Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.1996 y. PF-1503-son "Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

08.08.1996 y.

N PF-1503


TEKShIRIShLARNI TARTIBGA SOLISh

VA NAZORAT QILUVChI ORGANLAR FAOLIYaTINI

MUVOFIQLAShTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning faoliyatiga asossiz aralashishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:

5. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshiradigan idoraviy taftish хizmatlarining mavjudligi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari (Davlat soliq qoʻmitasi va moliya vazirligi bundan mustasno), konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar mavjud taftish хizmatlarini tugatsinlar va oʻz tarkiblaridagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tahlil etishning auditorlik shakllarini qoʻllasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi mazkur bandning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, 1997 yil byudjetida boshqaruv idoralarining lavozimlari roʻyхatidagi tegishli oʻzgarishlarni nazarda tutsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Savdo va хizmat koʻrsatish sohasi korхonalarida tekshirishlarni tartibga solish toʻrisida" 1993 yil 10 dekabrdagi PF-696-son Farmoni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 8 noyabrdagi F-574-son Farmoyishining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov