Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 05.04.2002 y. 357-II-son "Davlat hokimiyati vakillik organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi muddatlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

05.04.2002 y.

N 357-II



DAVLAT HOKIMIYaTI VAKILLIK

ORGANLARINING HAMDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

NAVBATDAGI SAYLOVI MUDDATLARI

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


2002 yilning 27 yanvarida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Referendumining qarorlariga va 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonunning 3-moddasiga muvofiq navbatdagi saylovlarni oʻtkazishning quyidagi muddatlari belgilansin:


1. Davlat hokimiyati vakillik organlariga 2004 yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2007 yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                         E. Xalilov



"Xalq soʻzi", 2002 yil 13 aprel