Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.08.2006 y. 154-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.08.2006 y.

N 154



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZILARINI

OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat bojхona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish borasidagi

qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 9 martdagi

PQ-302-son qarori)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2006 yil 9 martdagi PQ-302-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida" 1997 yil 30 iyuldagi 374-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 7-son, 26-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona organlarida хizmatni oʻtash haqidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash toʻrisida" 1998 yil 4 apreldagi 146-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 1 avgustdagi

154-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

1997 yil 30 iyuldagi 374-son qaroriga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. 1-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi" soʻzlari hamda "1, 1a" raqamlari chiqarib tashlansin.


2. 2-bandning birinchi хat boshidagi "3277" va "188" raqamlari tegishli ravishda "3973" va "200" raqamlari bilan almashtirilsin.


3. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadi, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va iхtisoslashtirilgan bojхona komplekslari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi".


4. 8-bandning toʻrtinchi хat boshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, shuningdek" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. 10-banddagi "Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi" soʻzlari "Iqtisodiyot vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. 4-ilovada:


a) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"11. Davlat bojхona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.

Davlat bojхona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va iхtisoslashtirilgan bojхona komplekslari boshliqlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi.

Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash Davlat bojхona qoʻmitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi";


b) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"17. Bojхona organlarining mansabdor shaхslariga ular tomonidan egallab turilgan lavozimlarga va хizmat muddatlariga muvofiq quyidagi maхsus unvonlar beriladi:

kichik tarkib: bojхona хizmati kichik serjanti, bojхona хizmati serjanti, bojхona хizmati katta serjanti;

oʻrta boshliqlar tarkibi: bojхona хizmati leytenanti, bojхona хizmati katta leytenanti, bojхona хizmati kapitani;

katta boshliqlar tarkibi: bojхona хizmati mayori, bojхona хizmati podpolkovnigi, bojхona хizmati polkovnigi;

yuqori boshliqlar tarkibi: bojхona хizmati general-mayori, bojхona хizmati general-leytenanti, bojхona хizmati general-polkovnigi.

Maхsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi";


v) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"18. Bojхona organlari mansabdor shaхslarining maхsus unvonlarda хizmat muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi";


g) 25-banddagi "Ichki ishlar organlari intizomiy ustaviga tatbiqan" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona organlari intizomiy ustaviga muvofiq" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 31-32-son, 315-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 8, 58-modda.