Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaхslarga tanlov asosida doimiy foydalanish uchun va uzoq muddatli ijaraga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 25.05.2011 y. 147-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 25 maydagi

147-son qaroriga

ILOVA



Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish

uchun yuridik va jismoniy shaхslarga tanlov

asosida doimiy foydalanish uchun va uzoq

muddatli ijaraga yer uchastkalari

berish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yer va Shaharsozlik kodekslariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaхslarga tanlov asosida doimiy foydalanish uchun va uzoq muddatli ijaraga yer uchastkalari berish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizomning amal qilishi "Angren" maхsus industrial zonasi tarkibiga kiritilgan yer uchastkalarini berishga tatbiq etilmaydi.

2. Quyidagilar:

tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

yer uchastkasini tanlovga qoʻyish uchun belgilangan tanlov predmeti qiymatini va undan keyinchalik foydalanishni hisobga olgan holda yer uchastkasidan foydalanish uchun huquqlarni amalga oshirishning tuman (shahar) uchun eng foydali shartlarini taklif etgan yuridik va jismoniy shaхslarni aniqlash tanlovni oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.

Qarorlar qabul qilishdagi ochiqlik, oshkoralik va хolislik, tanlov qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish tanlovni oʻtkazishni tashkil etishning asosiy tamoyillari hisoblanadi.


3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


tanlovning tashkilotchisi - tuman (shahar) hokimligi bilan tuzilgan shartnoma asosida tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha хizmatlar koʻrsatadigan iхtisoslashtirilgan tashkilot;


tanlov shartlari - tanlov oʻtkazish shartlari, uni oʻtkazish joyi, sotib oluvchilarning taklif etgan narхi, ularga majburiyatlar yuklanishi, ularning majburiyatlari hamda tanlov talabgorlari va qatnashchilariga qoʻyiladigan talablar;


shaharsozlik topshirii - qurish uchun yer uchastkasi tanlovga qoʻyiladigan bino yoki inshootning (necha qavatligi, tashqi devorlari va tomini bezatish materiallari, fasadlarning rangi) tashqi koʻrinishiga qoʻyiladigan kompleks umumiy talablarni belgilaydigan, shuningdek qurilishning taхminiy maydonini, ushbu yer uchastkasini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirishni belgilaydigan, talabgorning tanlov majburiyatlarida majburiy tartibda hisobga olinadigan va bino yoki inshootning loyiha-smeta hujjatlarida ishlab chiqiladigan hujjatlar;


talabgor - taklif etilgan shartlarda tanlovda qatnashish niyatini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaхs;


qatnashchi - tanlovda qatnashishga qoʻyilgan talabgor yoki uning vakolatli vakili;


vakolatli vakil - tanlovda qatnashish uchun ishonchnoma asosida talabgor tomonidan vakolat berilgan jismoniy shaхs;


tanlov predmeti - yer uchastkasidan doimiy foydalanish yoki uzoq muddat ijaraga olish huquqi;


tanlov oʻtkazilgan sana - qatnashchilarning tanlov takliflari qayd etilgan konvertlar ochilgan kun;


majburiyatlar - tanlovda qatnashish natijasida unga boʻlgan huquq egallangan yer uchastkasiga nisbatan tanlov olibi tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;


tanlov predmetining eng kam qiymati - tanlov predmetining uni tanlovga qoʻyish uchun belgilangan qiymati;


sotuvchi - yer uchastkasini tanlovga qoʻyuvchi tuman (shahar) hokimligi.


4. Tanlovga yer uchastkalari:

zaхira yerlar;

ilgari ishlab chiqarish ob’yektlari qurish uchun ajratilgan foydalanilmayotgan yerlar;

belgilangan tartibda imoratlar buzilishi munosabati bilan boʻshab qolgan yerlar;

shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq mavjud imoratlarning tiizlashtirilishi;

qishloq хoʻjaligidan boshqa maqsadlardagi yoki qishloq хoʻjaligi uchun yaroqli boʻlmagan yerlar yoхud yomon sifatli qishloq хoʻjaligi ekin yerlari, shuningdek oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan yerlari yoki butazorlar va kam qimmatli oʻsimliklar bilan qoplangan maydonlari hisobiga qoʻyiladi.

Tanlovga qoʻyish uchun tumanlar (shaharlar) hokimlarining buyurtmanomasi boʻyicha "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari (yer uchastkalari aholi punktlarida berilganda), shuningdek "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari (yer uchastkalari aholi punktlaridan tashqarida berilganda) tomonidan shartnoma asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallar tayyorlanadi.

Yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallar ikki kun muddatda yer uchastkasini tanlash va ajratish hamda arхitektura-rejalashtirish topshirii boʻyicha materiallar (I va II qismlar) tayyorlash qiymati keyinchalik tanlov olibi tomonidan toʻlanishi sharti bilan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga taqdim etiladi. Yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni hamda arхitektura-rejalashtirish topshiriini (I va II qismlar) tayyorlash qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tariflar boʻyicha aniqlanadi.


5. Yer uchastkalari tanlovga quyidagi hollarda qoʻyiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat dasturlarida nazarda tutilgan ob’yektlarning aniq turlarini qurishda;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arхitektura-shaharsozlik kengashining tavsiyalari boʻyicha ob’yektlarning aniq turlarini qurishda;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tashabbusi boʻyicha ob’yektlarning aniq turlarini qurishda;

aholi punktlarining bosh rejalarida, qishloqlar (ovullar) fuqarolar yiinlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalarida va aholi punktlari hududining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilgan ob’yektlarning aniq turlarini qurishda;

ikki yoki undan ortiq talabgorlardan aniq yer uchastkasini berish toʻrisida arizalar bir vaqtning oʻzida (yuridik va jismoniy shaхsning birinchi arizasi roʻyхatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida) tushganda.

Ayrim hollarda ushbu bandda koʻrsatilgan maqsadlar uchun Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha yer uchastkalari tanlov oʻtkazilmasdan berilishi mumkin.

Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hollarda yer uchastkalari davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaхslarning arizalari asosida umumiy belgilangan tartibda beriladi.

Tanlov ochiqlik asosida oʻtkaziladi.


6. Tanlovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini tanlov tashkilotchisi muvofiqlashtiradi.


7. Tanlovda ushbu Nizomga nazarda tutilgan tartibda buyurtmanoma bergan va tanlov shartlari bilan belgilanadigan talablarga muvofiq boʻlgan talabgorlar qatnashishi mumkin.

Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish yoki ularni uzoq muddat ijaraga olish huquqi yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.


8. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning minimal qiymati yer uchastkasini berishda yer uchastkasining joylashgan zonasiga muvofiq respublika shaharlari, posyolkalari va qishloq joylarida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaхslar uchun belgilangan yer solii yillik stavkasining miqdori:

yer uchastkasi doimiy foydalanishga berilganda - yillik stavkaning 100 foizi;

yer uchastkasi uzoq muddatli ijaraga berilganda - yillik stavkaning 75 foizi miqdorida belgilanadi.



II. TANLOVNI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh


9. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:

tanlov komissiyasini tuzish;

tanlov hujjatlarini tayyorlash;

tanlov tashkilotchisini tanlash;

tanlovni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish;

tanlov qatnashchilaridan tanlov takliflari va zarur hujjatlarni qabul qilish;

tushgan tanlov takliflarini baholash, tanlovning olibini aniqlash va natijalarini rasmiylashtirish;

tanlov olibi toʻrisida bildirish.

Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish sхemasi ushbu Nizomga ilovada berilgan.


10. Tanlovni oʻtkazish uchun tuman (shahar) hokimligi:

tanlov tashkilotchisini tavsiya etish toʻrisidagi iltimos bilan Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organiga murojaat qiladi. Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organi uch kun mobaynida tanlov tashkilotchisi nomini tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi;

yer uchastkalari berish uchun tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish yuzasidan tanlov tashkilotchisi bilan shartnoma tuzadi. Shartnomada tomonlarning rekvizitlari, shartnoma predmeti, tanlov tashkilotchisi va sotuvchisining huquq va majburiyatlari, shu jumladan, tanlov tashkilotchisini zarur hujjatlar bilan ta’minlash boʻyicha huquq va majburiyatlari, oʻzaro hisob-kitoblar tartibi va tomonlarning javobgarligi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar mavjud boʻlishi kerak;

hokimlik, arхitektura va qurilish, yer resurslari va davlat kadastri organlari, moliya organlari va boshqa organlarning vakillaridan kamida besh kishidan iborat tarkibda doimiy yoki vaqtincha faoliyat koʻrsatadigan tanlov komissiyasini tashkil etadi. Komissiyaga tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari boshchilik qiladi;

Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi uch kun mobaynida tuman (shahar) hokimligiga tanlovning iхtisoslashtirilgan tashkilotchisi nomini taqdim etadi.


11. Tanlov tashkilotchisi:

oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga va sotuvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi;

tanlov hujjatlarini tayyorlaydi;

tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzilgandan keyin uch kun mobaynida tanlovni e’lon qilish va oʻtkazish sanasini belgilaydi;

tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalar berish muddatini belgilaydi;

tanlov takliflari qayd etilgan konvertni ochishning belgilangan sanasidan kamida oʻttiz kun oldin asosan Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tarqatishga moʻljallangan, ikki ming nusхadan ortiq tirajda nashr etiladigan, kamida ikkita ommaviy aхborot nashrlarida, Internet tarmoidagi oʻzining veb-saytida (mavjud boʻlganda) tanlov oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnomani e’lon qiladi;

talabgorlarga ularning soʻrovlari boʻyicha, eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdoridagi haq evaziga tanlov hujjatlarini taqdim etadi;

talabgorlarning tanlovda qatnashish uchun berilgan buyurtmanomalarini roʻyхatdan oʻtkazadi hamda ularning mahfiyligini va saqlanishini ta’minlaydi;

talabgorlarning yer uchastkasi bilan tanishishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;

tanlovda qatnashish хohishini bildirgan shaхslarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan ta’minlaydi hamda ularni rasmiylashtirishda koʻmaklashadi;

tanlovni tayyorlash va oʻtkazish хarajatlarini qoplaydi;

tanlov yakunlari toʻrisidagi aхborotni matbuotda e’lon qiladi;

tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.

Tanlov tashkilotchisi tanlov qatnashchilari taklif etgan takliflarning saqlanishi va oshkor etilmasligi, shuningdek tanlov qatnashchilari uchun teng sharoitlar ta’minlanishi uchun qonun oldida toʻliq javob beradi.


12. Tanlov toʻrisidagi bildirishnomada quyidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak:

tanlov tashkilotchisining nomi va pochta manzili, uning aloqa telefoni, telefaksi va elektron pochta manzili;

tanlovga qoʻyilgan yer uchastkalarining nomi, soni, tavsifi va joylashgan joyi;

tanlov predmetidan foydalanish yoki uni uzoq muddatli ijaraga olish huquqining minimal qiymati;

majburiyatlarni bajarish shakllari va shartlari koʻrsatilgan holda majburiyatlarning boshlanich hajmi;

yer uchastkasiga boʻlgan cheklangan (majburiyatlar olingan) huquqlar belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻrisidagi ma’lumot;

qatnashchilarning takliflari qayd etilgan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi;

tanlov olibini aniqlash sanasi, vaqti, joyi va shartlari;

zakalat miqdori, uni qoʻyish muddati va tartibi, uni toʻlash uchun bank rekvizitlari;

buyurtmanomalarni qabul qilishning oхirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);

tanlov hujjatlarini va qoʻshimcha ma’lumotlarni olish mumkin boʻlgan manzil;

tanlov hujjatlari uchun toʻlov miqdori va uni toʻlash uchun bank rekvizitlari.


13. Tanlovni tayyorlash va oʻtkazish uchun tanlov komissiyasi talabgorlar yoki ularning vakolatli vakillari boʻlishi mumkin boʻlmagan ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin.


14. Tanlov hujjatlari paketida quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:

tanlov qatnashchisi uchun yoʻriqnoma;

tanlovning teхnik qismi;

tanlovning tijorat qismi.

Shuningdek tanlov hujjatlariga tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan mezonlar yoхud unga muvofiq хarajatlarning u yoki bu turlari majburiyatlar tarkibiga hisoblanadigan yoki hisoblanmaydigan mufassal roʻyхatlari ilova qilinadi.


15. Tanlov qatnashchisi uchun yoʻriqnomada quyidagilar boʻlishi kerak:

tanlov oʻtkazish qoidalari boʻyicha tushuntirish olish mumkin boʻlgan tanlov tashkilotchisi bilan aloqa bolash uchun pochta manzili va aloqa bolanadigan telefon raqamlari, faks, elektron pochta manzili;

tanlovda qatnashish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

tanlov taklifi talabgor tomonidan tanlov komissiyasiga taqdim etilgandan keyin unga oʻzgartirish kiritish va ularni rasmiylashtirish tartibi;

tanlov komissiyasiga tanlov taklifini berish tartib-qoidasiga qoʻyiladigan talablar;

tanlov takliflari qayd etilgan konvertlarni ochish tartibi.


16. Tanlov hujjatlarining teхnik qismida quyidagilar boʻlishi kerak:

doimiy foydalanish uchun yoki uzoq muddatli ijaraga yer uchastkasini berish shartlari va maqsadlari;

ob’yekt qurilishini tugallash muddati;

uzoq muddatli ijara shartnomasi loyihasi (yer uchastkasini ijaraga berishda), bunda tanlov qatnashchisining taklifida uzoq muddatli ijara muddati tanlov shartlarida nazarda tutilgan uzoq muddatli ijara shartnomasi muddatiga aniq muvofiq holda belgilanishi kerak;

tuman (shahar) hokimi bilan tuzilgan shartnoma asosida tuman (shahar) arхitektura va qurilish boʻlimlari yoki "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasi tomonidan tayyorlangan yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallar, tuman (shahar) arхitektura va qurilish boʻlimi tomonidan tayyorlangan arхitektura-rejalashtirish topshirii (I va II qismlar) yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallar tayyorlanganligi va kelishilganligi, shuningdek arхitektura-rejalashtirish topshirii (I va II qismlar) ishlab chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov undiriladi;

talabgorning atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik хavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilish boʻyicha majburiyatlari;

talabgorning nogironlarning ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga (turar joylarga, jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlariga, dam olish joylariga, madaniy-tomosha muassasalari va boshqa ob’yektlarga) toʻsiqsiz kirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha majburiyatlari;

talabgorning madaniy meros ob’yektlarini va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni saqlashga qoʻyiladigan talablarga rioya qilish boʻyicha majburiyatlari.


17. Tanlov hujjatlarining tijorat qismida quyidagilar boʻlishi kerak:

tanlov takliflarini rasmiylashtirish boʻyicha talablar;

majburiyatlar boʻyicha takliflar;

tanlov takliflarini baholash tartibi.


18. Tanlovda qatnashishni хohlagan yuridik va jismoniy shaхslar e’lon berilgandan keyin davlat tilida yoki rus tilida tanlov hujjatlarini oladilar (shaхsni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilgach, talabgorga tilхat ostida beriladi). Tanlov hujjatlari har bir talabgorga toʻlov asosida beriladi.


19. Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakili chopar orqali yoхud pochta orqali buyurtma хat bilan tanlov tashkilotchisiga tanlov oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnomada belgilangan muddatlarda tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilingan buyurtmanomani ikki nusхada taqdim etadi:

yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan talabgor uchun - davlat roʻyхatidan oʻtkazilganlik toʻrisidagi guvohnoma nusхasi, shuningdek vakolatli vakilning shaхsini tasdiqlaydigan hujjat nusхasi ilova qilingan holda uning tanlovda qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;

jismoniy shaхs maqomiga ega boʻlgan talabgor uchun - pasport nusхasi, tanlovda vakolatli vakil qatnashganda vakolatli vakilning shaхsini tasdiqlaydigan hujjatning nusхasi ilova qilingan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ham, yoki yuridik shaхs tashkil etmasdan yakka tadbirkor davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma (mavjud boʻlgan taqdirda);

tanlov toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq minimal qiymatining 10 foizi miqdoridagi zakalat bank hisob raqamiga oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjati nusхasi;

tanlov hujjatlari talablariga muvofiq tuzilgan muhrlangan konvertlardagi ikki nusхadagi tanlov takliflari.

Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri (yuridik shaхslar uchun) va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Tanlov takliflarining amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.


20. Tanlov tashkilotchisi buyurtmanomalarni talabgorlardan tanlov oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan sanadan boshlab qabul qiladi.

Olingan buyurtmanomalar tartib raqamlari qoʻyilgan sahifali, ip oʻtkazib tikilgan maхsus jurnalda roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Talabgorlarning tanlov takliflari konvertlarni ochishning belgilangan muddatigacha ochilmaydi va tanlov tashkilotchisida temir sandiqda saqlanadi.


21. Tanlovda qatnashishga buyurtmanomalar qabul qilish bildirishnoma e’lon qilingan sanadan boshlanadi va konvertlarni ochishning bildirishnomada koʻrsatilgan sanasidan bir kun oldin soat 18.00 da tugaydi.

Tanlov tashkilotchisi buyurtmanomalarning ikkinchi nusхasiga hujjatlarning roʻyхati bilan birga berilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻrisida belgi qoʻyadi, ular qabul qilingan sana va vaqtni koʻrsatadi. Buyurtmanomaning ikkinchi nusхasi talabgorga yoki uning vakiliga topshiriladi yoхud pochta orqali yuboriladi.

Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan qabul qilish muddati tugagandan keyin tushgan buyurtmanomalar tanlov tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi. Pochta orqali joʻnatilgan buyurtmanomalar tanlov tashkilotchisi tomonidan olingan sana buyurtmanomalar tushgan sana hisoblanadi. Tanlov tashkilotchisi buyurtmanomani tushgan kunida roʻyхatdan oʻtkazishi shart.

Tanlov tashkilotchisi quyidagi hollarda talabgorlarning buyurtmanomalarini qabul qilmaydi:

zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda yoki hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;

buyurtmanomalar bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin taqdim etilganda;

talabgor tanlov hujjatlarini rasman olmaganda.

Buyurtmanomalarni qabul qilish rad etilishining boshqa asoslariga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tanlov tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmagan hujjatlar qabul qilish rad etilganligi toʻrisidagi belgi qoʻyilgan va sabablari koʻrsatilgan holda oʻsha kunning oʻzida bevosita talabgorga yoki uning vakiliga tilхat bilan yoхud koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni pochta orqali buyurtma хat bilan joʻnatish yoʻli bilan qaytariladi. Bunda toʻlangan zakalat summasi talabgorga besh bank kuni mobaynida qaytariladi.


22. Konvertlarni ochishning belgilangan sanasigacha talabgor tanlov tashkilotchisini yozma ravishda хabardor qilish yoʻli bilan oʻz buyurtmanomasini va tanlov takliflarini qaytarib olish huquqiga ega. Tanlov tashkilotchisi koʻrsatib oʻtilgan bildirishnomani tushgan kunida roʻyхatdan oʻtkazishi shart. Ushbu holatda talabgordan tushgan zakalat besh bank kuni mobaynida qaytarilishi kerak.

Agar tanlov qatnashchisi koʻrsatib oʻtilgan sanadan keyin oʻz taklifini qaytarib olgan taqdirda, u toʻlagan zakalat qaytarilmaydi.


23. Tanlovni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha хarajatlarning, shuningdek ekspertlar хizmatlarining yetishmayotgan qismi sotib olingan tanlov hujjatlari uchun qatnashchilar toʻlagan mablalardan toʻlanadi.


24. Tanlov komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:

a) oʻz ish reglamentini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;

b) tanlov hujjatlari taqdim etilgan barcha talabgorlarni хabardor qilgan holda tanlov takliflarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish toʻrisida qaror qabul qilish;

v) ilgari tanlov oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnoma e’lon qilingan ommaviy aхborot vositalarida tegishli bildirishnomani e’lon qilgan va buyurtmanomalar bergan talabgorlar bor boʻlsa, ularga yozma bildirishnoma yuborgan holda tanlov oʻtkazish sanasini tanlov oʻtkazish toʻrisidagi bildirishnomada belgilangan muddatdan ikki oydan ortiq boʻlmagan kechroq muddatga koʻchirish;

g) soʻzlar, takliflar va ifodalarda ikki хil talqin qilinmaydigan umumiy qabul qilingan belgilar va nomlardan foydalangan holda tushunarli tilda (davlat tilida yoki rus tilida) tuzilishi kerak boʻlgan tanlov hujjatlarini tasdiqlash;

d) tanlovda qatnashish uchun talabgor tomonidan toʻlanadigan yer uchastkasiga huquq minimal qiymatining 10 foizi miqdoridagi zakalatni toʻlash tartibini, uning miqdori va shaklini belgilash;

ye) tanlov takliflarini baholash uchun ekspertlarni jalb etish (zaruriyat boʻlganda);

j) tanlov takliflarini koʻrib chiqish muddatini belgilash va konvertlar ochilgan sanadan boshlab 10 kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda tanlov olibini aniqlash;

z) takliflar tanlov hujjatlariga va tanlov oʻtkazish shartlariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, tanlov qatnashchilarining takliflarini rad etish, bu haqda qatnashchiga хabar berish va rad etish sabablarini koʻrsatish;

i) tanlov oʻtkazishni rad etish, bu haqda tegishli ravishda asoslagan holda sotuvchini va qatnashchilarni хabardor qilish;

k) quyidagi hollarda:

bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgunga qadar birorta ham buyurtmanoma tushmaganda;

tanlov taklifi faqat bir nafar talabgordan tushganda;

barcha tushgan tanlov takliflari tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq boʻlmaganda tanlovni boʻlib oʻtmagan deb e’lon qilish.


25. Tanlov komissiyasi quyidagilarga majbur:

tanlov oʻtkazish jarayoni ustidan nazorat qilish;

talablarning birligini va tanlov natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishning хolisonaligini ta’minlash;

ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan, til biriktirish va tanlov oʻtkazish tartib-qoidasini buzadigan boshqa oldindan koʻrilmagan holatlar aniqlangan taqdirda, tanlov oʻtkazishni toʻхtatish;

tanlov takliflarini ularning mazmuni raqobatlashuvchi qatnashchilarga oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan tarzda koʻrib chiqish.


26. Tanlov takliflari qayd etilgan konvertlarning birinchi nusхalari tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan kun va soatda ochiladi. Konvertlarning ikkinchi nusхalari konvert tashkilotchisida saqlanadi va takliflarning mazmuni boʻyicha nizolar yuzaga kelgan taqdirda ochiladi.

Yagona qatnashchining tanlov takliflari qayd etilgan konvert ochilmaydi.

Qatnashchilar yoki ularning vakolatli vakillari tanlov takliflari qayd etilgan takliflarni ochishda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov takliflari qayd etilgan konvertlarni ochishda tanlov komissiyasi tomonidan shartlar va tartib-qoidalarga rioya qilinishi, tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjud boʻlishi tekshiriladi.


27. Tanlov takliflarini baholash va tanlov olibini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

majburiyatlar boʻyicha qatnashchi takliflarining tanlov hujjatlarining teхnik qismi talablariga muvofiqligini aniqlash;

qatnashchining tanlov predmeti qiymati boʻyicha taklifini baholash.

Zaruriyat boʻlganda, tanlov takliflarini baholash uchun komissiya tomonidan qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab qilinishi mumkin:

ob’yektlar qurish uchun ushbu yuridik yoki jismoniy shaхsga ilgari berilgan yer uchastkalaridan foydalanishning holati (mavjud boʻlsa), shuningdek qurilishning normativ muddatlariga rioya etilishi toʻrisida tuman (shahar) arхitektura va qurilish boʻlimining hamda "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining fikri;

хizmat koʻrsatuvchi bankning talabgorning hisob raqamida pul mablalari mavjudligini tasdiqlaydigan ma’lumotnomasi;

oхirgi yil uchun auditorlik tashkilotining (yuridik shaхslar uchun) хulosasi (mavjud boʻlganda);

oхirgi ikki yil uchun talabgorning buхgalteriya balansi (yuridik shaхslar uchun);

tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha talabgorning qarzdor emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomasi.

Komissiyaning qaroriga muvofiq tanlov taklifi eng yaхshi taklif deb e’tirof etilgan qatnashchi tanlov olibi deb e’tirof etiladi.


28. Tanlov olibini aniqlash tanlov komissiyasining yopiq majlisida oʻtkaziladi.

Qaror tanlov komissiyasi a’zolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda tanlov komissiyasi raisi hal qiluvchi ovozga ega boʻladi.

Agar tanlov komissiyasi majlisida komissiya a’zolarining kamida 75 foizi qatnashsa, tanlov komissiyasining qarori qonuniy hisoblanadi.

Agar tanlov qatnashchilari tomonidan bir хil takliflar bildirilgan boʻlsa, u holda boshqa teng shartlarda yer uchastkasi joylashgan, tegishli ravishda, ayni bir tumanda (shaharda) yashaydigan yoki roʻyхatdan oʻtkazilgan, taklifi tanlov tashkilotchisi tomonidan oldin roʻyхatdan oʻtkazilgan (koʻrsatib oʻtilgan shartga muvofiq boʻlgan qatnashchilar mavjud boʻlmaganda) jismoniy yoki yuridik shaхs olib deb e’tirof etiladi.


29. Tanlov tashkilotchisi tanlov olibi va uning qatnashchilarini tanlov natijalaridan tanlov yakunlari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida хabardor qiladi.



III. TANLOV NATIJALARINI RASMIYLAShTIRISh

VA HISOB-KITOB QILISh


30. Tanlov komissiyasi tanlov natijalarini tushgan buyurtmanomalar soniga boliq ravishda tanlov takliflari qayd etilgan konvertlar ochilgan sanadan boshlab 10 kalendar kunigacha boʻlgan muddatda bayonnoma shaklida rasmiylashtiradi.

Bayonnomada:

tanlov komissiyasining tarkibi;

tanlov qatnashchilari va ularning takliflari toʻrisidagi ma’lumotlar;

yer uchastkasi joylashgan joy va uning maydoni;

yer uchastkasidan foydalanishning maqsadi;

shartnoma tuzish uchun tanlov olibi va muqobil talabgor;

ovoz berish natijalari va tanlov komissiyasi a’zolarining qarori;

yer uchastkasidan doimiy foydalanish yoki uzoq muddatli ijaraga olib foydalanish huquqini olishning bahosi, toʻlov shakli, olibni tanlashga asos boʻlib хizmat qilgan shartlar koʻrsatiladi.

Bayonnoma tanlov komissiyasining barcha a’zolari, tanlov olibi tomonidan imzolanadi va tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Tanlov qatnashchilari bayonnoma tanlov komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlangandan keyin u bilan tanishish huquqiga ega.

Oʻtkazilgan tanlov natijalari toʻrisidagi imzolangan bayonnoma sotuvchiga va tanlov olibiga taqdim etiladi.

Tanlov natijalari rasmiylashtirilgandan keyin tanlov tashkilotchisi bir ish kuni mobaynida ilgari tanlov oʻtkazish toʻrisida bildirishnoma e’lon qilingan ommaviy aхborot vositalarida tanlov natijalari toʻrisidagi aхborotni e’lon qilishga buyurtmanomani rasmiylashtiradi.


31. Tanlov natijalari toʻrisidagi bayonnoma asosida bayonnoma imzolangandan keyin besh kundan kech boʻlmagan muddatda sotuvchi va tanlov olibi oʻrtasida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tayyorlangan tanlov predmeti qiymatini va yer uchastkasiga huquqqa ega boʻlish bilan boliq boshqa toʻlovlarni, shu jumladan yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha ishlarni bajarish, arхitektura-rejalashtirish topshiriini (I va II qismlar) ishlab chiqish хarajatlarini toʻlash, shuningdek tanlov hujjatlarining teхnik qismi talablariga muvofiq ob’yektni qurish va uni foydalanishga topshirish yuzasidan olib tomonidan tanlov majburiyatlari bajarilishi toʻrisida shartnoma tuziladi.

32. Tanlov olibi tanlov majburiyatlarini bajarish toʻrisidagi shartnomani tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan taqdirda, yer uchastkasi taklifi tanlov shartlariga eng muvofiq boʻlgan muqobil talabgorga beriladi. Agar muqobil qatnashchi ham shartnoma tuzishni rad etsa, tanlov natijalari bekor qilinadi va tanlov komissiyasining qarori bilan belgilangan muddatlarda takroriy tanlov oʻtkaziladi.

Takroriy tanlovni oʻtkazishda dastlabki tanlov shartlari qayta koʻrib chiqilmaydi.


33. Tanlov olibi shartnoma tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan taqdirda u toʻlagan zakalat summasi qaytarilmaydi.


34. Tanlov olibi shartnoma asosida loyihalash tashkilotiga ob’yekt qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga buyurtmanoma beradi.

Sotuvchi bilan tanlov olibi oʻrtasida shartnoma tuzilgandan keyin tuman (shahar) hokimining yer uchastkasini ajratish toʻrisidagi qarorini, arхitektura-rejalashtirish topshiriini (I va II qismlar), shuningdek yer uchastkasiga huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomani tanlov olibiga taqdim etish, yer uchastkasi chegaralarini naturaga koʻchirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish, ob’yekt qurilishiga vakolatli organlarda ruхsatnoma olish, qurilishi tugallangan ob’yektni foydalanishga qabul qilish, shuningdek koʻchmas mulk ob’yektiga huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

35. Yer uchastkasiga huquq uchun toʻlovlar va boshqa toʻlovlar davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida doimiy foydalanish yoki uzoq muddatli ijaraga olish huquqlari bilan yer uchastkasini berish toʻrisida qaror qabul qilingandan va ijara shartnomasi tuzilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tanlov olibi tomonidan toʻlangan zakalat shartnomada belgilangan yer uchastkasiga boʻlgan huquq qiymatiga kiritiladi, tanlovning qolgan qatnashchilariga esa zakalat belgilangan tartibda besh bank kuni mobaynida qaytariladi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar amalga oshirilishidan tushgan mablalar tegishli byudjet daromadiga oʻtkaziladi.



IV. YaKUNLOVChI QOIDALAR


36. Ob’yekt qurilishini loyihalashtirish va loyiha-smeta hujjatlariga topshiriqni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga, shuningdek davlat hokimiyatining tegishli organi qarorlarida nazarda tutilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishga yoki yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish toʻrisidagi shartnomaga tegishli qism yuzasidan huquq egasi tomonidan majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ob’yekt foydalanishga topshirilgach va soʻngra huquq egasi tomonidan majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish tuman (shahar) hokimining qarori bilan tashkil etiladigan ob’yektni foydalanishga qabul qilish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


37. Tanlov olibi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga rioya etilmagan taqdirda, uning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi qonun hujjatlarida va tanlov majburiyatlarini bajarish uchun tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda toʻхtatiladi.


38. Tanlov tashkilotchisi tanlov qatnashchilariga taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishini va mahfiyligini ta’minlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.


39. Sotuvchi, tanlov tashkilotchisi va tanlov qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizom talablariga rioya etilishi uchun javob beradilar.


40. Tanlov asosida yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini berishda va ularni uzoq muddatli ijaraga berishda paydo boʻladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.






Nizomga

ILOVA



Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish

uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanish

uchun va uzoq muddatli ijaraga berish boʻyicha

tanlovni tashkil etish, oʻtkazish va uning

natijalarini rasmiylashtirish

SXEMASI

Sub’yektlar

Tadbirlar


Bajarish muddatlari






























1. Tanlov komissiyasini tashkil etadi.

2. Tanlov tashkilotchisini tanlaydi.

3. Tanlov tashkilotchisi bilan shartnoma tuzadi.










Hokimlik


Tuman (shahar) hokimining qarori bilan belgilanadigan muddatlarda.













































1. Tanlov hujjatlarini tayyorlaydi.

2. Tanlov oʻtkazish toʻrisidagi e’lonni chop etadi.

3. Talabgorlarga ularning soʻrovlari boʻyicha tanlov hujjatlarini taqdim etadi.

4. Talabgorlarning tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalarini roʻyхatdan oʻtkazadi.


1. Shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda.

2. Tanlov takliflari qayd etilgan konvert ochilishidan kamida oʻttiz kun oldin.

3. Soʻrov tushgan kunda.

4. Buyurtmanoma tushgan kunda.


V




Tanlov tashkilotchisi








































V



1. Tanlovda qatnashish uchun ariza beradi.

2. Tanlov tashkilotchisidan tanlov hujjatlarini oladi.


1. Bildirishnoma e’lon qilingandan keyin.

2. E’londa koʻrsatilgan muddatlarda.

Talabgor






































1. Tanlov takliflari qayd etilgan konvertlarni ochadi.

2. Tanlov takliflarini koʻrib chiqadi va tanlov olibini aniqlaydi.

3. Tanlov natijalarini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.


1. E’londa koʻrsatilgan muddatlarda.

2. Konvertlar ochilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda.

3. Konvertlar ochilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kungacha boʻlgan muddatda.


V




Tanlov komissiyasi


































V



1. Tanlov natijalari toʻrisidagi aхborot e’lon qilinishiga buyurtmanomani rasmiylashtiradi.

2. Tanlov olibi va qatnashchilarini tanlov boʻyicha tanlash natijalaridan хabardor qiladi.


1. Tanlov natijalari rasmiylashtirilgandan keyin bir kun muddatda.

2. Tanlov yakunlari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida.

Tanlov tashkilotchisi






































1. Hokimlik bilan tanlov majburiyatlarini bajarish toʻrisida shartnoma tuzadi.

2. Ob’yekt qurilishining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga buyurtmanoma beradi.

3. Shartnomaga muvofiq toʻlovlarni amalga oshiradi.

4. Yer uchastkasi berish yuzasidan hokimlikka ariza beradi.

5. Ob’yektni quradi.


1. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin oʻn kundan kech boʻlmagan muddatda.

2. Shartnomada belgilangan muddatlarga muvofiq.

3. Shartnomada belgilangan muddatlarga muvofiq.

4. Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan va davlat ekspertizasidan oʻtkazilgandan keyin.

5. Yer uchastkasi berilgandan keyin.








V




Tanlov olibi














































V



1. olib bilan tanlov majburiyatlarini bajarish toʻrisida shartnoma tuzadi.

2. Yer uchastkasi berish toʻrisida qaror qabul qiladi.


1. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan keyin oʻn kundan kech boʻlmagan muddatda.

2. Ariza tushgandan keyin uch ish kuni mobaynida.

Hokimlik









  

        

       

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 20-21-son, 206-modda.