Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 18.09.2007 y. "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYaSINING

QARORI

18.09.2007 y.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

SAYLOVI BOʻYIChA SAYLOV KAMPANIYaSI

BOShLANIShINI E’LON QILISh

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi belgilanganligini inobatga olib, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi QAROR QILADI:


1. Joriy yilning dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasi - 2007 yil 23 dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi 2007 yilning 21 sentyabridan boshlanishi e’lon qilinsin.


3. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari va muddatlari haqidagi aхborotni saylovchilar, siyosiy partiyalarga belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasining Aхborotnomasi va boshqa ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish yoʻli bilan yetkazish ta’minlansin.


4. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi Raisi                                    M. Abdusalomov