Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.1993 y. 152-son "Patta toʻlovlari miqdorlarini belgilash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.03.1993 y.

N 152



PATTA TOʻLOVLARI MIQDORLARINI

BELGILASh HAQIDA


"Patta toʻlovlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Mollar, buyumlar va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini bozorlarda, yarmarkalarda va sotish uchun maхsus ajratilgan boshqa joylarda sotayotgan jismoniy shaхslardan savdo qilinadigan har bir kun uchun undiriladigan patta haqining quyidagi miqdorlari belgilansin:

Patta toʻlovi undiriladigan

ob’yektlar nomi


Tovar yoki joy

birligi


Patta toʻlovi

miqdori (soʻmlarda)


Avtomashina sotganlik uchun


Bir donasi uchun

400

Boshqa transport vositalarini sotganlik uchun


"

100

Ehtiyot qismlarni sotganlik uchun


bitta joy uchun

50

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari va tovarlarni sotganlik uchun:




yuk mashinasida sotganlik uchun


bitta joy uchun

90

yengil mashinada sotganlik uchun


"

60

aravalarda sotganlik uchun


"

30

stolda, rastada, qoʻl aravachada, qoʻlda, yerda,

savatda, chelakda va boshqalarda sotganlik uchun


"

25

qovun-tarvuz sotganlik uchun


1m2

4

Kooperativlar va hunarmandchilik buyumlarini sotganlik uchun


bitta joy uchun

50

Uy hayvonlari va jonivorlarni sotganlik uchun:




koramol, ot va tuya sotganlik uchun


har bir bosh hisobiga

80

buzoq, toy sotganlik uchun


"

40

qoʻy-echki sotganlik uchun


"

40

qoʻzichoq, uloq sotganlik uchun


"

20

oz, oʻrdak, tovuq, kurka, quyon sotganlik uchun


"

10

oz, oʻrdak, tovuq, kurka joʻjalari, quyon bolalari sotganlik uchun


"

1

ziynatli qushlar va qafasda saqlanadigan boshqa hayvonlar va jonivorlar sotganlik uchun


bitta joy uchun

20

Akvarium baliqlari sotganlik uchun


"

20

2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bozorlarda, yarmarkalarda va boshqa maхsus belgilangan joylarda tovarlar, mahsulotlarni sotishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini ta’minlasinlar.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bozorlar, yarmarkalar va boshqa maхsus belgilangan joylarning rivojlanish darajasiga boliq ravishda mahalliy byudjetga oʻtkaziladigan mablalar miqdorini belgilasinlar. Bunda patta toʻlovi sifatida kelib tushadigan mablalarning kamida yarmi bozorlar, yarmarkalar va boshqa maхsus belgilangan joylar tasarrufida qoldiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi belgilangan miqdorlarda patta toʻlovlarining toʻri undirilishi va byudjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda patta toʻlovini undirish toʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklariga, idoralariga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib, bozorlarda, yarmarkalarda va savdo uchun maхsus belgilangan joylarda patta toʻlovlari miqdorlarini qayta koʻrib chiqish huquqi berilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1993 y., N 3, 12-modda.