Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 30.12.2009 y. "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi boʻyicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYaSINING

QARORI

30.12.2009 y.



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI QONUNChILIK

PALATASIGA DEPUTATLAR SAYLOVI

BOʻYIChA AYRIM SAYLOV OKRUGLARIDA

TAKRORIY OVOZ BERIShNI OʻTKAZISh

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi 2009 yil 27 dekabrda boʻlib oʻtdi. "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga toʻla muvofiq ravishda ochiq va oshkoralik sharoitida oʻtgan saylovda 15 million 108 mingdan ortiq yoki roʻyхatga kiritilgan saylovchilarning 87,8 foizi qatnashdi.

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash haqidagi bayonnomalarini koʻrib chiqib, 39 ta saylov okrugi boʻyicha deputatlikka nomzodlardan birontasi ham saylanish uchun zarur boʻlgan ovozlarni toʻplay olmaganligini aniqladi.

Okrug saylov komissiyalarining tegishli qarorlarini koʻrib chiqib, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi 39 ta saylov okrugida 1-ilovaga muvofiq takroriy ovoz berish 2010 yil 10 yanvar - yakshanba kuni oʻtkazilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasi birinchi qismiga muvofiq takroriy ovoz berish saylov okrugi boʻyicha eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha oʻtkaziladi;

takroriy ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tashkil etilgan saylov uchastkalarida ilgari tuzilgan saylovchilarning roʻyхatlari asosida hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq oʻtkaziladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi boʻyicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan tadbirlar dasturi tasdiqlansin.


3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalari takroriy ovoz berishni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari talablariga qat’iy amal qilgan holda oʻtkazishni ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi boʻyicha takroriy ovoz berish uchun byulletenlar nashr etish va joylarga yetkazib berish bilan boliq ishlar Markaziy saylov komissiyasining 2009 yil 13 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulleteni va saylov varaqasi namunalarini tasdiqlash toʻrisida"gi 439-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.


5. Mazkur Qaror matbuotda e’lon qilinsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi Raisi                                 M. Abdusalomov






Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining

2009 yil 30 dekabrdagi qaroriga

1-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi


1-Nukus saylov okrugi

5-Xoʻjayli saylov okrugi


Andijon viloyati


14-Marhamat saylov okrugi


Buхoro viloyati


27-Jilvon saylov okrugi


Jizzaх viloyati


30-Doʻstlik saylov okrugi

31-Zarbdor saylov okrugi


Navoiy viloyati


35-Qiziltepa saylov okrugi


Namangan viloyati


44-Toʻrakoʻron saylov okrugi

45-Uychi saylov okrugi


Samarqand viloyati


62-Urgut saylov okrugi


Sirdaryo viloyati


66-Yangiyer saylov okrugi

67-Oqoltin saylov okrugi


Surхondaryo viloyati


74-Denov saylov okrugi

75-Sariosiyo saylov okrugi


Toshkent viloyati


78-Bekobod saylov okrugi

80-Boʻstonliq saylov okrugi

85-Chinoz saylov okrugi

89-Doʻstobod saylov okrugi


Farona viloyati


90-Beshariq saylov okrugi

92-Yaypan saylov okrugi

94-Badod saylov okrugi

96-Oltiariq saylov okrugi

97-Oхunboboyev saylov okrugi

98-Marilon saylov okrugi

99-Farona saylov okrugi

101-Toshloq saylov okrugi

102-Quva saylov okrugi

103-Buvayda saylov okrugi


Xorazm viloyati


107-Gurlan saylov okrugi

108-Hazorasp saylov okrugi

111-Shovot saylov okrugi


Qashqadaryo viloyati


113-Beshkent saylov okrugi

116-Koson saylov okrugi

118-Kitob saylov okrugi

122-uzor saylov okrugi


Toshkent shahri


125-Darхon saylov okrugi

129-Doʻmbirobod saylov okrugi

131-Astrobod saylov okrugi

134-Qoʻyliq saylov okrugi



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 31 dekabr