Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirining 29.08.2008 y. 92-son "Avtobenzin va dizel yoqilgʻisi uchun qat’iy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 05.09.2008 y. 1852-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

05.09.2008 y.

N 1852

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRINING

29.08.2008 y.

N 92


BUYRUI



Avtobenzin va dizel yoqilisi uchun qat’iy miqdorda

belgilangan aksiz solii stavkalarini qayta

koʻrib chiqish toʻrisida


(2008 yil 15 sentyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi PQ-744-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 yil, 52-son, 534-modda) 12-1-sonli ilovasiga asosan BUYuRAMAN:


1. Avtobenzin va dizel yoqilisi uchun qat’iy miqdorda belgilangan aksiz solii stavkalari qayta koʻrib chiqilib, quyidagi miqdorlarda belgilansin:

Ai-80 markali avtobenzinga - 216 500 soʻm/tonnaga;

Ai-91, A-92 va Ai-93 markali avtobenzinga - 238 100 soʻm/tonnaga;

Ai-95 markali avtobenzinga - 275 500 soʻm/tonnaga;

dizel yoqilisiga - 185 200 soʻm/tonnaga.


2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008 yil 5 martdagi 23-sonli "Avtobenzin va dizel yoqilisi uchun qat’iy miqdorda belgilangan aksiz solii stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi buyrui (2008 yil 6 mart, roʻyхat raqami 1777 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 yil, 10-11-son, 69-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Moliya vaziri                                                                              R. Azimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 37-38-son, 383-modda.