Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent shahar хokimining 14.01.1997 y. 7-son "Avtotransport vositalari egalarining soliq toʻlaganligini bildiruvchi qoʻshimcha hisob varaqasini joriy etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

TOShKENT ShAHAR XOKIMINING

QARORI

14.01.1997 y.

N 7




AVTOTRANSPORT VOSITALARI EGALARINING

SOLIQ TOʻLAGANLIGINI BILDIRUVChI

QOʻShIMChA HISOB VARAQASINI

JORIY ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasining ”Mahalliy soliqlar va yiimlar toʻrisida”gi Qonuniga asosan transport vositalari egalaridan oliniadigan transport solii joriy qilingan. Lekin transport vositalarini har ikki yilda bir marotaba tehnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi mavjudligi tufayli transport vositalari egalari tomonidan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik holatlari roʻy bermoqda.


Natijada mazkur soliq belgilangan muddatda va toʻliq mahalliy byudjetga tushmay qolmoqda. Bu esa shahar aholisini ijtimoiy himoya qilish va boshqa iqtisodiy masalalarni hal qilishda muammolar keltirib chiqarmoqda.


Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish hamda Oʻzbekiston Respublikasining ”Mahalliy soliqlar va yiimlar toʻrisida”gi Qonuniga oishmay amal qilish maqsadida


QAROR QILAMAN:


1. 1997 yil 1 yanvardan boshlab shahar hududida transport vositalari egalarini toʻliq roʻyhatga olishga qulaylik yaratish, Davlat avtomobil nazorati va muhldorlik (notarial) idoralari хodimlarining ishini yengillashtirish maqsadida shahar soliq boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib, taqdim etilgan ”Transport vositalari soliini toʻlaganligi toʻrisidagi hisob varaqasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. 1997 yil 1 apreldan boshlab ”Transport soliini toʻlaganligi toʻrisidagi hisob varaqasi” qat’iy hisobda turuvchi bosma ish qoozlari qatoriga kritilsin va bu varaqa transport vositasida doimiy ravshda olib yurilishi belgilab qoʻyilsin.


3. Shahar muhrdorlik (notarial) idoralari oldi-sotdi va boshqa transport vositalarini rasmiylashtirish masalalarini amalga oshirishlari, shuningdek davlat avtomobilnazorati хodimlari transport vositasini roʻyhatdan, qayta roʻyhatdan va tehnik koʻrikdan oʻtkazishdan oldin transport vositalari egalaridan ”Transport soliini toʻlaganligi toʻrisidagi hisob varaqasini” koʻrsatishlarini soʻrasinlar hamda soliqni oʻz vaqtida toʻlamagan soliq toʻlovchilarga soliq toʻlamaganligi uchun amaldagi qonunlarga asosan koʻp ustama (penya)toʻlashligini ish jarayonida tushuntirsinlar.


4. Toshken shahar davlat soliq boshqarmasi 15 kun muddatda ”Transport soliini toʻlaganligi toʻrisidagi varaqasi”ni kerakli miqdorini aniqlansin va uni tayyorlash, joriy etish bilan boliq boʻlgan хarajatlarni hisoblab chiqsin. Shahar хokimligi moliya bosh boshqarmasi mazkur hisob asosida mabla ajratsin.


5. Shahar davlat soliq boshqarmasi, Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi va adliya boshqarmasi boshliqlariga amalga kiritilayotgan varoqda transport vositasida doimo olib yurilishini tashkil etish va va hisoblangan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan birgalikda nazorat olib borish yuklatilsin.


6. ”Transport soliini toʻlaganligi toʻrisidagi hisob varaqasi” ni transport vositasi egasi istiqomat qiluvchi tuman soliq idoralari tomonidan berilishi belgilab qoʻyilsin.


7. Mazkur qarorni bajarilishi nazorati shahar Hokimining oʻrinbosari R.M. Shoabdurahmonov zimmasiga yuklatilsin.



Toshkent shahar hokimi                                            K.N. Toʻlaganov