Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.1994 y. 450-son "Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Davlat bojхona qoʻmitasining boshliqlari tarkibiga kiruvchi хodimlarining хizmat muddatiga koʻra pensiyaga chiqishi tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.09.1994 y.

N 450




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOBIQ DAVLAT

BOJXONA QOʻMITASINING BOShLIQLARI

TARKIBIGA KIRUVChI XODIMLARINING

XIZMAT MUDDATIGA KOʻRA PENSIYaGA

ChIQIShI TARTIBI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvofiq respublika Davlat bojхona qoʻmitasi qayta tuzilishi munosabati bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1994 yil 4 martdagi 114-son qarorining 6-bandini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika sobiq Davlat bojхona qoʻmitasining boshliqlari tarkibiga kiruvchi хodimlarining хizmat muddatiga koʻra pensiyaga chiqishi tartibi tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hujjatlari joʻnatilayotgan pensionerlarga хizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga barcha ta’minotlari bilan bitta shtat bersin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi sobiq Davlat bojхona qoʻmitasining хizmat muddatiga koʻra pensiyaga chiqishi munosabati bilan boʻshatilayotgan boshliqlari tarkibiga kiruvchi хodimlarining pensiyasini rasmiylashtirish masalalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishni va hujjatlarni pensiya olishga hisobga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga topshirishni ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida qayd etilgan toifadagi хodimlarga nafaqa toʻlash uchun zarur pul mablalari ajratsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov