Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.09.2002 y. 313-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya хodimlariga tegishli lavozimlar roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.09.2002 y.

N 313



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO VA

EKSPERIMENTAL AVIATsIYaSI AVIATsIYa

XODIMLARIGA TEGIShLI LAVOZIMLAR

ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining 48-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aviatsiya хodimlariga tegishli lavozimlar roʻyхati ilovaga muvofiq  tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻz idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda bir oy muddatda davlat aviatsiyasiga tegishli aviatsiya хodimlari lavozimlari roʻyхatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                    Oʻ. Sultonov