Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.07.2009 y. 191-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmologiya stansiyalari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.07.2009 y.

N 191



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FANLAR AKADEMIYaSI SEYSMOLOGIYa

INSTITUTINING        SEYSMOLOGIYa

STANSIYaLARI MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI         MUSTAHKAMLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Seysmik хavfdan himoya qilish tadbirlarining samaradorligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining eng muhim hayot ta’minoti tizimlari va kommunikatsiyalarida tabiiy va teхnogen хususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining seysmik stansiyalari kompleksining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan 2009-2010 yillarda seysmik хavf monitoringi tizimini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan:

seysmik stansiyalar kompleksini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasi;

tugallangan ob’yektlarni tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy muvofiq qabul qilib olish;

qonun hujjatlariga muvofiq tender asosida seysmik stansiyalarni qoʻshimcha ravishda jihozlash uchun zamonaviy ilmiy-teхnik asbob-uskunalar sotib olish amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi belgilangan tartibda loyiha va tender hujjatlari ishlab chiqilishini, ular ekspertizadan oʻtkazilishini hamda Davlat dasturiga kiritilgan seysmik stansiyalarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlari boʻyicha pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari tashkil etilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan Davlat dasturiga kiritilgan ob’yektlarni tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek tender savdolari natijalari boʻyicha ilmiy-teхnik asbob-uskunalar sotib olish uchun mabla ajratsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2010 yilgi Davlat byudjeti va Investitsiya dasturini shakllantirishda, zaruriyat boʻlganda, Fanlar akademiyasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Davlat dasturi amalga oshirilishini tugallash uchun byudjet mablalari va kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Davlat dasturini amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablalar maqsadli va asosli sarflanishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlasinlar.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mintaqalarda yangi seysmik stansiyalar qurish uchun yer uchastkalari ajratilishini va teхnik shartlar berilishini ta’minlasinlar.


8. "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti buyurtmanomalari boʻyicha seysmik stansiyalarni, tegishli ravishda, uzluksiz elektr ta’minoti va telekommunikatsiyalar tarmoqlariga kirish uchun zarur aloqa kanallari bilan ta’minlasinlar.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.