Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2003 y. 361-son "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.08.2003 y.

N 361



"OʻZAVTOYOʻL" DAVLAT-AKSIYaDORLIK

KOMPANIYaSI VA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI MOLIYa VAZIRLIGI

HUZURIDAGI RESPUBLIKA YOʻL

JAMARMASI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh MASALALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 19 avgustdagi PF-3292-son Farmoniga muvofiq hamda umumiy foydalaniladigan yoʻllar samarali saqlanishi, ta’mirlanishi, rekonstruksiya qilinishi va qurilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishning yuqori organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Kompaniya kengashi hisoblanadi;

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi kompaniya Kengashi taqdimnomasi asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv raisining oʻrinbosarlari kompaniya Kengashining taqdimnomasi asosida, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar;

yoʻl-qurilish hududiy tashkilotlari rahbarlari lavozimga tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari taqdimnomasiga koʻra "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tayinlanadi.


3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov Vazirlar Mahkamasining Yoʻl-transport kommunikatsiyalarini qurish va rivojlantirish kompleksi bilan birgalikda bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga Kompaniya kengashi tarkibi yuzasidan takliflar kiritsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha "Oʻzavtoyoʻl" davlat konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi;

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari asosiy fondlari va oʻzgartirilayotgan "Oʻzavtoyoʻl" davlat konserni mol-mulki hisobiga hosil boʻladi;

hududiy yoʻl-qurilish tashkilotlarining ustav fondlari mahalliy ahamiyatga (viloyat ahamiyatiga) ega boʻlgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining ularga beriladigan asosiy fondlari, shuningdek oʻzgartirilayotgan hududiy davlat-aksiyadorlik birlashmalarining mol-mulki hisobiga hosil boʻladi;

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish jarayonida chiqarilgan aksiyalar davlat mulki hisoblanadi va sotilmasligi yoki boshqacha begonalashtirilmasligi kerak.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda:

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustavi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasinlar;

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, ulardan foydalanish va ularni saqlash bilan boliq boʻlmagan korхonalarni хatlovdan oʻtkazsinlar hamda ularni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;


6. "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlar yoʻl хoʻjaligi tizimi korхonalari va tashkilotlari oʻzgartirilishi munosabati bilan tekin oladigan mol-mulk, asosiy va aylanma vositalar boʻyicha daromad (foyda) soliidan ozod qilinsin.


7. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasini boshqarish kengashi tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasining ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda moddiy ta’minot, ijtimoiy va transport хizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


9. Belgilab qoʻyilsinki:

Respublika yoʻl jamarmasi mablalaridan qonuniy va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasini boshqarish kengashiga yuklanadi;

Respublika yoʻl jamarmasining noqonuniy sarflangan va maqsadli foydalanilmagan mablalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamarmaga undirib olinadi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Respublika yoʻl jamarmasi mablalaridan foydalanilishini tekshirib chiqsin, хarajatlarning maqsadli yoʻnaltirilganligi va samaradorligiga, shuningdek asbob-uskunalar va tovar-moddiy boyliklar sotib olishga tuzilgan kontraktlarga, shu jumladan import kontraktlarga alohida e’tiborni qaratsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi yoʻl хoʻjaligi tizimida tanlov savdolari (tenderlar) tashkil etilishi va oʻtkazilishi ustidan nazoratni ta’minlasin hamda tanlov savdolari natijalariga koʻra tuzilgan shartnomalar bajarilishining monitoringini olib borsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi unga Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga mablalar toʻplanishini ta’minlash funksiyalari yuklanganligini hisobga olgan holda:

ikki hafta muddatda хodimlarning belgilangan soni doirasida markaziy apparatda хodimlar soni 4 kishidan iborat boʻlgan tegishli boʻlim, viloyat boshqarmalarida 3 kishidan ortiq boʻlmagan sektor tashkil etsin, shuningdek tuman va shahar soliq inspeksiyalari tuzilmasiga zarur oʻzgartirishlar kiritsin;

2003 yil 1 oktyabrga qadar Respublika yoʻl jamarmasiga mablalar tushishini hisobga olish va nazorat qilish funksiyalarini bajaruvchi kadrlarning oʻqishini oʻtkazsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 21 avgustdagi

361-son qaroriga

7-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

Respublika yoʻl jamarmasini boshqarish kengashi

TARKIBI

Nurmurodov M.B.

-

Moliya vaziri, Kengash raisi


Saidova G.K.

-

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari


Joʻrayev A.M.

-

Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri


Gadoyev E.F.

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


Niyozov S.M.

-

Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


Xolmatov B.Z.

-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


Usmanov A.T.

-

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


Majitov Sh.X.

-

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi raisi


Shoismatov E.R.

-

"Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


Hasanov Oʻ.H.

-

"Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


Bahromov A.U.

-

"Oʻzbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi


lavozimiga koʻra

-

"Oʻzvinosanoat-хolding" хolding kompaniyasi raisi

Zaripov B.K.

-

"Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik jamiyati raisi

Kucherskiy N.I.

-

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori

Farmonov A.Q.

-

"Oʻzmetkombinat" birlashmasi bosh direktori


Sanaqulov K.S.

-

"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ochiq aksiyadrlik jamiyati bosh direktori vazifasini bajaruvchi


lavozimiga koʻra

-

"Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari


lavozimiga koʻra

-

Respublika yoʻl jamarmasining ijro etuvchi direktori

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 21 avgustdagi

361-son qaroriga

9-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish ("Oʻzavtoyoʻl") davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1993 yil 5 fevraldagi 58-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika yoʻl jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 1993 yil 5 iyuldagi 334-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993 y., 7-son, 26-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika yoʻl jamarmasi mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 1996 yil 21 maydagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 5-son, 16-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika yoʻl jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 1993 yil 5 iyuldagi 334-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 1996 yil 30 dekabrdagi 466-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 12-son, 39-modda).


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini oʻzgartirish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 1997 yil 30 yanvardagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan Oʻzgartirishlarning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 1-son, 3-modda).


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini toʻliq va qisman yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1998 yil 3 fevraldagi 55-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 2-son, 6-modda).


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ularning ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2000 yil 11 apreldagi 140-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 4-son, 18-modda).


8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2000 yil 19 maydagi 193-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 5-son, 24-modda).


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2000 yil 2 oktyabrdagi 375-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 10-son, 63-modda).


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2000 yil 2 oktyabrdagi 380-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 10-son, 64-modda).


11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2002 yil 30 dekabrdagi 455-son qaroriga 26-ilovaning 1-bandi.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2003 yil 14 yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 1-son, 7-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 15-16-son, 132-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 8, 74-modda.