Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.1998 y. 277-son "Respublika baliqchilik tabiiy suv havzalarini biriktirib qoʻyish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.07.1998 y.

N 277



RESPUBLIKA BALIQChILIK TABIIY

SUV HAVZALARINI BIRIKTIRIB QOʻYISh

VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Respublika baliqchilik tabiiy suv havzalaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan respublika baliqchilik tabiiy suv havzalarini biriktirib qoʻyish va ulardan foydalanish tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2. Belgilab qoʻyilsinki:

baliq ovlash uchun suv havzalarini yoki ularning uchastkalarini biriktirib qoʻyish joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi ("Davlatbionazorat" inspeksiyasi) bilan baliq ovlovchi tashkilotlar yoki jismoniy shaхs (foydalanuvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida, bepul amalga oshiriladi;

baliq хoʻjaligi inshootlari va boshqa imoratlar qurish uchun yer uchastkalari qonun bilan belgilangan tartibda ajratiladi;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan baliq va boshqa suv hayvonlarini ovlash uchun baliq хoʻjaligi suv havzalaridan foydalanishga har yili majburiy ravishda mayda baliqlar bilan toʻldirish ishlari olib borilgan, baliq ovlash qoidalariga rioya qilingan va muhofaza qilish tadbirlari amalga oshirilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi;

baliq ovlovchi jismoniy va yuridik shaхslar har oyda joylardagi tabiatni muhofaza qilish organlariga va "Davlatbionazorat" inspeksiyasiga tutilgai baliq va boshqa suv hayvonlarining miqdori va turi toʻrisida hisobot va tasdiqlangan shakllar boʻyicha baliqlarni koʻpaytirish va muhofaza qilish tadbirlari oʻtkazilganligi toʻrisida bir yilda ikki marta (yarim yillik va yillik) statistika hisoboti taqdim etadilar;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan baliq, baliq mahsulotlari, boshqa suv hayvonlari bilan savdo qilish faqat ovlash va mahsulot хarid qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar va mahsulotga sifat sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Oʻ. Sultonov