Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2003 y. PF-3245-son "Qandim guruhi, Xovuzak va Shodi konlarini oʻzlashtirishga toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

15.05.2003 y.

N PF-3245


QANDIM GURUHI, XOVUZAK VA ShODI

KONLARINI OʻZLAShTIRIShGA TOʻRIDAN-TOʻRI

XORIJIY INVESTITsIYaLARNI JALB ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Qandim guruhi, Xovuzak va Shodi konlarini toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitim shartlari asosida oʻzlashtirish maqsadida:


1. Belgilab qoʻyilsinki, mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitim shartlari asosida berilgan Qandim guruhi, Xovuzak va Shodi konlarini oʻzlashtirish hamda qazish choida investorlarning ehtimol tutilgan sarf-хarajatlari tijorat maqsadida kazib chiqarish boshlangan kunga toʻri keladigan kalendar yilidan boshlab kompensatsiya mahsuloti hisobiga qoplanadi.


2. "Oʻzbekneftgaz" MXK, uning aksiyadorlik kompaniyalariga, shuningdek ularning tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlarga mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimlarda investorlar sifatida ishtirok etuvchi yuridik shaхslarning birlashmalarida qatnashishga ruхsat berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vizirligi Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov