Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.08.2003 y. 360-son "Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.08.2003 y.

N 360


TRANSPORT SOHASIDAGI FAOLIYaTNING

AYRIM TURLARINI LITsENZIYaLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

3. Belgilansinki:

avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni хalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish, toʻхtatish va bekor qilish toʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish, toʻхtatish va bekor qilish toʻrisidagi qarorlar Qoraqalpoiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.

4. Komissiya ikki hafta muddatda Komissiya va hududiy komissiyalar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 Oʻ. Sultonov





Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 21 avgustdagi

360-son qaroriga

9-ILOVA



I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 1996 yil 12 maydagi 175-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996 y., 5-son, 14-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻrisida" 1997 yil 19 fevraldagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 2-son, 6-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslardan soliqlar va yiimlar undirishni tartibga solish toʻrisida" 1997 yil 23 oktyabrdagi 483-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 10-son, 35-modda)ning 4-bandi.

6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 1999 yil 28 iyuldagi 363-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 7-son, 43-modda).


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2000 yil 30 sentyabrdagi 374-son qaroriga 24-ilova.



II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar

3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida transport-ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish toʻrisida" 2000 yil 9 sentyabrdagi 348-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 9-son, 56-modda)ga ilovada:

12-banddagi "litsenziyalash" soʻzi chiqarib tashlansin;

VII bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

20-bandda ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

22-banddagi "va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan transport-ekspeditorlik faoliyati bilan shuullanish uchun berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari shart" soʻzlari chiqarib tashlansin;

23-banddagi "va tegishli litsenziyaga ega boʻlgan" soʻzlari chiqarib tashlansin.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2003 y., 15-16-son, 131-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 8, 73-modda.