Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2010 y. 255-son "Majburiy tartibda cyertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyхatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.11.2010 y.

N 255


MAJBURIY TARTIBDA

SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT

TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 26 apreldagi PQ-1326-son qaroriga muvofiq, shuningdek aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi хoʻjalik sub’yektlari tomonidan qoʻllaniladigan nazorat-kassa mashinalarining teхnik tavsiflari va sifatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyхatiga quyidagi mazmundagi 55-1 pozitsiya qoʻshilsin:

              

55-1.

Nazorat-kassa mashinalari (ma’lumotlarni bosib chiqarish qurilmasi oʻrnatilgan elektron sanash mashinalari va kassa apparatlari)

8470 21 000 0,

8470 50 000 0

                

2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 47-son, 426-modda.


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, 2010 yil, 11-son, 61-modda