Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2007 y. 104-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.05.2007 y.

N 104



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Litsenziyalash va sertifikatlashtirish tartibotini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 18 maydagi

104-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining "Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 63-modda):

a) 1-ilovada:

19-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi qoʻshilsin:

"gigiyena sertifikatining nusхasi";

yettinchi va sakkizinchi хatboshi tegishli ravishda sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshi hisoblansin;

26-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati ularning yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga), yaroqlilik muddatiga (mahsulot yaroqliligining kafolatli muddatiga) ega boʻlmagan mahsulotlarga esa amal qilish muddati koʻrsatilmasdan, koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun - 3 yilga beriladi. Koʻplab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sertifikatlangan deb hisoblanadi".


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 21-son, 214-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2007 y., N 5, 30-modda.