Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.03.2012 y. PF-4430-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.03.2012 y.

N PF-4430



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM FARMONLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA



Qabul qilingan qarorlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamarmasi faoliyatining normativ-huquqiy bazasini tartibga solish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 2006 yil 11 maydagi PF-3751-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2012 yil 9 martdagi

PF-4430-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot

jamarmasini   tashkil   etish   toʻrisida"   2006 yil

11 maydagi PF-3751-son Farmoniga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. 2-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamarmaning muassisi hisoblanadi".


2. 3-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"davlatning Jamarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablalarini jamlash".


3. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 11-son, 113-modda