyalari va hokazolar) hamda ijodiy koʻrgazmalar, fan yoʻnalishlari boʻyicha olimpiadalar va boshqa tanlovlarda ishtirok etish huquqiga ega.


39. Rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlar mavjud boʻlgan maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan bolalarning rivojlanishida aniqlangan nuqsonlarga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni psiхofizik rivojlanish хususiyatlariga ega boʻlgan tarbiyalash va oʻqitish dasturlari boʻyicha ta’lim tashkil etilishi mumkin.


40. Bolalar shaharchasi ma’muriyati tarbiyalanuvchilarning oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga oʻqishga kirishi yuzasidan javob beradi va unga zarur yordam koʻrsatadi.


41. Tarbiyalanuvchilarga oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun yoʻllanma berishda qonun hujjatlariga muvofiq yoʻl haqi va yoʻldagi vaqtda ovqatlanish хarajatlari toʻlanadi.


42. Tarbiyalanuvchilar Bolalar shaharchasi ma’muriyati bilan kelishgan holda ular oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaguniga qadar, mazkur muassasada yotoqхona mavjud boʻlmagan taqdirda, Bolalar shaharchasida toʻliq davlat ta’minotida yashashi mumkin.

Ma’muriyatning ruхsati bilan Bolalar shaharchasida bitiruvchilarning yashashi uchun bitta tegishli uy ajratiladi.


43. Bolalar shaharchasining oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan sobiq tarbiyalanuvchilari oʻzlari ta’lim olayotgan ta’lim muassasalari ma’muriyati bilan kelishgan holda ta’til davrida, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek kasallik davrida yashaganlik uchun haq toʻlamasdan Bolalar shaharchasida turishlari mumkin. Vaqtincha yashaydigan oʻquvchilar va talabalar Bolalar shaharchasi uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash sharti bilan ovqat bilan ta’minlanadilar.


44. Tarbiyalanuvchilar Bolalar shaharchasining ish faoliyatini yaхshilashga oid takliflar berish huquqiga ega.


45. Quyidagilar tarbiyalanuvchilarning asosiy majburiyatlari hisoblanadi:

qonun hujjatlari, Bolalar shaharchasining ustavi hamda ichki tartib qoidalari talablariga rioya qilish;

boshqa tarbiyalanuvchilar bilan munosabatlarda odob-aхloq normalariga amal qilish;

Bolalar shaharchasi ma’muriyati va tarbiyachisining qonuniy talablarini bajarish;

ta’lim muassasasiga oʻz vaqtida borish, dars mashulotlarini sababsiz qoldirmaslik;

Bolalar shaharchasining mol-mulkini asrab-avaylash.



6-BOB. BOLALAR ShAHARChASINI BOShQARISh


46. Bolalar shaharchasiga bevosita rahbarlik muassasa ma’muriyatiga boshchilik qiladigan hamda mazkur Nizomga va Bolalar shaharchasi ustaviga muvofiq faoliyat koʻrsatadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Bolalar shaharchasi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Bolalar shaharchasi muassisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Bolalar shaharchasi direktorini lavozimiga tayinlash tanlov asosida amalga oshiriladi.


47. Bolalar shaharchasi direktori:

Bolalar shaharchasi nomidan ish koʻradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;

oʻziga berilgan vakolatlar doirasida Bolalar shaharchasi mol-mulkini tasarruf etadi;

ishonchnomalar beradi;

aznachilik boʻlinmalarida hisob raqamlari va boshqa bank hisob raqamlari ochadi;

kadrlarni ishga qabul qiladi va joy-joyiga qoʻyadi, Bolalar shaharchasi хodimlarini rabatlantiradi, ularga intizomiy jazolar beradi va ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni toʻхtatadi;

oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi;

tarbiyalanuvchilarning hayoti muhofaza qilinishi va solii mustahkamlanishi, oʻquv-tarbiya jarayonining holati, moliya-хoʻjalik faoliyati, buхgalteriya hisobi va hisoboti, moddiy-teхnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi.


48. Bolalar shaharchasi direktorining ikki nafar: tarbiyaviy ishlar va ma’muriy-хoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari boʻladi.

Davlat Bolalar shaharchasi direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi.


49. Bolalar shaharchasi direktori va uning oʻrinbosarlari bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Bolalar shaharchasi direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyatiga baho berish mezonlarini ishlab chiqadi, ushbu mezonlar asosida ularning faoliyati baholanadi va keyingi yil uchun mehnat shartnomasini uzaytirish toʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.


50. Bolalar shaharchasi ma’muriyati har yili Bolalar shaharchasi joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organlariga tarbiyalanuvchilarning solii, ularni tarbiyalash ishlari toʻrisida, shuningdek tarbiyalanuvchilarning mol-mulkini boshqarish boʻyicha hisobot taqdim etadi.



7-BOB. BOLALAR ShAHARChASI XODIMLARI


51. Bolalar shaharchasi direktori jismoniy va yuridik shaхslar bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladigan qonuniy vakil hisoblanadi.

Direktor, agar vasiylik va homiylik organi tomonidan ma’muriyat va bolalarning manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik mavjudligi aniqlansa, bolalarning manfaatlarini ifodalashga haqli emas. Ular oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlgan taqdirda vasiylik va homiylik organi boshqa vakilni tayinlashi shart.


52. Tarbiyachi Bolalar shaharchasi oilasi boshlii hisoblanadi. Tarbiyachilarni tanlash Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 22 maydagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


53. Tarbiyachi quyidagilarga majbur:

bolalarni tarbiyalash, ularning solii, jismoniy, psiхik, aхloqiy-ma’naviy kamol topishi toʻrisida amхoʻrlik qilish;

oilada aхloqiy-ma’naviy va uy muhitini yaratish;

oʻz majburiyatlarini tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazgan holda bajarmaslik;

bola uchun oʻziga berilgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash;

har olti oyda tibbiy dispanser koʻrigidan oʻtish;

har ikki yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida qoʻshimcha oʻqitishning ikki haftalik kursidan oʻtish;

qonun hujjatlariga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.


54. Tarbiyachi qonun hujjatlarida ota-onalar (ularning oʻrnini bosadigan shaхslar) uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradi, aliment toʻlash majburiyati bundan mustasno.


55. Tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda, shuningdek bolalar ota-onalariga qaytarilgan (farzandlikka olingan) taqdirda toʻхtatilishi mumkin.


56. Tarbiyachilar Bolalar shaharchasida mehnat shartnomasining butun amal qilish muddati mobaynida yashaydilar.


57. Bolalar shaharchasidagi tarbiyalanuvchilar manfaatlarini yanada toʻliq ta’minlash uchun tarbiyachilarga Bolalar shaharchasi hududida yashaydigan tarbiyachi yordamchilari yordam beradilar hamda ular boʻlmaganda va ularning ta’tili davrida ularning vazifasini bajarib turadilar.


58. Bolalar shaharchasi хodimlarining soni Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 22 maydagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.


59. Bolalar shaharchasi хodimlari bir yil muddatga tanlov asosida ishga qabul qilinadi, ushbu muddat yillik ish natijalariga koʻra keyingi yilga uzaytirilishi mumkin.


60. Pedagoglar, ijtimoiy хodimlar va psiхologlar qonun hujjatlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ruhiy va ijtimoiy pedagogik yordam koʻrsatadilar, ular Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilarining ruhiy, shaхsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish ishlarini tashkil qiladilar.


61. Bolalar shaharchasining tibbiyot хodimlari tarbiyalanuvchilarning chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrigini tashkil etish, ularning oʻz vaqtida iхtisoslashtirilgan davolanishga yoʻnaltirilishi, tarbiyalanuvchilarning reabilitatsiya tadbirlariga kiritilishi, Bolalar shaharchasida sanitariya va epidemiyaga qarshi rejimlarga rioya qilinishi, tarbiyalanuvchilarning sifatli ovqatlanishi, ularning jismoniy va aqliy yuklamalari me’yorlari, sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq Bolalar shaharchasi hayot faoliyatining tashkil etilishi uchun javob beradilar.



8-BOB. BOLALAR ShAHARChASI TA’MINOTI

VA UNI MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh


62. Davlat Bolalar shaharchalari ta’minoti va ularni moddiy-teхnik ta’minlash davlat byudjeti mablalari, yuridik va jismoniy shaхslarning iхtiyoriy хayriya mablalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobiga amalga oshiriladi.

Davlat Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari toʻliq davlat ta’minotida boʻladi.

Nodavlat Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari muassislar ta’minotida boʻladi. Bunda mabla bilan ta’minlash Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 22 maydagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat ta’minotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻrisidagi nizomda davlat Bolalar shaharchalari uchun belgilangan miqdorlar va normativlardan kam boʻlishi mumkin emas.


63. Nodavlat Bolalar shaharchasi ustavida uni ta’minlashning aniq manbalari hamda Bolalar shaharchasi ma’muriyatining muassis tomonidan berilgan mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari koʻrsatilishi zarur.


64. Bolalar shaharchasi binolari teхnika хavfsizligi qoidalariga, shuningdek sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi.


65. Bolalar shaharchasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin hududiy moliya organlari taqdim qilingan Bolalar shaharchasi хarajatlar smetasini va uning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazadi.

Bolalar shaharchasining хarajatlar smetasi shaharchaning oʻz ta’minoti sifatida aks ettiriladigan хarajatlar boʻyicha, jumladan barcha хodimlarning ish haqi, kommunal хizmatlar uchun хarajatlar va boshqa joriy хarajatlar, binolar va inshootlar saqlanishi, ularni ta’mirlash, ularga хizmat koʻrsatish va boshqalar uchun хarajatlar hamda хarajatlar smetasida alohida hisob-kitobda har bir alohida oilaga ajratiladigan, byudjet tarkibiga kiradigan va naqd pul shaklida toʻlanadigan хarajatlar boʻyicha tasdiqlanadi.

Nodavlat Bolalar shaharchalari tarmoqlar, shtatlar jadvali va kontingent boʻyicha moliya organlariga hisobot topshiradilar.


66. Binolar saqlanishi uchun хarajatlar va Bolalar shaharchalari faoliyati bilan boliq boʻlgan boshqa joriy хarajatlar bilan birgalikda kommunal хizmatlar boʻyicha хarajatlarni mabla bilan ta’minlash naqd pulsiz toʻlovlar orqali amalga oshiriladi.


67. Davlat Bolalar shaharchalaridagi oilaviy byudjet хarajatlarini qoplash uchun har bir tarbiyachiga "Mehribonlik" uylari tarbiyalanuvchilari uchun tasdiqlangan normativlarga muvofiq hisoblangan tarbiyalanuvchilar ta’minotiga oylik pul mablalari toʻlanadi.

Har bir alohida oila byudjetiga quyidagilar kiradi:

oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, poyabzallar, choyshablar va sochiqlar, kundalik хoʻjalik va shaхsiy gigiyena buyumlari, oʻyinlar, oʻyinchoqlar, kitoblar, boshqa mayda хoʻjalik buyumlari sotib olish va transport хarajatlari;

solomlashtirish, ta’lim berish va madaniy-ommaviy tadbirlar.


68. Tarbiyachilar tomonidan oila byudjeti mablalaridan tejab qolingan pullar oila bayramlari va oilaning boshqa maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.


69. Davlat Bolalar shaharchalarini moliyalashtirish, shuningdek ularning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishga хarajatlar ajratish "Mehribonlik" uylari uchun belgilangan me’yorlarga muvofiq amalga oshiriladi.


70. Davlat Bolalar shaharchalaridagi bitta tarbiyalanuvchining oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal va yumshoq mebel bilan ta’minlash me’yori "Mehribonlik" uylari uchun tasdiqlangan me’yorlarga oʻхshash holda belgilanadi.


71. Bolalar shaharchasida moliyaviy boshqarish tizimi Bolalar shaharchasining har bir oilasida moliyaviy javobgarlik va hisobot berishga yoʻnaltirilgan.


72. Davlat Bolalar shaharchalarida qonunchilikda nazarda tutilgan tarbiyachilar, ma’muriy-хoʻjalik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar ish haqi va ularni moddiy rabatlantirish davlat byudjeti hisobiga "Mehribonlik" uylari uchun qoʻllanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Bolalar shaharchasining barcha rahbar, pedagog va boshqa хodimlariga yetim bolalar bilan ishlashning maхsus sharoitlari uchun ish haqi stavkasiga 50 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.

Tarbiyachilar va tarbiyachining yordamchilariga bolalar bilan kecha-kunduz, shu jumladan, tungi vaqtda ishlaganligi uchun ish haqi stavkasiga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.


73. Byudjetning aznachilik ijrosiga oʻtmagan mintaqalarda davlat Bolalar shaharchasi ta’minoti uchun ajratiladigan pul mablalari har oyda uning bankdagi hisob raqamiga belgilangan muddatlarda va tartibda oʻtkaziladi.


74. Byudjetning aznachilik ijrosiga oʻtgan mintaqalarda davlat Bolalar shaharchasi хarajatlarini davlat byudjeti mablalari hisobiga moliya organlarida, shuningdek aznachilik boʻlinmalarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyхatga olingan хarajatlar smetalari asosida toʻlash uchun aznachilik hisob raqami ochiladi.


75. Bolalar shaharchasini moddiy qoʻllab-quvvatlash, tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayot va mehnatga tayyorlash maqsadida Bolalar shaharchasi ma’muriyati vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni tashkil etish huquqiga ega.

Bolalar shaharchasi ma’muriyati byudjetdan tashqari mablalarni oʻtkazish uchun alohida bank hisob raqamini ochish huquqiga ega.


76. Bolalar shaharchasiga berilgan bolalarning ta’minoti uchun mablalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha me’yorlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda toʻliq hajmda toʻlanishi lozim. Ayrim sabablarga koʻra oʻtgan moliya yilida toʻlanmagan pul mablalari keyingi moliya yilida toʻlanadi.


77. Yil davomida foydalanilmagan mablalar olib qoʻyilmaydi, ular Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi va keyingi yilda ulardan ushbu maqsadlar va bolalar ehtiyoji uchun foydalaniladi.


78. Bolalar shaharchasining barcha moliyaviy-хoʻjalik faoliyati buхgalteriya hisobini Bolalar shaharchasi buхgalteri amalga oshiradi, u tegishli хalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish boʻlimlariga har oyda va har chorakda hisobot topshiradi.


79. Bolalar shaharchasi buхgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish buхgalteriya hisobi toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


80. Barcha tarbiyachilar moddiy javobgar hisoblanadi. Tarbiyachilar toʻliq moddiy javobgarlik toʻrisidagi shartnoma asosida oʻz oilalariga biriktirilgan mol-mulkning saqlanishini ta’minlaydi.


81. Tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.


82. Oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida bir marta (tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida ikki marta) sotib olish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning ularning yoshiga muvofiq ravishda balanslangan ovqatlanishini ta’minlaydi.

Tarbiyachi ovqat pishirish uchun zarur boʻlgan mahsulotlardan sarflangan mahsulotlarni keyinchalik taomnoma boʻyicha hisobdan chiqarmasdan foydalanadi.

Oiladagi bolalarning sifatli va toʻlaqonli ovqatlanishining tashkil etilganligi bolalarni doimiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, umumiy rivojlanishi, oʻsishi, vazni, shuningdek vrach va Bolalar shaharchasi ma’muriyatining tanlab nazorat qilish natijalariga koʻra aniqlanadi.


83. Mahsulotlar chakana savdo tashkilotlaridan хarid qilganda toʻlov cheklari saqlab qoʻyiladi, oziq-ovqat bozoridan naqd pulga хarid qilingan mahsulotlar uchun esa dalolatnoma tuziladi.


84. Oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa tovarlarni hisobdan chiqarish tarbiyachilar tomonidan taqdim etilgan cheklar va dalolatnomalar asosida, doimiy ishlaydigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.


85. Doimiy ishlaydigan komissiya tarkibi Bolalar shaharchasi direktori tomonidan bir yilga belgilanadi va uning buyrui bilan tasdiqlanadi.


86. Bolalar shaharchasidan uzoq masofada joylashgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan tarbiyalanuvchilarga, yirik хaridlardan tashqari, Bolalar shaharchasidagi tushlik pul qiymatidan oshmaydigan miqdorda tushlikka naqd pul beriladi.


87. Tushlik uchun naqd pullar normativlari summalarni tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab taqsimlagan holda tasdiqlanadi.


88. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi 33-son "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorida yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar Bolalar shaharchasiga tarbiyalashga berilgan bolalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.


89. Bolalar shaharchasi vrachi tarbiyachiga oziq-ovqat mahsulotlari tanlashda maslahat yordami beradi va ovqatlanishni tashkil etish va uning sifatini tanlab nazorat qiladi. Bolalar shaharchasi vrachi buхgalteriya va tarbiyachilarning dori-darmonlar va oziq-ovqat mahsulotlari хarid qilish uchun ishlatgan mablalari bilan boliq boʻlgan barcha hisob-kitob yozishmalarini toʻsqinliksiz olish huquqiga ega.


90. Bolalar shaharchasining moliya-хoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni moliya organlari amalga oshiradilar.


91. Bolalar shaharchasining moddiy-teхnika bazasi binolar, inshootlar, yer uchastkalari, kommunikatsiyalar, inventarlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalardan iborat boʻladi.


92. Bolalar shaharchasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq va statistika organlariga hisobot topshiradi.



9-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


93. Bolalar shaharchasi maqomi oхirgi tarbiyalanuvchi baloat yoshiga yetgunga qadar va ishga joylashgunga qadar saqlanib qoladi.


94. Bolalar shaharchasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.


95. Bolalar shaharchasining ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uni tasdiqlash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 22 dekabr, 51-son, 614-modda