Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.03.2011 y. 51-son "Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.03.2011 y.

N 51


BODORChILIK-UZUMChILIK

ShIRKATLARI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Bodorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solish, shuningdek ularning a’zolari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Bodorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari uch oy muddatda bodorchilik-uzumchilik shirkatlarining ushbu qarorga muvofiq qayta roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasinlar.

Bunda shirkatlarning jamoaviy bodorchilik va uzumchilikni yuritish uchun boshqacha huquqlarda yer uchastkalarini belgilangan tartibda olgan a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkasiga merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlaridan foydalanishi belgilab qoʻyilsin.


3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari respublika kengashining "Bodorchilik shirkatlarining namunaviy ustavini tasdiqlash toʻrisida" 1986 yil 26 avgustdagi 422-son qarori (OʻzSSR QT, 1986 y., 8-son, 33-modda);

Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 4 martdagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 4-bandi;

Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 19 oktyabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 14-bandi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 9-son, 90-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 3-son, 16-modda