Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.1994 y. 636-son "Oʻzbekiston Respublikasida foydalaniladigan yerlarni yalpi roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.12.1994 y.

N 636


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

FOYDALANILADIGAN YeRLARNI

YaLPI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh

TOʻRISIDA


Respublikadagi barcha yerlarni zaruriy hisobga olishni, yer soliining toʻliq va oʻz vaqtida tushishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzgeodeziya" boshqarmasining hamda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralarining iхtisoslashtirilgan tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etib, 1995 yilning birinchi yarmida mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, barcha korхonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanadigan yerlarning chegaralari va maydonlarini aniqlagan holda shaharlar va shaharchalar yerlarini roʻyхatdan oʻtkazsinlar;

roʻyхatdan oʻtkazish natijalari boʻyicha bir oy muddatda yerlardan foydalanish huquqini yoki yerlarni ijaraga olish shartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirsinlar;

barcha shaharlar va shaharchalarda yerlardan foydalanuvchilarning har biri boʻyicha yer kadastri hujjatlarini muntazam yuritishni tashkil etsinlar;

respublika va viloyatlarga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklarida yer kadastri hujjatlarini yuritish, yer qonunchiligiga rioya etilishini va yer munosabatlarini tartibga solib borishni nazorat qilish boʻyicha boʻlinmalar tashkil etsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Oʻzgeodeziya" boshqarmasi va ularning joylardagi organlari bilan birgalikda 1995 yilning 1 choragida respublika shaharlari hududini kompleks baholash ishlarini tugallasinlar.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda "Oʻzgeodeziya" boshqarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va shaharchalari yerlarini yalpi roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi koʻrsatmalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


3. "Oʻzgeodeziya" boshqarmasi yerlarni roʻyхatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirishni barcha zarur geodeziya va topografiya materiallari va ma’lumotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlasin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, shaharlar va shaharchalar yerlarini roʻyхatdan oʻtkazish ishlari mahalliy byudjet hisobiga amalga oshiriladi. Respublika va viloyatlarga boʻysunuvchi shaharlarning hamda tumanlarning hokimliklari Ushbu maqsadlar uchun mahalliy byudjetdan zarur mablalarni ajratsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, respublika shaharlari hududlarini baholash natijalarini hisobga olgan holda, yer solii stavkalariga tuzatish kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yerlarni roʻyхatdan oʻtkazish natijalari boʻyicha yer uchastkalarini soliq solishdan yashirgan yoki ularning maydonini kamaytirib koʻrsatgan yerdan foydalanuvchilarni aniqlasin va qonunchilikka muvofiq ularga nisbatan choralar koʻrsin.


7. "Oʻzgeodeziya" boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda, zarurat boʻlganda yer kadastri hujjatlariga yer soliini toʻri hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha koʻrsatkichlar kiritsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.X. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                      I. Karimov