Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.12.2012 y. 362-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali avtomobil transportida suyultirilgan gaz tranzitini taqiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.12.2012 y.

N 362



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI

ORQALI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA

SUYuLTIRILGAN GAZ TRANZITINI

TAQIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksining 24-moddasiga muvofiq, davlat хavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini, aholining hayoti va soliini himoya qilish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. 2013 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali avtomobil transportida suyultirilgan gaz (TIF TN kodi - 2711) tranziti taqiqlansin.


2. Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil transportida suyultirilgan gaz tranziti taqiqlanishi toʻrisida yukni joʻnatuvchilarning хabardor qilinishini ta’minlasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududi orqali suyultirilgan gaz noqonuniy tranzit qilingan hollarda suyultirilgan gazning koʻrsatib oʻtilgan hajmini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga qaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 52-son, 590-modda