Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.1994 y. 382-son "Oʻzbekkabel" ishlab chiqarish birlashmasida boshqaruvni takomillashtirish va uni "Oʻzkabel" davlat-aksionerlik birlashmasiga aylantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.07.1994 y.

N 382



"OʻZBEKKABEL" IShLAB

ChIQARISh BIRLAShMASIDA BOShQARUVNI

TAKOMILLAShTIRISh VA UNI "OʻZKABEL"

DAVLAT-AKSIONERLIK BIRLAShMASIGA

AYLANTIRISh BORASIDAGI ChORA-

TADBIRLAR TOʻRISIDA


"Oʻzbekkabel" ishlab chiqarish birlashmasidagi ishlarning ahvolini har tomonlama oʻrganish yakunlari shuni koʻrsatadiki, birlashmani yagona ishlab chiqarish-хoʻjalik majmui sifatida boshqarish tizimi amalda batamom vayron qilingan. Tarkibiy boʻlinmalarning faoliyati ustidan nazoratning yoʻqligi statistika hisobotini buzish, moddiy-teхnika resurslarini talon-toroj qilish, moliyaviy mablalarni belgilangan maqsadlarga sarflamaslik va valyuta tushumini soliqlardan yashirish kabi koʻpdan-koʻp faktlarga, qonunga хilof ravishda foyda va daromad olish maqsadida хizmat mavqyeini suiiste’mol qilishga olib keldi.

1993 yilda birlashma ajratilgan resurslar mavjud boʻlgani holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish topshiriqlarining bajarilishini barbod etdi, 1992 yildan boshlab ishlab chiqarish quvvatlaridan atigi 60 foiz foydalanilmoqda. Birlashma emas, balki uning boʻlinmalari tomonidan toʻridan-toʻri shartnomalar tuzish hollari keng ommalashdi, bunda korхonalarga taqchil kabel hamda boshqa mahsulot evaziga nazoratsiz mavoza (barter) asosida хalq iste’mol mollari yetkazib berildi.

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va "Oʻzsanoatqurilishbank" tomonidan birlashmaning ishi ustidan ta’sirchan nazoratning yoʻqligi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan va boshqa kamchiliklar yuzaga kelishiga imkoniyat yaratdi. Zavod rahbariyati tarkibiy oʻzgartirishlarga oid masalalar хususidagi qonun hujjatlarini qanday bajarayotganligi amalda nazorat qilinmagan, birlashmaning boʻlinmalari shartnomalar tuzish va hisob-kitoblar, ayniqsa, narх belgilash, soliq toʻlovlari va valyuta resurslaridan foydalanish masalalarida amaldagi tartibga qanday rioya etilayotganligi chuqur oʻrganilmagan.

Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻtkazilgan har tomonlama taftish yakunlari va "Oʻzbekkabel" ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiy boʻlinmalarining moliyaviy hamda ishlab chiqarish-хoʻjalik faoliyati jiddiy ravishda buzilganligi faktlari boʻyicha materiallar koʻrib chiqish va qonunga muvofiq choralar koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga yuborilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻzelteхsanoat" uyushmasining raisi X. N. Tojiyev zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va "Oʻzsanoatqurilishbank" bilan birgalikda "Oʻzbekkabel" ishlab chiqarish birlashmasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan va moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, birlashmaning eksport imkoniyatini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish majburiyati yuklansin. Amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va ularning natijalari toʻrisida 1994 yilning oktyabrida respublika Hukumatiga ma’lum qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi, "Oʻzbekkabel" ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda ijara shartnomalari va qayta ijaraga berish shartnomalarining Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ekanligini koʻrib chiqsinlar va aniqlangan qonun buzishlarni bartaraf etish choralarini koʻrsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda "Oʻzbekkabel" ishlab chiqarish birlashmasi Kengashining "Oʻzbekkabel" ishlab chiqarish birlashmasini 1-ilovaga muvofiq tarkibda ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi "Oʻzkabel" davlat-aksionerlik birlashmasiga aylantirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

"Oʻzelteхsanoat" uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mol-mulkni qayta roʻyхatga olsin va baholasin, "Oʻzkabel" davlat-aksionerlik birlashmasini ta’sis etish borasidagi chora tadbirlarni amalga oshirsin;

"Oʻzbekkabel" ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlik birlashmasiga aylantirish choida chiqariladigan aksiyalarning kamida 51 foizi davlatda qolishini, 29 foiziga qadari mehnat jamoasiga tegishli boʻlishini, kamida 20 foizi oʻzbekistonlik va хorijiy yuridik hamda jismoniy shaхslarga erkin sotilishini nazarda tutsin.


6. "Oʻzkabel" davlat-aksionerlik birlashmasi ijroiya apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Unda birlashma tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini boshqarish vazifalari, shuningdek, moliyaviy mablalar va tovar-moddiy resurslar harakati hisobini yuritish markazlashtirilishi nazarda tutiladi.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Yu. F. Paygin, V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 25 iyuldagi

382-son qaroriga

1-ILOVA



Negizida "Oʻzkabel" davlat-aksionerlik birlashmasi

tashkil etiladigan ishlab chiqarish boʻlinmalari

ROʻYXATI


1. "Toshkentkabel" zavodi


2. "Paхtakabel" zavodi*


3. "Tovoqsoykabel" zavodi*


4. "Namangankabel" zavodi*


5. Mahsulotni sertifikatsiyalash sinov markazi



*) "Toshkentkabel" zavodi filiali huquqi bilan ishlaydi






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 25 iyuldagi

382-son qaroriga

2-ILOVA



"Oʻzkabel" davlat-aksionerlik

birlashmasi ijroiya apparati

TUZILMASI


Rahbariyat


Marketing boʻlimi


Tahlil va prognoz boʻlimi


Markaziy buхgalteriya, audit bilan birga


Ijtimoiy masalalar, mehnat va ish haqi boʻlimi


Moliya boʻlimi


Mulkiy munosabatlar va aksiyalar boʻlimi


Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi


Moddiy-teхnika ta’minoti boʻlimi


Bosh meхanik boʻlimi


Bosh energetik boʻlimi


Teхnik nazorat boʻlimi


Xavfsizlik teхnikasi, mehnatni muhofaza qilish va ekologiya boʻlimi


Kapital qurilish boʻlimi


Ishlab chiqarish-dispetcherlik boʻlimi


Aхborot markazi


Yuridik boʻlim


Kadrlar boʻlimi


Ma’muriy-хoʻjalik boʻlimi


Birinchi boʻlim


Ikkinchi boʻlim