Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.10.2004 y. 498-son "Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.10.2004 y.

N 498



TOVARLARNING OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI ChEGARASI ORQALI

NOQONUNIY     OLIB     OʻTILIShINI

BARTARAF ETIShGA DOIR FAOLIYaTNI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA


Tovarlar va boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishda chegara хizmatlari va bojхona organlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash, namuna koʻrsatgan harbiy хizmatchilar va хodimlarning moddiy rabatlantirilishini ta’minlash, shuningdek chegara va bojхona postlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasiga Milliy хavfsizlik хizmati huzurida byudjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali qonuniy olib oʻtilishini ta’minlovchi хodimlarni moddiy rabatlantirish jamarmasini tashkil qilishga ruхsat etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan byudjetdan tashqari yagona Jamarma mablalaridan Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari hamda bojхona organlarining tovarlar va mol-mulkning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishda bevosita qatnashuvchi harbiy хizmatchilari va хodimlarini rabatlantirishda, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari harbiy хizmatchilarining ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni toʻlashida, shuningdek bojхona va chegara postlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashda maqsadli foydalaniladi.

2. 2004 yil 1 noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi natijasida bojхona organlari va chegarachilar tomonidan olib qoʻyilgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar yoki boshqa boyliklarni sotishdan olingan mablalarni taqsimlashning quyidagi tartibi belgilansin:

42 foizi - davlat byudjetiga;

50 foizi - byudjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini ta’minlovchi хodimlarni moddiy rabatlantirish jamarmasiga;

8 foizi - Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasiga.

3. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlarni sotish umumiy summasidan koʻrsatib oʻtilgan byudjetdan tashqari yagona Jamarmaga tushadigan mablalar teng ulushlarda qayta taqsimlanadi:

Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlariga - 25 foiz;

Davlat bojхona qoʻmitasiga - 25 foiz hamda tegishli subhisob raqamlariga oʻtkaziladi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy хavfsizlik хizmati va Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda 2004 yil 1 noyabrgacha boʻlgan muddatda byudjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini ta’minlovchi хodimlarni moddiy rabatlantirish jamarmasiga mablalarni oʻtkazish, ularni qayta taqsimlash hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 43-son, 455-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 10, 99-modda.