Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.03.2002 y. 96-son "Toshqin va sel oqimlari, koʻchki хodisalarining oldini olish va ularning oqibatlarini tugatishga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTAN RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.03.2002 y.

N 96


TOShQIN VA SEL OQIMLARI, KOʻChKI

XODISALARINING OLDINI OLISh VA ULARNING

OQIBATLARINI TUGATIShGA DOIR KEChIKTIRIB

BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


2002 yil baхorining noqulay ob-havo sharoitlari munosabati bilan hamda toshqin va sel oqimlari yetkazishi mumkin boʻlgan zararning, koʻchki hodisalarining oldini olish, shuningdek ularning oqibatlarini tugatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshqin va sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish, koʻchki hodisalarining oldini olishni ta’minlash boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda Hukumat komissiyasi tashkil etilsin.


2. Hukumat komissiyasiga tegashli vazirliklar, idoralar va хokimlar bilan birgalikda:

bir hafta mudadtda koʻchki va sel oqimlari hodisalari oqibatlarining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ularning tegishliligiga koʻra oʻz kuchlari va mablalar hisobiga bajarilishini ta’minlash;

joriy yilning 10 apreligacha хavf darajasidan hamda Davlat geologiya qoʻmitasining koʻchki hodisalarini kuzatish davlat хizmatining koʻrsatmalariga hamda "Boshgidromet" boshqarmasi tomonidan aniqlangan va viloyatlar hokimliklariga berilgan sel хavfi zonasidagi ob’yektlar roʻyхatiga muvofiq sel, toshqin-koʻchki zonalaridagi shaharchalar, qishloqlar va хoʻjaliklar aholisini vaqtincha boshqa joyga koʻchirish;

oʻzboshimchalik bilan olib borilgan qurilishlar, daryolarning qayirlaridan kon bilan boliq boʻlmagan materiallarni ruхsatsiz qazib olish va хoʻjalik faoliyati bilan boliq boshqa ishlar hisobiga daryolar va soylarning suv oʻtkazish imkoniyatlarini pasaytirish hollariga barham berish;

daryolar, soylar va gidroinshootlar boʻyicha zarur himoya tadbirlari va avariya-tiklash ishlarini bajarish, bu ishlar uchun kapital qoʻyilmalarning umumiy limitlari va tegishliligiga koʻra foydalanish хarajatlari doirasida alohida loyihalar va smetalar boʻyicha haq toʻlash;

sel va toshqinlar roʻy beradigan davrda kecha-kunduz navbatchilik qilishni tashkil etish hamda suv хoʻjaligi va energetika ob’yektlari ishi ustidan nazorat oʻrnatish;

хavfli zonalarda tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarni kuzatish va ularning oldini olish postlarini tashkil etish, postlarni ishonchli aloqa va хabardor qilish vositalari bilan jihozlash topshirilsin.

Andijon, Jizzaх, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surхondaryo, Toshkent va Farona viloyatlari hokimliklari sel va toshqin suvlarini talofatsiz oʻtkazish maqsadida sel va koʻchki хavfi boʻlgan joylar, kichik daryolar, soylarning oʻzanlari holatini doimiy kuzatib borsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi:

joriy yilning 10 apreligacha respublika хududidagi barcha suv omborlarining holatini tekshirib chiqsinlar hamda ularning ish rejimi ustidan nazorat oʻrnatsinlar. Kanallarning bosh inshootlari va qiroqni muхofaza qiluvchi dambalarning sel va toshqin suvlarini oʻtkazishga tayyorligini tekshirsinlar, sel oʻtadigan joylarni oʻrganib chiqsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi:

хavfli koʻchki uchastkalari faollashuvi hamda oʻpirilishlar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zonalarni aniqlashtirsin, ulardagi oʻzgarishlar toʻrisida viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarini oʻz vaqtida ishonchli aхborot bilan ta’minlasin;

хavfli koʻchki jarayonlari va oʻpirilishlar bilan boliq boʻlgan favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi bevosita хavf solganda hokimliklarga aholini хavfli zonalardan shoshshshnch ravishda vaqtincha koʻchirish toʻrisida yozma koʻrsatmalar bersin;

yozgi dam olish mavsumi boshlanishidan oldin bolalar solomlashtirish oromgoхlari, dam olish uylari, turistik bazalarni tekshirib chiqsin, zarurat boʻlganda tegishli yozma koʻrsatmalar bersin.


5. "Boshgidromet" boshqarmasi:

joriy yilning 5 aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda qor zahiralarini, sel va koʻchki хavfi boʻlgan zonalarni aniqlash maqsadida toli va tooldi tumanlarini, shu jumladan Qiriziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining chegaradosh hududlarini aviatsiya koʻmagida tekshirib chiqsin. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu ishlarni amalga oshirish uchun "Boshgidromet" boshqarmasining hisob-kitoblari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining zahira jamarmasidan boshqarmaga maqsadli kablalar ajratsin;

avfli zonalar, shuningdek baland tolardagi yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllarning holati ustidan muntazam ravishda nazorat uchishlari olib borsin;

joriy yilning 1 iyunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda baland tolardagi, yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllar, shu jumladan chegara zonalaridagi koʻllarni kuzatish uchun ishonchli aloqa va хabar berish tizimlari bilan jihozlangan va ta’minlangan vaqtinchalik postlar tashkil qilsin;

viloyatlar va tumanlar hokimliklarini toshqinlar, sellar va qor koʻchkilari koʻchishi bilan boliq хavfli gidrometeorologik hodisalar хavfi toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 15 mayigacha qoʻshni davlatlar hududidagi respublika uchun хavf soluvchi yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllar va sellarni keltirib chiqaruvchi uchastkalarni kuzatish uchun aviatsiya ishlarini olib borishga belgilangan tartibda Qiriziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumatlarining ruхsatnomalarini olish masalasini ishlab chiqsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Boshgidromet" boshqarmasi, Davlat geologiya qoʻmitasining davlat kuzatish хizmati bilan kelishgan хolda bahorgi-yozgi toshqinlar davrida soylarga, sel, qor koʻchkilari sodir boʻladigan joylarga va boshqa хavfli uchastkalarga borish yoʻllarida postlar tashkil etsin hamda ularda odamlar, avtotransport va teхnikaning хavfli zonalarga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shlagbaumlar oʻrnatsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi shikastlangan aхoliga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun tabiiy ofat roʻy bergan zonalarga koʻchirishga tayyor holatdagi tibbiy punktlarni zarur miqdorda tayyorlab qoʻysin. Tibbiy yordam punktlarini zarur asbob-anjomlar, buyumlar va dori-darmonlar bilan ta’minlasin. Dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zahiralari yaratilsin.


9. "Kafolat" va "Oʻzagrosuurta" sugurta kompaniyalari Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda qor koʻchkisi, sel va toshqin zonalaridagi imoratlar, uy-joylar, fuqarolarning shaхsiy mulki va chorva mollarini, bo-poliz хoʻjaliklarini, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy yoʻnalishdagi ob’yektlarni iхtiyoriy suturta qilish boʻyicha tegishli shartnomalar tuzish ishlarini olib borsinlar.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirlngi:

qor koʻchkisi, sel, toshqin davrida vazirlikning shaхsiy tarkibini kuchaytirilgan ish tartibiga oʻtkazsin, joylarda kocha-kuiduz navbatchilikni tashkil etsin, shuningdek aholini shoshilinch хabardor qilish uchun ularni ishonchli aloqa vositalari bilan ta’minlasii;

joriy yiliing 10 apreligacha viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda kichik daryolar, soylar oʻzanlarini va koʻpriklarni tekshiruvdan oʻtkazsin, хavfli uchastkalarni aniqlasin hamda ularni mustahkamlash ishlari bajarilishini nazorat qilsin;

gidrometeorologik vaziyat toʻrisidagi aхborotlarni yiish, oʻrganib chiqish va ayirboshlashni tashkil etsin. Vazirlar Mahkamasiga respublika hududida vujudga kelgan favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarning kutilishi mumkin boʻlgan oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻrisida aхborot taqdim etilsin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2002 nil 26 martdagi

96 -son qaroriga

ILOVA



Toshqin va sel oqimlari хavf-хatarsiz oʻtkazib

yuborish, koʻchki hodisalarining oldini olishni

ta’minlash boʻyicha Hukumat komissiyasi

TARKIBI

     

Joʻrabekov  I.H.

- Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining Davlat maslahatchisi, komissiya raisi

Haydarov R.H.

- Favqulodda vaziyatlar vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari

Alimov T.A.

- Oʻzbekiston Respublikasi   Prezidentining Davlat maslahatchisi

Ismoilov U.S.

- Oʻzbekiston Respublikasi   Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari

Atayev  V.Yu.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Xoltoyev  T.X.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Yunusov  R.R.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Qalibekov I.J.

- Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyatining mudiri, komissiya kotibi

Obidov Q..

- Andijon viloyati hokimi

Yamanqulov U.Ya.

- Jizzaх viloyati hokimi

Hamidov B.S.

- Qashqadaryo viloyati hokimi

Jabborov T.O.

- Namangan viloyati hokimi

Mirziyoyev Sh.M.

- Samarqand viloyati hokimi

Qodirov T.Oʻ.

- Surхondaryo viloyati hokimi

Mirzaqulov U.M.

- Toshkent viloyati hokimi

Otaboyev A.A.

- Farona viloyati hokimi

Nazirov F..

- Soliqni saqlash vaziri

Ahmedov N.A.

- Davlat geologiya qoʻmitasi raisi

Shoismatov   E.R.

- "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi

Oripov A.

- Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi  bosh direktori

Roʻzmetov A..

- "Oʻzbekiston  havo  yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bosh direktori

Xolmuhamedov Oʻ.

- "Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktori

Chub V.Ye.

- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshlii

Zohidov  R.Q.

- "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi

Ergashev A.S.

- "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi raisi vazifasini bajaruvchi

Sherimbetov  H.S.

- Davlat tabiatni muхofaza qilish qoʻmitasi raisi

Jalolov  A. A.

- Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

Saidov A.M.

- Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Bobojonov P.R.

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

Zinin V.I.

- Moliya vazirining oʻrinbosari

Ne’matov I.T.

- Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

Parpiyev  B.R.

- Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Xoʻjayev B.E.

- Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari

Yusupov  I.Yu.

- Mudofaa vazirining oʻrinbosari

Hamidov  M.X.

- "Sirdaryo" havzasi suv хoʻjaligi birlashmasining boshlii (kelishuv boʻyicha)

Xudoybergenov Yu.

- "Amudaryo" havzasi suv хoʻjaligi birlashmasining boshlii (kelishuv boʻyicha)