Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 26.12.2014 y. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYaSINING

QARORI

26.12.2014 y.




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI SAYLOVI BOʻYIChA SAYLOV

KAMPANIYaSI BOShLANIShINI E’LON

QILISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga hamda "Davlat hokimiyati vakillik organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 2-moddasiga va "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi QAROR QILADI:


1. 2015 yil 29 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi 2014 yilning 26 dekabridan boshlanishi e’lon qilinsin.


3. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari va muddatlari haqidagi aхborotni saylovchilar, siyosiy partiyalarga belgilangan tartibda "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Aхborotnomasi" va boshqa ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish yoʻli bilan yetkazish ta’minlansin.


4. Mazkur qaror ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinsin.



Markaziy saylov komissiyasi Raisi                                    M. Abdusalomov



"Xalq soʻzi", 2014 yil 27 dekabr