Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 20.08.1999 y. 825-I-son "Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING

QARORI

20.08.1999 y.

N 825-I


"AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY

HAMDA TEXNOGEN XUSUSIYaTLI FAVQULODDA

VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA QILISh TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


1. "Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini "Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Raisi                                                          E. Xalilov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1999 y., N 9, 222-modda