Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.06.2001 y. 278-son "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.06.2001 y.

N 278



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA

VAZIYaTLAR VAZIRLIGI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh MASALALARI

TOʻRISIDA


Ilgari qabul qilingan qarorlarni oʻzgartirgan holda hamda huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tizimida rahbar kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash borasida yagona, samarali siyosatni shakllantirish va oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki, Favqulodda vaziyatlar vazirligining mamlakat aholisi, sanoat, ijtimoiy-madaniy ob’yektlarini favqulodda vaziyatlardan  himoya qilishga doir faoliyatini tashkil etishni, shuningdek vazirlikning moliya-iqtisodiy va moddiy-teхnika ta’minotini  oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini  muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi (T.A. Xudoybergenov) oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida tashkiliy-kadrlar ishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va kiritsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov