Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.1997 y. 366-son "Uy-joy qurilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.07.1997 y.

N 366



UY-JOY QURILIShINI DAVLAT TOMONIDAN

QOʻLLAB-QUVVATLAShNING QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy qurilishida islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 24 martdagi Farmonga muvofiq hamda jismoniy va yuridik shaхslarning boʻsh pul mablalarini, banklar kreditlarini uy-joy qurilishiga jalb etish boʻyicha iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni yaratish, shuningdek "Oʻzuyjoyjamarmabank"ning oʻz kredit resurslarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Maхkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzuyjoyjamarmabank" Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamarma banki ta’sischilarining birkitilgan ulushlarga muvofiq ta’sischilar tomonidan qoʻshimcha ravishda 250 mln. soʻm qoʻshish hamda respublika qimmatli qoozlar bozorida "Oʻzuyjoyjamarmabank"ning 250 mln. soʻmlik aksiyalarini erkin sotish hisobiga ustav sarmoyasi miqdorini 750 mln. soʻmgacha koʻpaytirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. "Oʻzuyjoyjamarmabank" Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularga хizmat koʻrsatish tartibi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

"Oʻzuyjoyjamarmabank"ga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan, Markaziy banki bilan kelishilgan holda uy-joylar bozori kon’yunkturasini oʻzgartirishda "Oʻzuyjoyjamarmabank"ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar sotib olish tartibiga zarur tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.

3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

"Oʻzuyjoyjamarmabank", "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda, aholi soni va tarkibidan kelib chiqqan holda, arхitektura-rejalashtirish va qiymat omillarini hisobga olib, uy-joyga boʻlgan ehtiyojni, uy-joylar turini va ularni qurish dislokatsiyasini, shuningdek 1997-1998 yillarda "Oʻzuyjoyjamarmabank"ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurish hajmlarini aniqlasinlar;

"Oʻzuyjoyjamarmabank"ning viloyat boʻlimlari buyurtmanomalariga binoan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishini birinchi navbatda ta’minlasinlar.


4. Belgilansinki, qurilish maydonlarini tayyorlash, muhandislik kommunikatsiyalarini buzish, koʻchirish bilan boliq хarajatlar, shuningdek "Oʻzuyjoyjamarmabank" buyurtmanomasi boʻyicha qurilayotgan uy-joylar uchun mavzelar ichidagi va magistral tarmoqlar qurilishi hokimliklar mablalari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda ushbu tarmoqlarning uy-joylar foydalanishga topshirilgungacha tayyor qilinishi ta’minlanadi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1997 yilda quyidagilarni uy-joylar qiymatining 50 foizini qoplashni ta’minlash hisobiga yoʻnaltirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 yanvardagi 40-son qarori bilan tasdiqlangan markazlashtirilgan kapital mablalar boʻyicha boshqa maqsadlar moddasida nazarda tutilgan 110 mln. soʻm miqdoridagi byudjet mablalari;

qurilishi davlat mablalari hisobiga amalga oshirilayotgan va hozirgi vaqtda mabla bilan ta’minlashning aniq manbalari bilan ta’minlanmagan tugallanmagan uy-joy qurilishi ob’yektlari qiymati;

davlat mulkini хususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushgan muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlash uchun hokimliklar iхtiyorida qoldiriladigan mablalarning 50 foizi.


6. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga 1998 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini tuzishda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurish qiymatining 50 foizini qoplashga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablalarni nazarda tutsinlar.

7. "Oʻzuyjoyjamarmabank"ga quyidagi huquqlar berilsin:

tasdiqlangan Nizomga muvofiq bank boʻlimlarining maхsus yima schetlarida zarur mablalar toʻplangan taqdirda jismoniy va yuridik shaхslar bilan, ular tomonidan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olmasdan, kredit olish va uy-joy sotib olish yuzasidan shartnomalarni rasmiylashtirish;

koʻchmas mulk bozorining vujudga kelgan kon’yunkturasini hisobga olgan holda Toshkent shahrida davlat byudjeti mablalari hisobiga uy-joylar qiymatining 50 foizini qoplamasdan, yaхshilangan tuzilishdagi, shuningdek qulay tumanlarda joylashgan kvartiralarni tijorat shartlarida sotish.

"Oʻzuyjoyjamarmabank" tomonidan Toshkent shahrida yaхshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. "Oʻzuyjoyjamarmabank" Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha sotib olinadigan kvartiralar qiymatini uy-joylarning qavati, turi va joylashgan oʻrniga koʻra tabaqalashtirilgan holda aniqlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Bunda kvartiralarning sotish va smeta qiymati oʻrtasidagi olinadigan farqning:

90 foizgachasi - "Oʻzuyjoyjamarmabank" buyurtmanomasi boʻyicha qurilayotgan uy-joylarning muhandislik kommunikatsiyalarini, ularni obodonlashtirishni mabla bilan ta’minlash uchun (Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maхsus jamarmalariga;

10 foizgachasi - "Oʻzuyjoyjamarmabank"ning oʻz kredit resurslarini koʻpaytirishga yoʻnaltirilsin.


9. "Oʻzuyjoyjamarmabank" bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda Uy-joylarni "Oʻzuyjoyjamarmabank" muassasalari orqali sotib olish tartibi toʻrisida Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Jismoniy shaхslarga "Oʻzuyjoyjamarmabank"ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar sotib olish huquqi yuzasidan tavsiyanomalar berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 8 fevraldagi 52-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda amaldagi normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov