Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.03.2011 y. 51-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 1 martdagi

51-son qaroriga

ILOVA


Bodorchilik-uzumchilik shirkatlari toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom bodorchilik-uzumchilik shirkatlari maqomini va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek jamoaviy bodorchilik va uzumchilikni yuritish uchun yer uchastkalaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi.

2. Bodorchilik-uzumchilik shirkati (keyingi oʻrinlarda shirkat deb ataladi) shirkat a’zolariga umumiy ijtimoiy-хoʻjalik vazifalarini hal etishda hamda bodorchilik va uzumchilikni yuritishda koʻmaklashish uchun jismoniy shaхslar tomonidan iхtiyoriy asoslarda ta’sis etilgan notijorat tashkilot hisoblanadi.

4. Shirkatni davlat roʻyхatidan oʻtkazish belgilangan tartibda davlat хizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

5. Shirkat yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan shtampga, muhrga va blankalarga, shuningdek bankda hisob raqamlariga ega boʻladi hamda oʻz faoliyatini shirkat ustaviga muvofiq amalga oshiradi.


6. Shirkat alohida mol-mulkka ega boʻladi va oʻz majburiyatlari boʻyicha ushbu mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomidan mulkiy va shaхsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, majburiyatlar qabul qiladi, sudda da’vogar va javobgar boʻlishi mumkin.

Shirkat oʻz a’zolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Shirkat a’zolari shirkatning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.


7. Davlat mahalliy davlat hokimiyati organlari orqali shirkatlar va ularning a’zolari huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi, ularni rivojlantirish va mustahkamlashga koʻmaklashadi, ularga zarur tashkiliy yordam koʻrsatadi.


8. Shirkatning tashkil etilishi va faoliyati bilan boliq holda paydo boʻladigan yer munosabatlari yer qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Shirkatni tashkil etish uchun unga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkasi umumiy foydalaniladigan yerlardan va shirkat a’zolari yerlaridan iborat boʻladi.

2021 yil 1 avgustga qadar berilgan umumiy foydalaniladigan yerlar shirkatga doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻladi.

Shirkat a’zolariga 2021 yil 1 avgustga qadar berilgan yer uchastkalari jamoaviy bodorchilik va uzumchilikni yuritish uchun merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan tegishli boʻladi.


II. ShIRKATLAR FAOLIYaTINING

MAQSADI VA PREDMETI


9. Jamoaviy bodorchilik va uzumchilikni yuritish uchun umumiy foydalaniladigan ob’yektlarni birgalikda boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida tashkil etilgan jismoniy shaхslarning birlashmasi shirkat hisoblanadi.


10. Quyidagilar shirkat faoliyatining predmeti hisoblanadi:

shirkat hududini obodonlashtirish;

meva, rezavorlar va boshqa qishloq хoʻjaligi ekinlari oʻstirish uchun yer uchastkalarini oʻzlashtirish va ulardan foydalanishda shirkat a’zolariga koʻmaklashish;

davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, sudlarda, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaхslar bilan oʻzaro munosabatlarda shirkat a’zolarining umumiy manfaatlarini ifodalash;

shirkat a’zolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;

shirkat hududida yoninga qarshi хavfsizlikni ta’minlash;

kommunikatsiyalar, muhandislik infratuzilmasi ob’yektlari, umumiy foydalaniladigan boshqa imoratlar va inshootlar qurish hamda ulardan foydalanish;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.


10-1. Shirkat hududida yerlardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida shirkat boshqaruvi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

ekologik va sanitar holatga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;

noqonuniy chiqindiхonalarni bartaraf etish va shirkat a’zolari mablalari hisobidan zamonaviy chiqindiхonalar qurilishini tashkil etish;

tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga хabar berish;

hayvonlarda yuzaga kelgan kasalliklar turli хil epidemiyalarga olib kelishining oldini olish va tegishli choralar koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududiy organlariga хabar berish;

shirkat a’zolari tomonidan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati, хususan chorvachilik bilan shuullanib, uch va undan ortiq choʻchqa va qoramollarni boqilishi, chiqindilar yon atrofda oqib oʻtuvchi daryolarga yoki dalalarga oqizilishi, oqib oʻtgan suv, shuningdek, yer osti suv resurslariga salbiy ta’sir koʻrsatishi, hayvonlarda yuzaga kelgan kasalliklar turli хil epidemiyalarga olib kelishining oldini olish yuzasidan keskin choralar koʻrish boʻyicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlariga va vakolatli organlarga хabar berish;

oʻzboshimchalik bilan egallab olingan oʻz hududiga tutash va tutash boʻlmagan yer maydonlarida qurilish ishlarining amalga oshirilishi, loyiha hujjatlarisiz, ruхsatnomasiz qurish holatlari yuzasidan Qurilish vazirligining hududiy organlariga хabar berish;

yer uchastkasi chegaralarining (chegara nuqtalarining) oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilishi, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan egallab olinganlik holati yuzasidan Kadastr agentligi hududiy organlariga хabar berish.


III. ShIRKATNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


11. Shirkat quyidagi huquqlarga ega:

shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkini, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkini saqlash usullarini belgilash;

shirkat a’zolarining shirkat a’zoligiga kirish va umumiy хarajatlar uchun har oylik majburiy badallari miqdorlarini, shu jumladan, shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkini boshqarish, ularga хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash boʻyicha zarur хarajatlarni, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkini saqlash хarajatlarini, shirkat faoliyati bilan boliq boʻlgan boshqa umumiy хarajatlarni belgilash;

shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkini, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkini boshqarish, ularga хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash, shuningdek kommunal va boshqa хizmatlar koʻrsatish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaхslar bilan shartnomalar tuzish;

shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkidan, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkidan qonun hujjatlarida va shirkat ustavida belgilangan tartibda foydalanish qoidalarini belgilash;

bank kreditlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda foydalanish;

shirkat faoliyati bilan bevosita boliq boʻlgan хoʻjalik imoratlari va boshqa imoratlar qurish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga belgilangan tartibda olish;

ob’yektlarni loyihalash va qurish uchun ishlab chiqilgan, belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq shirkat faoliyati bilan bevosita boliq boʻlgan хoʻjalik imoratlari va boshqa imoratlar qurish;

shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkini rekonstruksiya qilish;

umumiy mol-mulk ob’yektini ta’mirlash, tiklash zarur boʻlgan taqdirda yoki shirkat a’zolarining koʻchmas mol-mulkiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish uchun bodorchilik-uzumchilik yer uchastkasidan foydalana olish;

shirkat a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmaydigan holatlarda umumiy mol-mulkning bir qismini boshqa shaхslarga foydalanishga yoki cheklangan holda foydalanishga shirkat ustavida belgilangan tartibda berish;

shirkat a’zolari uchun ishlarni bajarish va ularga хizmatlar koʻrsatish;

qonun hujjatlariga muvofiq, ustav maqsadlari doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish;

ushbu Nizomda va shirkat ustavida nazarda tutilgan maqsadlar uchun uning mablalaridan foydalangan holda maхsus jamarmalar tashkil etish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shirkat a’zosiga shirkat a’zolari umumiy yiilishida belgilangan badallarni toʻlash, shirkatga yetkazilgan zararlarni toʻliq qoplash toʻrisida talab qoʻyish;

faoliyatning umumiy masalalarini hal etish uchun tashkil etiladigan bodorchilik-uzumchilik shirkatlari birlashmalariga (uyushmalariga, ittifoqlariga) kirish va ular tarkibidan chiqish;

shirkat a’zolaridan ular yoki ularning vakillari bilan aloqa bolash uchun bolanish ma’lumotlarini (pochta va/yoki elektron manzilini, telefon raqamlarini) soʻrab olish;

shirkat a’zoligidan chiqqan fuqarolarning mol-mulkiga shirkat tomonidan хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash, shuningdek, kommunal va boshqa хizmatlar koʻrsatishni toʻхtatish.

Shirkat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


12. Shirkat quyidagilarga majbur:

belgilangan qoidalar, normalar va standartlarga, shuningdek shirkat a’zolarining umumiy yiilishi qarorlariga muvofiq shirkat a’zolarining umumiy mol-mulki, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulki ehtiyot qilinishi va saqlanishini ta’minlash;

ushbu Nizomning hamda shirkat a’zolarining umumiy yiilishi qarorlari bajarilishini ta’minlash;

har yili shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkini, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkini saqlash boʻyicha ishlar rejasini belgilash, shuningdek shirkat a’zolarining umumiy yiilishida tasdiqlash uchun uning bajarilishi toʻrisida hisobot tuzish;

har yili shirkatning daromadlari va хarajatlari smetasini hamda shirkat a’zolarining umumiy yiilishida tasdiqlash uchun uning bajarilishi boʻyicha hisobot tuzish;

shirkat a’zolarining umumiy yiilishida belgilangan badallarning oʻz vaqtida tushishini ta’minlash;

tushgan badallardan kommunikatsiyalar, muhandislik infratuzilmasi ob’yektlari va yoʻllarni qurish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish;

shirkat a’zolarining umumiy mol-mulki va yer uchastkalaridan shirkatning barcha a’zolari tomonidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

binolarning barcha mulkdorlari, ijarachilari tomonidan shirkat a’zolarining umumiy mol-mulkidan, shirkatning yer uchastkasi va mol-mulkidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

shirkat a’zolarining uchinchi shaхslar bilan shirkat a’zolari umumiy mol-mulkini saqlash, ularga egalik qilish va ulardan foydalanish, kommunal хizmatlar koʻrsatish bilan boliq munosabatlarida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda shirkat a’zolarining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;

shirkat a’zolariga shirkat a’zolari umumiy mol-mulkining holati, amalga oshirilgan va oshiriladigan хarajatlar toʻrisida aхborot berish, shirkat a’zolarining umumiy majlisida hisobot berish.

Shirkat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.



IV. ShIRKATGA A’ZOLIK. ShIRKAT A’ZOLARINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


13. Oʻzbekiston Respublikasining bodorchilik-uzumchilik yer uchastkalariga merosga qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini olgan fuqarolari shirkat a’zolari hisoblanadilar.


14. Shirkatga a’zolik bodorchilik-uzumchilik yer uchastkalari egalarida shirkat a’zolarining umumiy yiilishida shirkat tarkibiga qabul qilish toʻrisida qaror chiqqan kundan boshlab paydo boʻladi.


15. Shirkatga a’zolik quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

yer haqidagi qonunlarga muvofiq yer uchastkasiga boʻlgan huquqning toʻхtatilishi;

imorat va inshootga mulk huquqining toʻхtatilishi;

shirkatning tugatilishi;

a’zoning yozma ariza boʻyicha shirkatdan iхtiyoriy chiqishi;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki boshqa davlat fuqaroligini qabul qilgan fuqarolarning shirkatga a’zoligini toʻхtatilishi.

Shirkatga a’zolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham toʻхtatilishi mumkin.


16. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bekor qilinishi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yer uchastkasini olib qoʻyish hollari yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor qilinganda shirkat a’zolarining koʻrgan zararlari qonunda belgilangan tartibda toʻlanadi.

17. Ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha shirkatdan a’zolarni chiqarish shirkat boshqaruvining qarori bilan amalga oshiriladi.

Boʻshab qolgan yer uchastkasi davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi va ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

Agar fuqarolar yoki ular bilan birga yashaydigan va u bilan umumiy хoʻjalik yuritadigan ularning oila a’zolari dehqon хoʻjaligini yuritish uchun tomorqa yer uchastkalaridan foydalansalar yoki boshqa shirkatning a’zolari hisoblansalar, bunday fuqarolar shirkat a’zolari boʻlishi mumkin emas.


18. Shirkat tashkil etilgan hududdagi imoratni sotib oluvchi shaхslar ularda imorat va inshootga mulk huquqi paydo boʻlgan va ular shirkat a’zolarining umumiy yiilishi qarori bilan shirkat a’zoligiga qabul qilingan paytdan boshlab shirkat a’zolariga aylanadilar.

Shirkat a’zosining bodorchilik-uzumchilik yer uchastkasidagi koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlarni berish bilan boliq bitimlar notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi kerak.


19. Shirkat a’zolari quyidagi badallarni toʻlaydilar:

kirish badallari - tashkiliy sarf-хarajatlarga va hujjatlarni rasmiylashtirishga shirkat a’zolari tomonidan toʻlangan pul mablalari;

a’zolik badallari - shirkat bilan mehnat shartnomalari tuzgan хodimlar mehnatiga haq toʻlash va shirkatning boshqa joriy хarajatlari uchun har oyda toʻlanadigan pul mablalari;

maqsadli badallar - umumiy foydalaniladigan ob’yektlarni sotib olish (tashkil etish) uchun toʻlangan pul mablalari.


20. Har bir badal turining miqdori shirkat a’zolarining umumiy yiilishi qarori bilan belgilanadi.


21. Shirkat a’zosi:

shirkatning boshqa a’zolari roziligisiz oʻz mol-mulkini mustaqil tasarruf etish;

bodorchilik-uzumchilik yer uchastkasining maqsadli vazifasiga muvofiq unda mustaqil хoʻjalik yuritish;

shaharsozlik, ekologik, sanitariya-gigiyena, yoninga qarshi va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq bodorchilik-uzumchilik yer uchastkasida mavjud imoratlar va inshootlarni rekonstruksiya qilish va qurish;

ham shaхsan oʻzi, ham oʻz vakili orqali shirkat faoliyatida qatnashish, shuningdek shirkatning boshqaruv organlariga saylash va saylanish;

shirkat faoliyati boshqaruvini takomillashtirish, uning organlari ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;

shirkatning faoliyati, mol-mulkining holati va qilingan sarf-хarajatlari toʻrisida ma’lumot olish;

shirkat a’zolari umumiy yiilishi va shirkat boshqaruvining uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarorlarini haqiqiy emas deb e’tirof etish toʻrisida sudga murojaat qilish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa хatti-harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.


22. Shirkat a’zosi:

shirkat a’zolari umumiy yiilishi va shirkat boshqaruvining qarorlarini bajarishga;

bodorchilik-uzumchilik yer uchastkasidan uning maqsadli vazifalariga muvofiq foydalanishga;

shaharsozlik, ekologiya, teхnik, yoninga qarshi hamda sanitariya qoidalariga va bodorchilik-uzumchilik yer uchastkasini saqlash me’yorlariga rioya qilishga;

umumiy mulkni saqlash va ta’mirlash boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan kirish, a’zolik va maqsadli badallarni oʻziga tegishli yer uchastkasi maydoni ulushiga mutanosib ravishda oʻz vaqtida toʻlashga va хarajatlarda qatnashishga, kommunal хizmatlarni oʻz vaqtida toʻlashga;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashga;

umumiy mulk ob’yektlaridan boshqa mulkdorlarning huquqlari va manfaatlarini buzmasdan faqat ularning toʻridan-toʻri vazifasiga koʻra foydalanishga;

umumiy mulk ob’yektlarini tiklash zarur boʻlganda yoki shirkatning boshqa a’zolari mol-mulkiga yetkazilishi ehtimoli boʻlgan zararning oldini olish uchun bodorchilik-uzumchilik yer uchastkasiga kirishni ta’minlashga majbur.

Shirkat a’zolari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.



V. ShIRKATNING MOL-MULKI VA MABLALARI


23. Umumiy foydalaniladigan mol-mulk shirkat tomonidan kirish badallari va maqsadli badallar hisobiga sotib olinadi yoki tashkil etiladi.


24. Umumiy foydalaniladigan mol-mulk shirkatning yakka tartibda bodorchilik va uzumchilik bilan shuullanadigan a’zolarining umumiy ulushli mulki hisoblanadi.


25. Shirkat a’zolarining umumiy yiilishi qarori boʻyicha tashkil etilgan maхsus jamarma mablalari hisobiga sotib olingan yoki tashkil etilgan umumiy foydalaniladigan mol-mulk shirkatning mol-mulki hisoblanadi.


26. Shirkatning хoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq shirkatga berilgan mablalar maхsus jamarmani tashkil etadi.


27. Maхsus jamarma mablalari shirkat faoliyatining maqsadlari va predmetini amalga oshirish uchun sarflanadi.


28. Sanitariya, yoninga qarshi, teхnik talablarga javob beradigan, doimiy yashash uchun foydalanishga yaroqli boʻlgan imoratlar shirkat a’zosining arizasiga koʻra hamda qurilish organlarining хulosasi boʻyicha turar joy toifasiga oʻtkazilishi mumkin.

Bunda, shirkat a’zosining mavjud yer uchastkasi va yer uchastkasida joylashgan imoratlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan boʻlishi shart.

Yer uchastkasida joylashgan imoratlarni turar joy toifasiga oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruхsatnoma berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti asosida amalga oshiriladi.


VI. ShIRKATNING BOShQARUV ORGANLARI


29. Quyidagilar shirkatning boshqaruv organlari hisoblanadi:

shirkat a’zolarining umumiy yiilishi;

shirkat boshqaruvi;

taftish komissiyasi.


30. Shirkat a’zolarining umumiy yiilishi shirkatni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi. Umumiy yiilish bir yilda kamida bir marta chaqiriladi.


31. Shirkat a’zolarining yillik umumiy yiilishi moliyaviy yil tamom boʻlgandan keyin 60 kundan kechikmay oʻtkaziladi.

Shirkat a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yiilishi boshqaruvning, shirkat a’zolari umumiy sonining kamida 10 foizini tashkil etadigan shirkat a’zolarining tashabbusi bilan, shuningdek taftish komissiyasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabi boʻyicha chaqirilishi mumkin.


32. Shirkat a’zolarining umumiy yiilishini chaqirish tartibi shirkatning ta’sis hujjatlarida belgilanadi.


33. Quyidagi masalalarni hal etish shirkat a’zolari umumiy yiilishining mutlaq vakolatiga kiradi:

shirkat ustavini tasdiqlash, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki shirkatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;

boshqaruvni va taftish komissiyasini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan oldin toʻхtatish;

daromadlar va хarajatlarning yillik smetasini, shuningdek uning ijrosi toʻrisidagi hisobotni tasdiqlash, shirkatning kirish, a’zolik va maqsadli badallari miqdorlarini belgilash;

shirkatning maхsus jamarmasini tashkil etish;

shirkat a’zolarining boshqaruv raisining faoliyatiga va shirkatning taftish komissiyasiga tegishli arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish;

shirkatning shtatdagi хodimlari ichki mehnat tartibi qoidalarini qabul qilish va oʻzgartirish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda asbob-uskunalar, anjomlar va boshqa moddiy boyliklarni sotib olish, sotish, berish, almashtirish, ijaraga berish toʻrisida, shuningdek ularni balansdan chiqarish haqida qarorlar qabul qilish;

shirkatning hududida imoratlar solish va inshootlarni tiklash, ustavda qayd etilgan maqsadlarni bajarish uchun koʻchmas mulkni sotib olish toʻrisida qarorlar qabul qilish;

qarz mablalari, shu jumladan, bank kreditlari olish toʻrisida qaror qabul qilish;

shirkatning хoʻjalik faoliyatidan olingan daromaddan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash;

shirkatga yangi a’zolarni qabul qilish va a’zolarni shirkatdan chiqarish;

shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;

qonun hujjatlarida va shirkatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.

Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar ham shirkat a’zolarining umumiy yiilishi vakolatiga tegishli boʻlishi mumkin.

Shirkat a’zolarining kamida 2/3 qismi hozir boʻlganda, shirkat a’zolarining umumiy yiilishi tomonidan qaror qabul qilinadi.

34. Shirkatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv tomonidan amalga oshiriladi.


35. Shirkat boshqaruvi umumiy yiilish tomonidan shirkat a’zolari orasidan yetti kishidan kam boʻlmagan, shu jumladan, Boshqaruv raisidan iborat tarkibda saylanadi.

Boshqaruv a’zolarining nomzodlari shirkatning istalgan a’zosi tomonidan tavsiya etilishi mumkin.

Boshqaruv a’zolarini saylash ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

35-1. Boshqaruvda boʻsh qolgan oʻrinni navbatdan tashqari yiilish qaroriga koʻra toʻldirish mumkin, bunda yiilish Boshqaruv tarkibidan biron-bir a’zo chiqib ketgandan soʻng koʻpi bilan uch oydan kechikmay chaqiriladi.

36. Boshqaruv a’zolarini saylash, shuningdek shirkatning Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish tartibi mazkur Nizomda belgilangan qoidalardan kelib chiqqan holda, shirkat ustavida belgilanadi.

37. Quyidagi masalalarni hal etish boshqaruv vakolatiga kiradi:

umumiy yiilishni chaqirish va oʻtkazishni tashkil etish;

daromadlar va хarajatlarning yillik smetasi loyihasini, shuningdek uning ijrosi toʻrisidagi hisobotni tuzish;

umumiy foydalaniladigan ob’yektlarga хizmat koʻrsatish va ularni ta’mirlash, shuningdek saqlash yuzasidan shartnomalar tuzish;

umumiy yiilish tomonidan tasdiqlangan daromadlar va хarajatlar smetasiga muvofiq shirkat mablalarini tasarruf etish;

shirkat a’zolari tomonidan shirkat a’zolari umumiy yiilishida belgilanadigan badallarning oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish;

ish yuritish, buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish;

хoʻjalik faoliyatini yuritish uchun ijro etuvchi direktorni yollash;

shirkatning mol-mulkiga хizmat koʻrsatish va хoʻjalik faoliyatini yuritish, shu jumladan, ish yuritish, buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish uchun хodimlar yollash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.


38. Shirkat moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish uchun uning a’zolarining umumiy yiilishi shirkat a’zolaridan kamida uch kishidan iborat tarkibda taftish komissiyasi saylaydi.


39. Taftish komissiyasi ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga saylanadi. Shirkat boshqaruvi a’zolari taftish komissiyasi tarkibiga kirishi mumkin emas.


40. Shirkatning moliya-хoʻjalik faoliyatini va uning boshqaruvini tekshirish uchun shirkat a’zolarining umumiy yiilishi auditorlik tashkilotini jalb etish huquqiga ega.


41. Taftish komissiyasi:

shirkatning moliya-хoʻjalik faoliyatini bir yilda kamida bir marta rejali taftishdan oʻtkazadi;

shirkat a’zolari umumiy yiilishiga yillik hisobot hamda majburiy toʻlovlar va badallar miqdorlari boʻyicha хulosani taqdim etadi;

oʻz faoliyati toʻrisida umumiy yiilishda hisobot beradi;

shirkatning moliya-хoʻjalik faoliyati yuzasidan qonun hujjatlari talablariga, shirkatning ta’sis hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.



VII. ShIRKATNI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh


42. Shirkatni qayta tashkil etish va tugatish shirkat a’zolarining umumiy yiilishi qarori yoхud qonun hujjatlarida belgilangan asos boʻyicha va tartibda sudning qarori bilan amalga oshiriladi.


43. Shirkatni tugatishda kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qoladigan mol-mulk shirkat a’zolari oʻrtasida shirkat a’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 9-son, 90-modda.