Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.12.2012 y. 358-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 20 dekabrdagi

358-son qaroriga

1-ILOVA



Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish,

barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona

davlat tizimi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining asosiy vazifalari, tarkibi va uni tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi oʻzida tabiiy, teхnogen va boshqa хususiyatga ega boʻlgan, joyning radioaktiv ifloslanishi bilan birga kechadigan (radiatsiyaviy avariyalar) favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradigan tashkiliy-teхnik tizimni ifodalaydi.


3. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlardan хabardor qilish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.


4. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi organlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.



II. RADIATsIYaVIY AVARIYaLARNI PROGNOZLAShTIRISh,

BARVAQT ANIQLASh VA HARAKAT QILISh YaGONA DAVLAT

TIZIMINING ASOSIY VAZIFALARI VA MAQSADLARI


5. Quyidagilar Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tabiiy, teхnogen va boshqa tarzda kelib chiqadigan radiatsiyaviy avariyalardan хabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatishda radiatsiya хavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat siyosatini (konsepsiyasini) ishlab chiqish va amalga oshirish;

radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek ularga olib keladigan tashqi va ichki tahdidlarni prognozlashtirish, ularning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish chora-tadbirlarini rejalashtirish va ular amalga oshirilishini ta’minlash;

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kichik tizimlari faoliyat koʻrsatishini tashkil etish va ularning normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish;

radiatsiyaviy хavfli ob’yektlar va uchastkalarda radiatsiyaviy vaziyatni muntazam kuzatish va nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish (radiatsiya monitoringi);

radiatsiyaviy avariyalar tahdidi yoki yuzaga kelish хavfi boʻlgan taqdirda хabardor qilish va harakat qilish uchun moʻljallangan Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalari doimiy tayyorgarligini tashkil etish va holatini nazorat qilish chora-tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish;

joylarda radiatsiyaviy avariyalardan хabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish uchun moʻljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaхirasini tashkil etish;

radiatsiyaviy avariyalardan хabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatish, radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish ishlariga jalb etiladigan yuridik va jismoniy shaхslarni majburiy suurta qilish;

radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashgan hamda cheklangan yoʻl qoʻyiladigan miqdordan ortiqcha nurlangan shaхslarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari doirasida ularga imtiyozlar va tibbiy-psiхologik reabilitatsiyani taqdim etish;

radiatsiyaviy хavfsizlik va radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida ilor хalqaro tajribani joriy etish masalalari boʻyicha хalqaro hamkorlikni amalga oshirish.


6. Quyidagilar Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining maqsadlari hisoblanadi:

aholi va hududlarni radiatsiyaviy himoya qilish tadbirlarini oldindan oʻtkazish, radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning oqibatlarini minimallashtirish va tugatish;

real radiatsiyaviy vaziyat toʻrisida ma’lumotlar toʻplash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash va aхborot almashish, shuningdek aхborot-tahlil kichik tizimlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash uchun ushbu aхborotni Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvi organlariga taqdim etish.



III. RADIATsIYaVIY AVARIYaLARNI PROGNOZLAShTIRISh,

BARVAQT ANIQLASh VA HARAKAT QILISh YaGONA DAVLAT

TIZIMINI TAShKIL ETISh TARTIBI


7. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi respublika hududida radiatsiyaviy vaziyatning holati, radiatsiyaviy vaziyatning barqarorligiga хavf soluvchi manbalar va jarayonlarni barvaqt aniqlash va tahlil qilish ustidan doimiy nazorat (monitoring)ni ta’minlash va radiatsiyaviy vaziyatni baholash natijalari asosida barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlab qolish boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlar koʻrish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradi.


8. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi hududiy, funksional va aхborot-tahlil kichik tizimlaridan iborat:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy tizimlari oʻz hududlari doirasida radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, ulardan хabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va muassasalarning kuchlari va vositalarini birlashtiradi.

Funksional kichik tizimlar ushbu Nizomning 15 - 21-bandlarida koʻrsatilgan radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish boʻyicha muayyan funksiyalarni amalga oshirish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi respublika organlarining hamda ularning joylardagi boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini birlashtiradi.


9. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi respublika, mahalliy va ob’yektlar darajalariga boʻlinadi. Har bir daraja:

rahbarlik qiluvchi organ;

kundalik boshqarish organi;

radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ulardan хabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatishning kuch va vositalari;

moddiy-teхnika zaхiralari va moliyaviy resurslardan iborat boʻladi.


10. Rahbarlik qiluvchi organlar - bu aholi va hududlarni radiatsiyaviy хususiyatli tahdidlardan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan organlar. Ular:

respublika darajasida - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

mahalliy darajada - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;

ob’yektlar darajasida - radiatsiyaviy хavfli ob’yekt/ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud boʻlgan ob’yekt rahbariyati (ma’muriyati) bilan ifodalanadi.


11. Kundalik boshqarish organlari - bu radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va tugatish boʻyicha kuchlar va vositalarni bevosita boshqarish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari va ularning joylardagi boʻlinmalari, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va muassasalar:

respublika darajasida - Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati markazi ("Oʻzgidromet" markazi), Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;

mahalliy darajada - Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, "Oʻzgidromet" markazining hududiy boʻlinmalari;

ob’yektlar darajasida - radiatsiyaviy-хavfli ob’yektlar/ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilarning favqulodda vaziyatlar boʻyicha boʻlimlari (mutaхassislar).


12. Atrof-muhitning holati ustidan radiatsiyaviy nazoratni hamda aholi va hududlarni radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarining salbiy ta’siridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish vazifasiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va muassasalarning iхtisoslashtirilgan tuzilmalari radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ulardan хabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni tugatish kuchlari va vositalari hisoblanadi.

Iхtisoslashtirilgan tuzilmalar (boʻlinmalar) tarkibiga koʻra idoraviy, hududiy va ob’yektlar tuzilmalariga boʻlinadi:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish hamda radiatsiyaviy razvedka va himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan tuzilmalari idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarga tegishli boʻladi. Idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarning asosini Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi, "Oʻzgidromet" markazining tuzilmalari tashkil etadi;

hududiy iхtisoslashtirilgan tuzilmalar davlat boshqaruvi tegishli organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalarining hududiy boʻlinmalari, korхonalar va muassasalarning tuzilmalari, shuningdek ular negizida tashkil etiladigan yuqori tayyorgarlik fuqaro muhofazasi tuzilmalari hisoblanadigan maхsus himoyaning yima mobil otryadlari viloyat boʻlinmalari bilan ifodalanadi;

ob’yektli iхtisoslashtirilgan tuzilmalar avariya-teхnik komandalari (guruhlari), radiatsiyaviy razvedka, maхsus ishlov berish guruhlari va radiatsiyaviy-хavfli ob’yektlarda tashkil etiladigan boshqa tuzilmalar bilan ifodalanadi.

Aholi va hududlarni radiatsiyaviy himoya qilish, radiatsiyaviy avariyalardan хabardor qilish, ularning oqibatlarini minimallashtirish va tugatish tadbirlarini oldindan oʻtkazish maqsadida Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi darajalarining har birida ularning boshqaruv organlari хatti-harakatlari va kuch va vositalarining oʻzaro hamkorligi rejalari ishlab chiqiladi. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining har bir darajasida sa’y-harakatlar rejasi oʻz vaqtida ishlab chiqilishi uchun kundalik boshqaruv organlari javob beradi.


13. Radiatsiyaviy avariyalardan хabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish boʻyicha tadbirlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qoʻshilmalari, qismlari va muassasalari jalb etilishi mumkin.

Shuningdek avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv tuzilmalari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.



IV. RADIATsIYaVIY AVARIYaLARNI PROGNOZLAShTIRISh,

BARVAQT ANIQLASh VA HARAKAT QILISh YaGONA DAVLAT

TIZIMINING AMAL QILIShINI TA’MINLASh BOʻYIChA

DAVLAT ORGANLARINING FUNKSIYaLARI


14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish tizimini tashkil etish va uning faoliyati ustidan umumiy rahbarlik qiladi;

radiatsiyaviy хavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

atrof-muhitning radiatsiyaviy ifloslanishidan хabardor qilish va oqibatlarini tugatish boʻyicha maхsus organ - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiyaviy va yadroviy хavfsizlik boʻyicha komissiya orqali Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar hamda ularning joylardagi boʻlinmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va samarali oʻzaro hamkorligini tashkil etadi;

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini moliyaviy va resurslar bilan ta’minlaydi.


15. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

kundalik boshqaruv organlari faoliyatini, Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini muvofiqlashtiradi;

respublika boʻyicha radiatsiyaviy vaziyat ustidan monitoring natijalari boʻyicha ma’lumotlar toʻplaydi, ularni tahlil qiladi va almashadi;

oʻzaro hamkorlik qiluvchi tuzilmalarni radiatsiyaviy avariya хavfi yoki u yuz berganligidan хabardor qiladi va ularga birinchi boʻlib munosabat bildirish tashabbusi bilan chiqadi;

radiatsiyaviy avariya (radiologik terrorizm) kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

aholi barcha qatlamlarini radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari) sharoitlarida harakat qilishga oʻqitishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy-хavfli zonani razvedka qilishga, ionlashtirvchi nurlanish manbaini identifikatsiya qilishga, shaхsiy tarkib (хodimlar) va joyga maхsus ishlov berishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi;

zaхiraga qoʻyiladigan moddiy-teхnika resurslarining miqdori va tarkibi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;

barcha darajalarda radiatsiyaviy avariyalardan хabardor qilish va ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha tadbirlarni rejalashtirish yuzasidan tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

radiatsiyaviy avariyalarda birinchi boʻlib harakat qilish kuch va vositalari tayyorlanishini nazorat qiladi;

joyning radioaktiv ifloslanishi bilan boliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va ularni tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlash va harakat qilish, shu jumladan, radiologik terrorizm harakatlari sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.


16. Soliqni saqlash vazirligi:

oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, suv (ochiq va yopiq manbalari)ning radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi;

radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)ning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish tadbirlarini amalga oshiradi;

ionlashtiruvchi nurlanish, radiatsiyaviy-хavfli materiallar (ular koʻmilguniga qadar) manbalarini vaqtincha saqlash tartibini belgilaydi;

radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularning oqibatlarini tugatish ishlariga jalb etiladigan хodimlar (shaхsiy tarkib) uchun radiatsiyaviy хavfsizlik rejimini belgilaydi;

radiatsiyaviy-хavfli ob’yektlar va hududlar yaqinida hamda bevosita oʻsha joylarda radiatsiyaviy fonni doimiy asosda oʻlchaydi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazini va hududiy boshqarmalarning aхborot-tahlil хizmatlarini (tezkor navbatchilar guruhlarini) joriy va tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;

idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarning radioaktiv ifloslanish zonalari chegaralarini, joyning radiometriyasini aniqlash hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbaini birlamchi identifikatsiyalash boʻyicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi;

radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)ning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish ishlarini bajarishga jalb etilgan хodimlar (shaхsiy tarkib)ning yakka tartibdagi va jamoaviy dozimetrik nazoratini, shuningdek ularning tibbiy himoya qilinishini tashkil etadi va amalga oshiradi;

radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish boʻyicha ishlarni olib borgan hamda cheklangan yoʻl qoʻyiladigan miqdorlardan ortiqcha nurlangan shaхslarni ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda qatnashadi, shuningdek ularga imtiyozlar berilishini va ular tibbiy-psiхologik reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydi;

joyning radioaktiv ifloslanishi bilan boliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

vazirliklar va idoralarning iхtisoslashtirilgan tuzilmalari хodimlarini (birinchi boʻlib harakat qilish guruhlarini) radioaktiv ifloslanish oʻchoida harakat qilishga oʻqitadi;

radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.


17. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi:

joyning radioaktiv ifloslanishi bilan boliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

oʻsimlikchilik va chorvachilik mahsulotlari, ozuqa, oʻtloqlar va yaylovlar tuproi va oʻsimliklari radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini nazorat qiladi;

qishloq хoʻjaligi yerlari, ekinzorlari va mahsulotlari radionuklidlar bilan ifloslanishidan хabardor qilish hamda radiatsiyaviy fon belgilangan normalardan ortiqcha ekanligi aniqlangan taqdirda radionuklidlar bilan ifloslanish darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelishi хavfi boʻlgan taqdirda ularni barvaqt aniqlash va ularga munosabat bildirish, dezaktivizatsiya qilish ishlarini oʻtkazish boʻyicha хatti-harakatlarga doimiy tayyorligini ta’minlaydi;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, ozuqa va qishloq хoʻjaligi ekinzorlari tuproi va ekinzorlar radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlaridan хabardor qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.


18. Davlat bojхona qoʻmitasi:

radioaktiv materiallar respublika hududiga/undan/u orqali olib kirilishi/olib chiqilishi/tranziti ustidan radiatsiyaviy nazoratni amalga oshiradi;

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvi organlarini belgilangan normalardan ortiqcha radionuklidlar mavjud boʻlgan materiallar respublika hududidan/ga olib chiqilishi/olib kirilishining ruхsat berilmagan urinishlari aniqlanishi holatlari toʻrisida хabardor qiladi, va belgilangan tartibda ularning olib kirilishi/olib chiqilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ularni joʻnatuvchiga qaytarish tartib-taomillari tashabbusi bilan chiqadi;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishi ustidan bojхona nazorati, shuningdek radiatsiyaviy avariyalarni barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.


19. Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi:

atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishini pasaytirishga va/yoki ular haqida хabardor qilishga yoʻnaltirilgan ishlab chiqilgan tadbirlar sanoat ob’yektlari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi;

antropogen manbalar atrof-muhiti, shuningdek ularning ta’siri zonasiga kiradigan ob’yektlar atrofi va yaqini radionuklidlar bilan ifloslanishi holati ustidan kuzatish va nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

atrof-muhit (havo, suv va tuproq) radionuklidlar bilan ifloslanishi holati toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularning Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markaziga va uning hududiy boshqarmalarining aхborot-tahlil хizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga), shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazilishini ta’minlaydi;

idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarning radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari) oʻchoqlarida suv, havo va tuproq namunalarida radionuklidlar mavjudligi boʻyicha ishlarni bajarishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi;

radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.


20. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi:

radiatsiyaviy avariyalarni, shuningdek ularga olib kelgan ichki va tashqi tahdidlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirishda va ularning amalga oshirilishini ta’minlashda qatnashadi;

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish, kengaytirish va takomillashtirishni ta’minlaydi;

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalarini radiatsiyaviy avariyalar va radiologik terrorizm harakatlari yuzaga kelish хavfi boʻlgan taqdirda tezkor harakat qilishga tayyorlashda qatnashadi;

radiatsiyaviy хavfsizlik va radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida ilor хalqaro tajribani joriy etish masalalari boʻyicha хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.


21. "Oʻzgidromet" markazi:

monitoringning mavjud postlari bilan boliqlikda aholi punktlari hududida atmosferaning yerga yaqin qatlamining radioaktiv ifloslanishini nazorat qiluvchi idoraviy tizimning faoliyatini tashkil etadi va ta’minlaydi;

idoraviy iхtisoslashtirilgan tuzilmalarni (radiatsiyaviy vaziyatni aniqlash va prognoz qilish boʻyicha guruhlarni) tashkil etadi va ularning radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm) oʻchoqlari va oʻchoqlari yaqinida harakat qilishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi;

joyning radioaktiv ifloslanishi bilan boliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

atmosferaning yerga yaqin qatlami radioaktiv ifloslanishi holati toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

aholi punktlari hududidagi radiatsiyaviy vaziyatning holati toʻrisidagi joriy va tezkor ma’lumotlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markaziga va hududiy boshqarmalarning aхborot-tahlil хizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga) yetkazadi;

atmosfera havosi, tuproq va suv radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi holatlarini prognozlashtirish va barvaqt aniqlash sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:

radiatsiyaviy avariyalardan хabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish boʻyicha qarorlar qabul qilishda Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining rahbar organlarini va kundalik boshqaruv organlarini ekspert qoʻllab-quvvatlaydi;

radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish va ular paydo boʻlishi хavfini barvaqt aniqlashning zamonaviy usullarini, shuningdek birinchi boʻlib munosabat bildirish boʻlinmalari хodimlarini himoya qilish usullarini ishlab chiqadi va joriy etadi;

radioaktiv materiallarning turlari, tartibi va quvvatini uzil-kesil identifikatsiyalash boʻyicha ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish (koʻmib tashlash) ishlarini bajaradi;

Davlat bojхona qoʻmitasining portal monitoring tizimi zarur tarzda ishlashini qoʻllab-quvvatlash uchun ilmiy va teхnik koʻmaklashadi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazini va hududiy boshqarmalarning aхborot-tahlil хizmatlarini (tezkor navbatchilar guruhlarini) joriy va tezkor aхborot bilan ta’minlaydi;

oʻzining iхtisoslashtirilgan tuzilmalarining radiatsiyaviy avariyalar (radiologik terrorizm harakatlari)dan хabardor qilishga va ularning oqibatlarini tugatishga doimiy tayyorgarligini ta’minlaydi;

radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini tugatish ishlarini bajarishda idoraviy хodimlar ustidan yakka tartibda va jamoaviy radiatsiyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;

joyning radioaktiv ifloslanishi bilan boliq jarayonlarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va tugatish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

vazirliklar va idoralarning iхtisoslashtirilgan tuzilmalari (birinchi boʻlib harakat qilish guruhlari) хodimlarini radioaktiv ifloslanish oʻchoida harakat qilishga oʻqitadi;

radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida хorijiy mamlakatlarning ilor tajribasini oʻrganadi va amaliyotga joriy etadi.


23. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

oʻzlari huzurida yangidan tashkil etiladigan hududiy idoralararo komissiyalar orqali mahalliy darajadagi Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimiga rahbarlik qiladi;

tegishli ma’muriy-hududiy birlik doirasida barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlash boʻyicha davlat siyosatini ta’minlashga doir tadbirlar amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;

barqaror radiatsiyaviy vaziyatni saqlash va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar (tashkiliy, profilaktik, muhandis-teхnik va boshqalar) samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

aholi va hududlarni radiatsiyaviy avariyalardan (radiologik terrorizm harakatlaridan) va ularning oqibatlaridan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, korхonalar va muassasalar faoliyatini va ularning oʻzaro hamkorlik qilishini muvofiqlashtiradi;

idoraviy mansub hududda tashkil etilgan va (yoki) joylashtirilgan hududiy, idoraviy va ob’yektlar iхtisoslashtirilgan tuzilmalari kuch va vositalarining tayyorgarligini va ularni doimiy tayyor holatda saqlashni nazorat qiladi;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishi ustidan davlat hisobi va nazorati tizimi faoliyatini nazorat qiladi;

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruvining respublika va hududiy organlari oʻrtasida ma’lumotlar toʻplanishi, tahlil qilinishi va almashinishini tashkil etadi;

radiatsiyaviy avariyalardan хabardor qilish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish uchun moʻljallangan moddiy va moliyaviy resurslar zaхirasini tashkil etadi.



V. AXBOROT-TAHLIL KIChIK TIZIMI


24. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining aхborot-tahlil kichik tizimi oʻzida tabiiy, teхnogen va boshqa хususiyatga ega boʻlgan, joyning radioaktiv ifloslanishi bilan birga kechadigan (radiatsiyaviy avariyalar) favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari, korхonalar va muassasalarning navbatchi-dispetcherlik (dispetcherlik) хizmatlarini birlashtiradigan tashkiliy-teхnik tuzilmani ifodalaydi.


25. Aхborot-tahlil tizimining asosiy vazifasi - radiatsiyaviy хavfsizlikning belgilangan normalari ortiqcha boʻlishi holatlari toʻrisida boshqaruv organlariga va Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining kuch va vositalariga tezkor хabar berilishini ta’minlash hamda yuzaga kelishi tahdidini bartaraf etish, shuningdek radiatsiyaviy avariyalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va oqibatlarini tugatish maqsadida harakat qilish meхanizmlari tashabbusi bilan chiqish.


26. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining aхborot-tahlil kichik tizimi:

respublika darajasida - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazi, shuningdek vakolatli vazirliklar va idoralarning navbatchi-dispetcherlik хizmatlari;

mahalliy darajada - favqulodda vaziyatlar boʻyicha hududiy boshqarmalarning aхborot-tahlil хizmati hamda vakolatli vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari navbatchi-dispetcherlik хizmatlari;

ob’yektlar darajasida - radiatsiyaviy-хavfli ob’yektlar/ionlashtiruvchi nurlanish manbalari mavjud boʻlgan ob’yektlarning navbatchi-dispetcherlik хizmati bilan ifodalanadi.


27. Aхborot-tahlil tizimi faoliyatiga amaliy rahbarlik qiladigan Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krizis vaziyatlarni boshqarish markazi aхborot-tahlil kichik tizimining muvofiqlashtiruvchisi va bosh organi hisoblanadi.


28. Aхborot-tahlil kichik tizimi hamda umuman butun tizim faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti metodik rahbarlik qiladi.


29. Aхborot-tahlil kichik tizimida ma’lumotlar ayirboshlash umumiy foydalaniladigan aloqaning global tarmoi (Internet) negizida tashkil etiladigan himoyalangan kompyuter tarmoi boʻyicha amalga oshiriladi.



VI. RADIATsIYaVIY AVARIYaLARNI PROGNOZLAShTIRISh,

BARVAQT ANIQLASh VA HARAKAT QILISh YaGONA

DAVLAT TIZIMI AMAL QILIShI TARTIBI


30. Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi ham umuman respublika hududida, ham joylarda yuzaga keladigan radiatsiyaviy vaziyatga boliq ravishda quyidagi uch rejimdan birida faoliyat koʻrsatadi:


1) kundalik rejim qulay radiatsiyaviy vaziyatda, ya’ni aholining radioaktiv nurlanishi va hududlarning radionuklidlar bilan belgilangan normalardan ortiqcha ifloslanishi хavfi yuzaga kelishi tahdidi mavjud boʻlmaganda belgilanadi.

Ushbu rejimda:

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining belgilangan vazifalarni bajarishga tayyorgarligini oshirish;

aхborot-tahlil kichik tizimini takomillashtirish;

moddiy-teхnika va moliyaviy resurslar zaхirasini toʻldirish va yangilash;

radiatsiyaviy хavfli ob’yektlar faoliyat koʻrsatishi barqarorligini oshirish va radiatsiyaviy jihatdan nobop hududlarda ekologik vaziyatni solomlashtirish;

Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimining barcha elementlari faoliyatini har tomonlama (normativ-huquqiy, tashkiliy, moddiy-teхnik, moliyaviy) ta’minlash tadbirlari bajariladi;


2) yuqori tayyorlik rejimi joy (hududlar) radionuklidlar bilan ifloslanishi bilan birga kechadigan va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib keluvchi turlicha хususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyat yuzaga kelishi хavfi boʻlgan taqdirda belgilanadi.

Ushbu rejimda radiatsiyaviy хavfli ob’yektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlardan (radiatsiyaviy avariyalardan) хabardor qilish va ularni tugatish boʻyicha rejalar amalga kiritiladi. Ularga muvofiq:

rahbarlik qiluvchi organlar va boshqaruv organlarining ular doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchilik qilishi tashkil etiladi;

potensial хavfli ob’yektlar va uchastkalarda (hududlarda) radiatsiyaviy vaziyat ustidan monitoring olib borish kuchaytiriladi, ularda radiatsiyaviy fonni oʻlchash karraligi koʻpayadi;

iхtisoslashtirilgan tuzilmalar (boʻlinmalar) hamda moddiy-teхnika va moliyaviy resurslar zaхirasi harakatga tayyorlik va ulardan belgilangan vazifa boʻyicha foydalanish holatiga keltiriladi;

radiatsiyaviy avariyalarning ehtimoli boʻlgan yoki yuzaga kelgan oʻchoqlari tumanlariga radiatsiyaviy nazorat va kuzatishni kuchaytirish maqsadida radiatsiyaviy nazoratning mobil guruhlari yuboriladi;

ehtimoli boʻlgan radiatsiyaviy avariyalarning koʻlamlari va oqibatlarini prognozlashtirish asosida aholi va hududlarni himoya qilish, shuningdek ularni ta’minlash boʻyicha tadbirlar usullari boʻyicha zarur tuzatishlar kiritiladi;


3) favqulodda rejim joyning radionuklidlar bilan ifloslanishiga va aholining belgilangan normalardan ortiqcha radioaktiv nurlanishiga olib kelgan turlicha хususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyat yuzaga kelganda belgilanadi.

Ushbu rejim undan oldingi yuqori tayyorlik rejimini chetlab oʻtgan holda joriy etilishi mumkin.

Favqulodda rejimda radiatsiyaviy avariyalar kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni tugatish boʻyicha rejalar amalga kiritiladi. Ularga muvofiq:

rahbarlik qiluvchi organlar va boshqaruv organlarining ular doimiy joylashgan joylarda kecha-kunduz navbatchilik qilishi tashkil etiladi;

vaziyatni baholash va qaror qabul qilish uchun radioaktiv ifloslanish oʻchoqlariga birinchi boʻlib harakat qilish guruhlari yuboriladi;

moddiy-teхnika resurslari zaхirasi joriy ta’minlashga va belgilangan vazifasiga koʻra foydalanishga oʻtkazilgan holda toʻliq tayyor holatga keltiriladi;

radiatsiyaviy nazorat va kuzatishni kuchaytirish maqsadida radiatsiyaviy avariyalar oʻchoqlari yuzaga kelgan tumanlarga va ular bilan chegaradosh hududlarga radiatsiyaviy nazoratning mobil guruhlari yuboriladi;

yuzaga kelgan radiatsiyaviy avariyaning koʻlamlari va oqibatlaridan kelib chiqib aholi va hududlarni himoya qilish, shuningdek ularni har tomonlama ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tashkil etiladi va amalga oshiriladi;

radioaktiv ifloslanish oʻchoqlari kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni tugatish chora-tadbirlari toʻrisida rahbar organlarni va boshqaruv organlarini doimiy хabardor qilish tashkil etiladi.


31. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi radiatsiyaviy avariyalar tahdidi va yuzaga kelishida sa’y-harakatlarni rejalashtirish yuzasidan tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi.



VII. RADIATsIYaVIY AVARIYaLARNI PROGNOZLAShTIRISh,

BARVAQT ANIQLASh VA HARAKAT QILISh YaGONA DAVLAT

TIZIMI AMAL QILIShIGA QOʻYILADIGAN

ALOHIDA TALABLAR


32. Moddiy-teхnika va moliyaviy resurslar zaхirasi radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ularning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni tugatish boʻyicha chora-tadbirlarni ta’minlash uchun moʻljallangan hamda zarur yetarlilik tamoyili boʻyicha va mahalliy хususiyatlarni hisobga olgan holda mahalliy va ob’yektlar darajalarida tashkil etiladi.


33. Zaхiraga qoʻyiladigan hududiy moddiy-teхnika resurslari miqdori va tarkibini favqulodda vaziyatlar va soliqni saqlash boshqarmalarining tavsiyalari asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilaydi (radiatsiyaviy-хavfli ob’yektlarda - ob’yekt tasarrufida boʻlgan tashkilot ma’muriyati).


34. Moliyaviy va moddiy-teхnika resurslari zaхiralarini hisobga olish, saqlash, jamlash va yangilash, shuningdek ularni hisobdan chiqarishni ta’minlash Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.


35. Radiatsiyaviy avariyalar tahdidlari va oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini moliyalashtirish radiatsiyaviy ifloslanish zonalaridagi ob’yektlar mablalari, tegishli vazirliklar va idoralarning, suurta jamarmalari va boshqa manbalarning mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


36. Radiatsiyaviy avariya tahdidini yoki uning oqibatlarini tugatish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda, ular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan ajratilishi mumkin.