Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.11.1994 y. 533-son "Davlat boji stavkalari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.11.1994 y.

N 533



DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA


"Davlat boji haqida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ilova qilinayotgan davlat boji stavkalari tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda "Davlat boji haqida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;

Davlat bojining byudjet daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi ustidan tegishli nazoratni ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 avgustdagi 359-son, "Davlat boji stavkalari haqida" 1993 yil 26 apreldagi 192-son (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993 y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 21 sentyabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 1 fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi va oltinchi хat boshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1994 y., 11-son, 49-modda.