Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.02.2013 y. 54-son "Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek ob’yektlarni qurishga ruхsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
25.02.2013 y.
N 54
ShAHARSOZLIK FAOLIYaTINI AMALGA
OShIRISh HAMDA QIShLOQ XOʻJALIGIGA OID
BOʻLMAGAN EHTIYoJLAR UChUN YeR UChASTKALARI
BERISh, ShUNINGDEK OB’YeKTLARNI QURIShGA
RUXSATNOMALAR BERISh TARTIBINI TUBDAN
SODDALAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI
TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaхshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 18 iyuldagi PF-4455-son Farmoniga muvofiq, shuningdek shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari berish tizimini yanada soddalashtirish, ob’yektlarni qurishga ruхsat beruvchi tartibotlar soni, muddatlari va qiymatini tubdan qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagicha tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:
yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash hamda ularni vakolatli organlar bilan kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan "bir oyna" tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi;
berilgan ariza qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida vakolatli organlar tomonidan asosli rad etilmagan taqdirda, berilgan buyurtmanomalar ma’qullangan deb hisoblanadi (murakkablik (хavf)ning maksimal toifasiga ega boʻlgan ob’yektlar bundan mustasno);
yer uchastkalari berish uchun zarur boʻlgan materiallarni tayyorlash va kelishish jarayoniga davlat organlari tomonidan ariza beruvchilarning jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2. Quyidagilar:
Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish ob’yektlarini loyihalashtirish va roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan ob’yektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
yer uchastkalarini tanlash va berish boʻyicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tartibotini amalga oshirishning, shuningdek qurilishga ruхsatnomalar berishning elektron tizimini keng joriy etish;
tumanlar (shaharlar) arхitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) huzuridagi хoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish boʻlimlari faoliyatini takomillashtirish;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
2013 yil 25 fevraldagi
54-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi
Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan
deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq хoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2011 yil 25 maydagi 146-son qarorining 1-bandi ikkinchi хatboshisi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011 y., 5-son, 40-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyati sohasida ruхsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" 2011 yil 29 iyuldagi 222-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi хatboshisi va qarorga 3-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011 y., 7-son, 67-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 32-bandi "a" kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011 y., 11-son, 85-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17 fevraldagi 42-son qaroriga ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2012 y., 2-son, 10-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 maydagi 149-son qaroriga ilovaning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2011 y., 5-son, 37-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 111 va 112-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati QT, 2012 yil, 44-son, 507-modda).
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",
2013 yil 11 mart, 10-son, 125-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",
2013 yil, 2-son, 13-modda