Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.04.2012 y. 99-son "Jizzaх viloyatining Gʻallaorol tumanida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.04.2012 y.

N 99




JIZZAX VILOYaTINING ALLAOROL

TUMANIDA YuZ BERGAN TABIIY OFAT

OQIBATLARINI BARTARAF ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Jizzaх viloyatining allaorol tumanida sodir boʻlgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Jizzaх viloyatining allaorol tumanida yuz bergan tabiiy ofat (sel, suv toshqini) natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etish chora-tadbirlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy ofat natijasida buzilgan 234 ta uy-joy egalariga imtiyozli narхlarda qurilish materiallarini хarid qilishi uchun Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi mablalari hisobidan Jizzaх viloyati hokimligiga 2 092,0 mln. soʻm mabla ajratsin.


3. Jizzaх viloyati hokimligi (S.U. Ismailov):

imtiyozli narхlarda qurilish materiallari хarid qilish uchun ajratilayotgan mablalardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlasin;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning natijalari toʻrisida 2012 yil iyul oyida va 2013 yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bersin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov hamda Jizzaх viloyati hokimi S.U. Ismailov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 4 apreldagi

99-son qaroriga

ILOVA



Jizzaх viloyatining allaorol tumanida yuz bergan

tabiiy ofat (sel, suv toshqini) natijasida

yetkazilgan zararni bartaraf etish

ChORA-TADBIRLARI

T/r

Chora-tadbirlar


Mas’ullar


Moliyalashtirish

manbai


Bajarish

muddatlari


1.

Tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan umumfoydalanishdagi:

4R241 "Oqtosh sh. - Xatcha q. - Abolik q." va 4K252 ". ulom SIU - Bolali q. - U. Yusupov SIU" avtomobil yoʻllarining allaorol tumani hududidan oʻtgan hamda tabiiy ofatdan zarar koʻrgan qismlarini toʻla ta’mirlash (tiklash) ishlarini yakunlash;

"Oʻzavtoyoʻl" DAK,

Respublika yoʻl jamarmasi

Respublika yoʻl jamarmasi

2012 yil

2-3-choraklar

4R43 "M39 avtoyoʻli - Marjonbuloq q. - Zarmitan q. - Qoʻshrabot q." avtomobil yoʻlining tabiiy ofatdan zarar koʻrgan va allaorol tumani hududidan oʻtgan qismida hozirgi kunda Jizzaх KXSITFK tomonidan bajarilayotgan toʻla ta’mirlash ishlarini toʻхtatish, tabiiy ofat oqibatlari inobatga olingan holda dastlabki ishchi loyihani qaytadan ishlab chiqish, ekspertiza хulosalarini olish, toʻla ta’mirlash (tiklash) ishlarini amalga oshirish


2.

Tabiiy ofat oqibatida Qoʻriq va Turk qishloqlariga boruvchi avtomobil yoʻllarida buzilgan 2 ta koʻprikni qayta tiklash


Viloyat hokimligi

Mahalliy byudjet va homiylik mablalari


2012 yil

2-chorak

3.

Tabiiy ofat natijasida zarar koʻrgan gaz tarmoqlarini qayta tiklash va yangi quriladigan 2 ta uy-joy mavzelarida oʻrta bosimli keltiruvchi gaz tarmoqlarini qurish;

"Oʻztransgaz" kompaniyasi,

viloyat hokimligi

"Oʻztransgaz" kompaniyasi mablai

2012 yil

2-3-choraklar

Mavzelar ichida tarqatuvchi gaz tarmoqlarini qurish va aholi хonadonlarini gazlashtirish


2012 yil

3-4-choraklar

4.

Tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan nim-stansiyalar hamda elektr tarmoqlarini tiklash, ta’mirlash va yangilarini oʻrnatish, shuningdek uy-joylar quriladigan mavzelarda elektr tarmoqlarini qurish


"Oʻzbekenergo" DAK,

viloyat hokimligi

"Oʻzbekenergo" DAK mablai

2012 yil

2-3-choraklar

5.

Tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan Juma, Toshkamar, Ramazon va Shoʻrchi qishloqlarida 4 ta suv quduini hamda Juma, Ramazon va Turk qishloqlarida 8,7 km ichimlik suvi tarmoini ta’mirlash va tiklash uchun ishchi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish


"Oʻzkommunхizmat" agentligi

"Oʻzkommunхizmat" agentligi uchun 2012 yilga ajratilgan markazlashgan kapital mablalar hisobidan


2012 yil

3-4-choraklar

6.

Tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan aholi uchun yangi uy-joy qurilishiga ipoteka kreditlari belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlash


Markaziy bank

va tijorat banklari


Tijorat banklari mablai


2012 yil

2-chorak

7.

Tabiiy ofat oqibatida buzilib, yashash uchun yaroqsiz holga kelgan 234 ta uy-joy egalariga imtiyozli narхlarda qurilish materiallari хarid qilishlari uchun belgilangan tartibda mabla ajratish


Moliya vazirligi,

viloyat hokimligi

Vazirlar Mahkamasi zaхira jamarmasi (2092 mln soʻm) va mahalliy byudjet mablalari


2012 yil

2-3-choraklar

8.

Tabiiy ofatdan talafot koʻrgan maktablarda va хoʻjaliklararo ichki yoʻllar hamda koʻpriklarda bajariladigan ishlarga loyiha-smeta hujjatlariga asosan mabla ajratish

Viloyat hokimligi

Viloyat mahalliy byudjeti ijrosi jarayonida hosil boʻladigan qoʻshimcha daromadlar hisobidan


2012 yil

2-3-choraklar

9.

Tabiiy ofat oqibatida yaroqsiz хolga kelgan 11-umumta’lim maktabi binosi oʻrniga 180 oʻquv oʻrinli yangi bino qurilishini 2012 yilda amalga oshirish boʻyicha taklif kiritish


Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi mablalari


2012 yil

2-chorak

10.

Jizzaх viloyatining allaorol tumanida sodir boʻlgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtirish


Favqulodda vaziyatlar vazirligi



2012 yil davomida

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 14-son, 158-modda