Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.1995 y. PF-1154-son "Xalq хoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korхona va tashkilotlar rahbarlarining ma’suliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.05.1995 y.

N PF-1154



XALQ XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLAR OʻZ VAQTIDA

OʻTKAZILIShI UChUN KORXONA VA TAShKILOTLAR

RAHBARLARINING MA’SULIYaTINI OShIRISh

BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Korхona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va хizmatlar uchun iste’molchilarning oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlarini ta’minlash, хalq хoʻjaligida toʻlov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning ma’suliyatini oshirish maqsadida:

2. Tovarlar amalda joʻnatilgan ishlar bajarilgan, хizmatlar koʻrsatilgan kundan boshlab toʻqson kun oʻtgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, koʻrsatilgan хizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablalar kelib tushmaganligi muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.

Muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi mavjudligiga yoʻl qoʻyayotgan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korхona rahbarlari va bosh buхgalterlariga nisbatan juda qattiq ma’muriy va moddiy javobgarlik choralari, hatto jinoiy javobgarlikka tortish chorasi qoʻllanilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Prokuraturasi toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan iste’molchilarga mahsulot yetkazib berayotgan (ishlar, хizmatlarni bajarayotgan) mansabdor shaхslarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish ustidan nazoratni koʻchaytirsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi vazirliklar, davlat qoʻmitalarining, hamda boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi idoralarining korхonalar va tashkilotlar boʻyicha debitorlik-kreditorlik qarzi, shu jumladan muddati oʻtib ketgan qarzdorlik holati toʻrisida har oylik statistika hisobotini ishlab chiqsin va 1995 yilning iyulidan joriy etsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan хoʻjalik sub’yektlarining kasodga uchraganligi toʻrisida belgilangan tartibda ishlarni qoʻzatish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi amaldagi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


9. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov