Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 29.12.2004 y. 237-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha ayrim okruglarda takroriy ovoz berishni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYaSINING

QARORI

29.12.2004 y.

N 237



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI

QONUNChILIK PALATASI DEPUTATLARI SAYLOVI

BOʻYIChA AYRIM OKRUGLARDA TAKRORIY OVOZ

BERIShNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA



2004 yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov boʻlib oʻtdi. "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga toʻla muvofiq ravishda oshkoralik va ochiqlik ruhida boʻlib oʻtgan saylovda 12 million 197 mingdan ziyod kishi yoki saylovchilarning 85,1 foizi qatnashdi. 94 okrugda yoki okruglar umumiy sonining 78 foizida bitta deputatlik oʻringa 4-6 nomzod qoʻyilgan edi.

Okrug saylov komissiyalarining 2004 yil 26 dekabrda oʻtkazilgan saylov natijalari boʻyicha bayonnomalarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish natijalari boʻyicha 58 ta saylov okrugida nomzodlardan birontasi ham saylanish uchun zarur boʻlgan ovozlar sonini toʻplamaganligini aniqladi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasiga, shuningdek "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 58 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish 1-ilovaga muvofiq 2005 yil 9 yanvarda oʻtkazilsin.

Belgilab qoʻyilsinki,

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 45-moddasi birinchi qismiga muvofiq takroriy ovoz berish asosiy saylov davrida saylovchilarning eng koʻp ovozlarini olgan ikki nafar nomzod boʻyicha oʻtkaziladi;

takroriy ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tashkil etilgan saylov uchastkalarida saylovchilarning oʻsha roʻyхatlari boʻyicha va "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq oʻtkaziladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha takroriy ovoz berishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan tadbirlar dasturi* tasdiqlansin.


3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi tegishli okrug saylov komissiyalari takroriy ovoz berishni "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat’iy amal qilgan holda oʻtkazishni ta’minlasinlar.


4. Mazkur qaror ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinsin.



Markaziy saylov komissiyasi raisi                         B. Mustafoyev





Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining

2004 yil 29 dekabrdagi

237-son qaroriga

1-ILOVA


TOShKENT ShAHRI

SIRDARYo VILOYaTI

3-Temiryoʻl saylov okrugi

61-Sayхun saylov okrugi

5-Qoʻyliq saylov okrugi

62-Yangiyer saylov okrugi

7-Doʻmbirobod saylov okrugi

SURXONDARYo VILOYaTI

8-Hadra saylov okrugi

63-Sherobod saylov okrugi

10-Astrobod saylov okrugi

64-Angor saylov okrugi

11-Toʻqimachi saylov okrugi

65-Termiz saylov okrugi

ANDIJON VILOYaTI

66-Jarqoʻron saylov okrugi

14-Baliqchi saylov okrugi

67-Qumqoʻron saylov okrugi

16-Asaka saylov okrugi

68-Shoʻrchi saylov okrugi

18-Buloqboshi saylov okrugi

TOShKENT VILOYaTI

19-Jalolquduq saylov okrugi

71-Angren saylov okrugi

20-Qoʻrontepa saylov okrugi

73-Boʻka saylov okrugi

21-Izboskan saylov okrugi

75-Zangiota saylov okrugi

BUXORO VILOYaTI

77-Parkent saylov okrugi

26-Varaхsho saylov okrugi

78-Toʻytepa saylov okrugi

JIZZAX VILOYaTI

79-Chinoz saylov okrugi

31-Doʻstlik saylov okrugi

80-Chirchiq saylov okrugi

NAVOIY VILOYaTI

FARONA VILOYaTI

34-Navoiy saylov okrugi

83-Beshariq saylov okrugi

35-Qiziltepa saylov okrugi

84-Danara saylov okrugi

37-Xatirchi saylov okrugi

85-Yaypan saylov okrugi

NAMANGAN VILOYaTI

86-Qqon saylov okrugi

38-Pop saylov okrugi

89-Rishton saylov okrugi

39-Chust saylov okrugi

91-Oхunboboyev saylov okrugi

42-Yangiqoʻron saylov okrugi

93-Farona saylov okrugi

43-Uychi saylov okrugi

94-Vodil saylov okrugi

SAMARQAND VILOYaTI

95-Toshloq saylov okrugi

48-Sudiyona saylov okrugi

QAShQADARYo VILOYaTI

49-Bulunur saylov okrugi

104-Qarshi saylov okrugi

50-Ishtiхon saylov okrugi

106-Qamashi saylov okrugi

52-Qoradaryo saylov okrugi

110-Kitob saylov okrugi

53-Narpay saylov okrugi

QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI

54-Oqdaryo saylov okrugi

114-Nukus saylov okrugi

55-Pastdarom saylov okrugi

118-Xoʻjayli saylov okrugi


119-Chimboy saylov okrugi


*) Dastur berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 52-son, 525-modda.